Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


«OUNING ODDIY HIKOYALARI» TO‘PLAMIDAN


Download 74.58 Kb.
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

«OUNING ODDIY HIKOYALARI» TO‘PLAMIDAN.
Seullik bir musaning Milsonda yerlari bor ekan U Sonchju va Sanchju uyezdlari o'rtasida u yoqdan-bu yoqqa ko‘p qatnar ekan. Yo‘l-yo‘lakay u doim o‘z do‘sti — sonbining uyida tunash uchun to'xtar ekan. Ammo vaqti kelib musa ishlari ko'pligidan to‘rt-besh yil mobaynida Milsonga biror marta ham yo‘li tushmabdi. Nihoyat, u vaqt topib o‘sha yerga otlangach, darholeski do'stining uyiga kelibdi. Ammo u uch yil burun vafot etgan ekan. Qorong‘i tushgani, tunash uchun musa boshqa joyni bilmagani uchun u o‘z yo'lqopini yechib, shu yerda ozgina bo‘lsa ham dam olmoqchi bo‘libdi.
Sonbining xotini marhum erining do'sti kelganini eshitgani zahoti ho'ngrab yig‘lab yuboribdi. U xizmatkoriga mehmon- xonani tayyorlashni buyuribdi va musaga shu yerda tunashni taklif qilibdi.
Musa o‘z do'stini eslabdi, xayoliga turli o‘ylar kelibdi va u yarim tungacha uxlay olmabdi. Mehmonxonaning shimol tomonida baland devorbor, hovlida bambuklar g‘uj bo‘libo‘sgan va kichik bir daraxtzomi hosil qilgan ekan. Oy xira nur sochar ekan. Birdan musa shitirlagan ovozlami eshitibdi va daraxtlar oralig‘idan nimadir o‘rmalab chiqayotganini payqabdi. «Yo yo'lbars, yo bo‘rsiq!», deb o‘ylabdi u va nafasini ichiga yutib, kuzata boshlabdi. Bir vaqt qarabdi-yu olz ko‘zlariga ishonmay qolibdi: qandaydir bir rohib daraxtlar ortidan o‘g‘rincha mo‘ra- labdi, atrofga sinchiklab alanglabdi va so‘ng birdan oyog‘ini qo'liga olib, uyning ayollar yashaydigan qismiga qarab yugurib ketibdi!
Musa shovqin chiqarmaslikka harakat qilib, uning ortidan ergashibdi. Deraza ortida yonayotgan fonus atrofni yoritib turarkan. Musa barmog‘ini tupugi bilan ho'llab, deraza ko'ziga yopishtirilgan qog'ozni teshibdi va ichkariga ko‘z tashlabdi. Pardoz-andozni joyiga qo‘yib, chiroyli ko'ylak kiyib olgan yosh bevaga ko‘zi tushibdi. U manqalda go'sht qovuribdi, mayni isitibdi va noz-ishva bilan rohibni mehmon qila boshlabdi. Rohib qorni to'ygach, bevaga shilqimlik qila boshlabdi.
Musa qahrini tiyib tura olmabdi va yoyga o‘q solib, derazadan otibdi. Rohib yurakni larzaga soladigan ovozda qichqirib, jon taslim qilibdi. Musa esa mehmonxonaga qaytib kelibdi va o‘zini uxlaganga solib, jo‘rttaga xurrak ota boshlabdi.
Oradan ko‘p vaqt o'tmay uyning ayollar yashaydigan qismidan uy bekasining baqirgan-chaqirgan ovozi eshitilibdi. U xizmat- korlami chaqirar emish. Uyda birpasda shovqin-suran ko‘tarilibdi, qo'ni-qo'shnilar to'planibdi. Musa jo‘rttaga hayron boMib, nima bo'lganini so‘rabdi.
«Xo‘jayinimiz vafot etganlar»,, - deyishibdi unga xizmatkor- lar, - xonim u zotga sodiqlar. Bugun tunda uyga qandaydir esi og'gan rohib kirib, xonimning nomusiga tegmoqchi boMibdi. Ammo xonim bu nobakorni qilich bilan chopib o'ldiribdi va achchiq ustida uning tanasini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlabdi. Xonim hatto alamdan o'zini o‘zi o'Jdirmoqchi ham bo'lgan edi, biz zo'rg'a ushlab qoldik!»
Musa bu gapga kulgidan o‘zini zo‘rg‘a tiyibdi, qattiq xo‘r- sinibdi va bu uyni tark etibdi. Kelgusi yili shu qishloqdan o‘tayotganida, bu yerda peshonasiga «Sodiq xotinga!» deb yozilgan ark qad rostlab turgan ekan.
