Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchidan
- 2.2. Ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob
Ikkinchidan, leksik anaforalar ma’noni kuchaytirishdan, ta’kidlashdan tashqari xronotop vazifasini ham bajaradi; falsafiy mazmunni yorqin ifodalashga xizmat qilgan; dialogni yuzaga keltirishda muhim rol o‘ynagan. Ingliz she’riyatida esa “it” 3-shaxs birlikdagi, “you” 2-shaxs birlik va ko‘plikdagi, “we” 1-shaxs ko‘plikdagi kishilik olmoshlari; “to” yo‘nalishni bildiradigan predlog; “brave” (“jasur”) sifati, “mouth of a shark” (“akula og‘zi”) va “barrel of a gun” (“qurolning barreli”) singari so‘z birikmalari va boshqalar anafora bo‘lib kelganligi kuzatiladi. Ingliz shoirasi Kerol Enn Daffi she’rlarida takror satrlarni mazmunan yaxlitlashtirish, birlashtirishga xizmat qilgan.
Uchinchidan, har ikki tilda sintaktik anaforalar lirik qahramonning zavqu shavqqa to‘la kechinmalarini ifoda etganligi, inson qalbida kechadigan kontrast jarayonlar: ruhiy xotirjamlik va g‘alayonlar aks ettirganligi ko‘zga tashlanadi. To‘rtinchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek adabiyotida epifora radifdan farqli ravishda zamonaviy she’riyatning tuzilishidagi muhim unsurdir. U she’rning har bir bandida alohida takrorlanib keladi. Beshinchidan, epifora poetik mazmunni ta’sirchan ifodalashga; shoirning vatanparvarlik, yurtsevarlik tuyg‘ularini yorqin aks ettirishga; yurtsevarlik ruhini kuchaytirishga xizmat qilganligi kuzatiladi. Oltinchidan, she’riyatda takrorning bu turi tajohuli orif uchun ham asos bo‘lgan; falsafiy-ramziy ma’no bildirgan; poetik fikrni tasdiqlash vazifasini bajargan; xronotop sifatida foydalanilgan; lirik qahramonning iztirobli kechinmalarini va ko‘tarinki kayfiyatini ifodalab kelgan. 2.2. Ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatining o‘ziga xosligi shundaki, poetik fikr ifodasida ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob kabilarning faol qo‘llanilganligi kuzatiladi. She’rga joylangan shoir jazbasini o‘quvchi anglashi uchun eng yaxshi tasviriy vositalardan biri ritorik murojaatdir. Ritorik murojaat orqali kitobxon bevosita shoir bilan suhbatga kirishadi. U monologik nutqning ta’sirli ko‘rinishlaridan biri. Ritorik murojaatda g‘oya talabiga mos ravishda lirik qahramonning quvonchi, g‘azabi, nafrati, kesatiqlari, buyruq yoki hayratlari aks ettiriladi. Berilgan so‘roq orqali fikr ravshanlashtirilib, estetik ta’sirdorlik oshadi. Ritorik so‘roqning asosiy belgilari quyidagilar: 1. So‘rov ma’nosi anglashilib turadi va javobi ham o‘zida aks etadi. 2. Lirik qahramonning nafaqat o‘zi, balki boshqalarga ham murojaati shaklida yangraydi. 3. Undalmaga olingan obraz (personaj bo‘lishi ham mumkin) asarning bosh qahramoni darajasida bo‘ladi. 4. Ritorik murojaat qo‘llangan she’riy satrlarda, ko‘pincha, u bilan birga mubolag‘a badiiy san’ati ham yonma-yon qo‘llanadi. 5. Ritorik murojaatlar ko‘proq monologik nutqlarda uchraydi. Yuqoridagi belgilar orqali ritorik murojaatlarni oddiy undalmalardan farqlash lozim. Masalan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatidan Kerol Enn Daffining “How many sailors to sail a ship?” she’ri va Asqar Mahkamning kulminatsion nuqtalarga boy “Ishq” dostonidagi undalmalar e’tiborli: 16-misol.
Yuqoridagi misollarni tahlil qilar ekanmiz, ingliz misolida kemalarning ovozi va dengizchilar hayqiriqlari undalma sifatida kelgan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi misolda ishq undalmasi orqali buyruq ma’nosi aks etadi, ammo undan lirik qahramonning so‘rash ohangini topolmaymiz. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling