Yuqoridagi satrlar ham muhabbat mavzusida bitilgan. “Sen” (“you”) 2-shaxs kishilik olmoshi misra boshida takrorlanib, anafora bo‘lib kelgan va lirik qahramon obrazini ifodalagan. Ayni choqda “Sen” sevgili timsolini ham bildirib keladi. She’rning mazmuniga kelsak, shoirning lirik qahramoni – oshiq suyukli yorini ko‘rishni dunyolarga tenglashtiradi, bu tuyg‘uni yuksak qadrlaydi. Biroq u hijronda qolgan. Shuning uchun “And Nothing Is Ever As You Want It To Be” (“Va hech narsa sen xohlagandek mukammal emas”) deydi. Uning orzularida nadomat bor. Darhaqiqat, u sevgini yo‘qolgan mushukcha kabi uyga olib kelish yoki qulupnay kabi savatga yig‘ish mumkin bo‘lganda, hayot yanada go‘zal o‘tardi. Ammo armonga aylangan, hijronga do‘ngan sevgini qaytarish mushkul. Abdulla Oripovning yuqoridagi satrlarda anafora bo‘lib kelgan so‘z “sen” olmosh turkumiga mansub bo‘lib, suyukli go‘zalni ifodalab keladi. Bu so‘zning har bir misra boshida takror kelishi natijasida poetik mazmun kuchaytirilgan va talmeh (Pushkin, Gyote, Bayron, Geyne) larning asosini aniqlashga xizmat qilgan. Yuqoridagi anafora ana shu hayotiy fikrni ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan.
4-misol.
Do'stlaringiz bilan baham: |