Sonchjulik kisen San Sanvol poytaxt Seulga kelibdi va tez orada bu yerda o'zining ajoyib iste'dodi va noyob go‘zalligi bilan dovruq qozonibdi. Sohibjamol, qaddi-qomati raso, oq va mayin yuzli bu ayol o'mini poytaxt oqsuyaklari tashkil etuvchi ziyofatlar va qoyilmaqom bayramlarda hech kim bosa olmas ekan. San Sanvolning marhamatini hech bo'lmasa bir marta qozonishni orzu qilmagan poytaxtlik oliftaning o‘zi yo‘q ekan. Ammo bu juda mushkul ish ekan.
Kunlaming birida yanbanlar va sonbilar Son Sanvolni Xangan bo'ylab qayiqda sayr qilgani taklif etishibdi. Ishratparastlar mast bo‘lib qolishgach, ayol ulardan qochib ketibdi. Poytaxtga qay- tayotib Son Sanvol kuchli yomg‘if ostida qolibdi. Uning ust- boshi jiqqa ho‘l boMibdi. Havo sovuq, kun shomga qarab og'ib bormoqda ekan. Ayol shaharning janubiy darvozasiga yetib kelganida, u berkilgan ekan.
«Nahotki bu yerda tunash uchun joy bo'lmasa?», deb xa- yolidan o'tkazibdi Son Sanvol va atrofga alanglabdi. Shu yerdagi sirtini nilufarlar qoplagan hovuz bo'yida joylashgan kulbaning kichkina derazasida chiroq shu'lasi ko‘rinibdi va odam ovozi eshitilibdi kimdir ovoz chiqarib o‘qiyotgan ekan. Son Sanvol derazaga yaqinlashibdi, uning ko'ziga qoplangan qog'ozni teshibdi va xonaga nazar tashlabdi. Bu yerda bir yosh talaba yigit kitob o'qib o‘tiigan ekan. Ayol yengil yo‘talibdi va eshikni ohista qoqibdi. Talaba kitob o‘qishdan to'xtab, eshikka quloq solibdi.
Talaba kulba eshigini ochibdi, biroq, ostonada yosh, sohibjamol ayolni ko‘rib, qo‘rqib ketibdi: «Bir qashshoq sonbining oldiga bunday go‘zal ayol kelishi mumkin ekanmi? Albatta, bu yovuz jodugar!». U ayolni ichkariga kiritishdan qat’iyan bosh tortibdi, barmoqlarini qisirlatib, duo o‘qibdi va xuddi birov bo‘g‘izla- yotgandek qichqirib yuboribdi: «Hoy, sen, alvasti! Bu yerga ke- lishga qanday hadding sig‘di?! Meni yo‘ldan ozdira ko'rma!»
«Nima deyapsiz, men oddiy ayolman! deb xitob qilibdi kisen. — Yigitcha, siz odob-axloq qoidalaridan bexabar ko‘rinasiz. Odam ham shunaqa beadab bo‘ladimi?»
Ammo, ayol qanday mushkul ahvolga tushib qolganini yigitga qancha tushuntirmasin, talabaning qo'rquvi baribir tarqalmabdi. U sira o‘ziga kelolmas va yigirma sakkiz buq nomlarini tinimsiz takrorlar ekan.
Son Sanvolning darvoza oldiga cho‘k tushib o‘tirishdan boshqa iloji qolmabdi. Tong otishini kutib, u tun bo‘yi mijja qoqmabdi. Ertalab u derazani ochibdi va talabaning ustidan kula boshlabdi, unga ta’na-dashnomlar yog‘diribdi: «Sho‘rlik mullavacheha! Nahot poytaxtlik mashhur ashulachi Son Sanvol nomini hech qachon eshitmagansan? Qani, bundan buyog‘iga biron-bir talaba meni ochiq kun va oydin tunda sayr etgani taklif qilib ko‘rsin- chi! Oldin u sendaqa aqidaparast, irim-chirimchi emasligini tekshirib ko‘rib, shundan keyingina u bilan gaplashaman! Ust- boshim jiqqa ho‘l, sovuqda diydiragan bir ahvolda senga atigi bir tunga isingani kiritishni iltijo qildim. Lekin sen meni kiritmading Bunaqa noshud odamni umrimda birinchi marta ko‘rishim! Menga ko'zingni ochibroq qara. Men yovuz jodugarga o‘xshay- manmi?».
Talaba uyatdan ikki yuzi loladek qizaribdi. Son Sanvolga hatto boshini ko'tarib qarashga ham jur’ati yetmabdi. Vaholanki, bu talaba kimsan - keyinchalik oliymaqom mulozim lavozimiga erishgan Kim Yechjon ekan! Xangandan janubda, Chxongdan shimolda Kvachxon okrugi mahkamasi joylashgan. Mahkama orqasidagi katta yo‘l toqqa o‘rlagan joyda dovon bor va u Tulki dovoni deb ataladi.
Qadim zamonlarda bu yerdan bir yo‘lovchi o'tayotgan ekan. Birdan unga «tuk-tuk, tuk-tuk!» degan ovozlar eshitilibdi. Yo‘l yoqasida ikki-uch kan keladigan kichkina bir kulba joylashgan ekan. Ovozlar o'sha yoqdan kelayotgan ekan. «Bu nima bo‘lishi mumkin?», deb o‘ylabdi yo'lovchi. U kulbaga kiribdi va bu yerda oppoq sochli bir chol yog‘ochdan sigirning boshini yo'nib o'tirganini ko‘ribdi.
«Bu sizga nima uchun kerak? », deb so‘rabdi yo'lovchi.
«Ro‘zg‘orda biror narsaga yarab qolar!», deb javob beribdi chol.
Oradan ma’lum vaqt o'tgach, chol ishni yakunlabdi va sigir boshini mehmonga uzatar ekan, shunday debdi: «Mehmon, siz bu yerda zerikayotgan bo‘lsangiz kerak. Hazil uchun shu boshni o'zingizga kiyib ko‘ring-chi!». U sigirning yog'ochdan yasalgan boshini mehmonga uzatibdi, unga sigir terisini ham beribdi. Mehmon buni beozor hazil deb o‘ylab, boshidan qalpog‘ini yechibdi va sigirning boshini kiyib, yalang‘och tanasiga sigir terisini ham tashlabdi.
«Endi buni yechib ko‘ring-chi!», debdi chol kulib. Mehmon har qancha urinmasin, buni eplay olmabdi - u sigirga aylanib qolibdi. Chol sigirni molxonaga bog‘lab qo‘yibdi, ertasi kuni tongda uning ustiga minib, bozorga sotgani olib boribdi. Ekin- tikin payti - bahor yaqinlashayotgan ekan. Sigir sotib olgani kelgan dehqonlar biri olib-biri qo‘yib, uning narxini oshirishibdi. «Men sigir emasman! Men odamman!», deb qichqiribdi sho'rlik yoMovchi, lekin uni hech kim eshitmabdi. Faqat olomon orasida kimdir: «Yo bu sigirning buzog‘i uyda qolgan, yo u bo‘g‘oz. BoMmasa u tinimsiz bo‘kirarmidi?», debdi.
Chol uzoq savdolashibdi va nihoyat, sigirni ellik bo'lak bo‘z evaziga sotibdi. «Aytib qo‘yay, - debdi u, - bu sigirni turpga zinhor yaqinlashtira ko‘rmang. Тиф yesa, shu zahoti harom o‘ladi. Ehtiyot bo‘ling!» Yangi xo‘jayin sigirda og‘ir narsalarni tashibdi, uni qo‘shga solib yer haydabdi. Sigir charchoqdan oyoqlari chalina boshlasa, egasi uni ayamay savalar ekan. Azob-uqubatlardan sillasi qurigan sigir holidan egasiga shikoyat qilar ekan, biroq egasi, albatta, uni tushunmas ekan. Axir u aslida odam — dunyodagi eng aqlli jonzot edi! Inson qiyofasini yo'qotgach, hayvonga aylangach, sho'rlik hatto o‘zini o‘zi oMdirishning ham uddasidan chiqolmas ekan. Og‘ir ishdan uning kundan kunga paymonasi to‘Iib borarkan.
Ammo kunlaming birida egasining o‘g‘li turp yuvibdi va uni sigir turgan molxona yaqinidagi savat ichiga solib qo‘yibdi. Yo'lovchi cholning sigir turp yesa, o‘sha zahoti harom oMadi, degan so‘zlarini darhol eslabdi. Hayotdan to‘ygan sigir savatni shoxlari bilan qattiq suzibdi. Turp yerga sochilib ketibdi. U darhol bir necha dona turpni yebdi. O'sha zahoti sigir boshi va terisi uning egnidan tushib, u birdan yalang‘och odamga aylanibdi! Egasi awal buni ko‘rib kapalagi uchibdi, o'ziga kelgach uni savolga tutibdi. YoMovchi ko‘rgan-kechirganlarini boshidan oxirigacha gapirib beribdi.
Shunda ular ikkovlon cholni topgani dovonga yo‘l olishibdi. Biroq cholning kulbasini ham, uning egasini ham bu yerdan topishmabdi. Faqat tosh ostida ikki-uch bo‘lak bo‘z topishibdi! Shundan beri bu dovonni Tulki dovoni deb atashar ekan.
Dono odamlar shunday degan bo‘lishardi: «Albatta, bu hikoya - uydirma. Biroq unda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar haqqoniy ko‘rsatib berilgan. Ko'pchilik boshiga og‘ir kun tushganda, o'zini yo'qotadi, aql bilan ish ko‘rmaydi. Vijdonsiz odamlar aldov yo'li bilan ularni chuv tushirsalar - masalan, shu hikoyadagi singari, - ular bor aybni boshqalarga yuklashga harakat qiladilar. Biroq - ming afsuski! - ularga kimning ichi achir ekan?».

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling