Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


Download 74.58 Kb.
bet6/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

LI KI (1522-1600)
«SONVANING ARALASH HIKOYALARI» TO'PLAMIDAN.
Seulda, Kichik Janubiy darvoza yaqinida, bir sonbining oilasida beva ayol yashar ekan. Alohida yog‘och sandiqda u ota-bobosidan qolgan ulkan boylik: dur-u gavharlar, chiroyli, nafis ipak matolar, chig‘anoqlardan taqinchoqlar va boshqa qimmatbaho buyumlami yashirib qo'ygan ekan. Bu sandiqning sig‘imi o‘n som bo‘lib, sirtiga temir qoplangan, qopqog‘i qulf bilan berkitilgan va arqon bilan chandib bog‘langan ekan. Sandiqni bundan mahkamroq qulflashning iloji yo'q ekan. U uyning eng tepa qavatida, burchakda turar ekan.
Bu sandiqning daragini o‘g‘rilar ham eshitishibdi va uni o‘g‘irlashni rejalashtirishibdi. Ammo bunday og‘ir sandiqni ko‘tarib olib ketib bo'lmaydi, faqat uning ichidagi narsalarni o‘g‘irlash mumkin. Sandiqni ochishning ham iloji yo‘q. 0‘g‘rilar biron-bir chora o'ylab topisholmabdi, faqat bir-birlariga qarashar va og‘izlarining so'lagi oqar ekan.
Ammo bir o‘g‘ri o‘ndan ortiq katta-yu kichik kalitlami yasashni uddalabdi. Beva xotin va xizmatkorlar uyquga ketishini poylab turib, u bir nechta sheriklari bilan birga devordan oshib
o‘tibdi va uyga kiribdi. Hamma kalitlami sinab ko‘rib, o‘g‘riJar oxir-oqibat qimmatbaho sandiqni ochishibdi va uning ichidagi bor narsalami olishibdi. Shundan so‘ng o‘g‘riboshi egniga ayiq terisini kiyibdi va sandiq ichiga kirib o‘tiribdi, sherikiariga esa sandiqni qayta berkitib, arqonlar bilan o‘rab qo'yishni, bir so‘z bilan aytganda, uni awalgi holatiga keltirishni, o'zlariga esa bu yerdan ketishni buyuribdi.
0‘g‘ri sandiq ichida o‘tirib, uning devorini kalit bilan timay boshlabdi xuddi kalamush tirnayotgandek yoki nimanidir kemirayotgandek ovoz chiqaribdi. Xizmatkorlar bu tovushni eshitishibdi va bu haqda bekaga xabar berishibdi. Shamlami yoqib sandiqni ochishgan ekan, uning ichidan bo‘kirib ayiq chiqib kelibdi! Xizmatkorlar qo'llaridagi shamlami tushirib, yerga yotib olishibdi. Ayiq terisini kiygan o‘g‘ri esa, hayvonga taqlid qilib, u yoqdan bu yoqqa lapanglab yura boshlabdi. L) dam hovliga chiqar, dam uyga qaytib kirar va to‘xtovsiz bo'kirar ekan. Uydagilarning hammasi qo'rquvdan karaxt bo'lib qolibdi. 0‘g‘ri esa, yana birpas shu taxlit kezib, derazadan tashqariga sakrabdi va qochib ketibdi.
Tong otgach, xizmatkorlar yana sandiqning ichiga qarashibdi. U mutlaqo bo‘m-bo‘sh ekan. «Boyliklarim yovuz ruhga aylanib qolgan boMsa kerak!», deb o'ylabdi beva. U shaman xotin va ko‘r duoxonni chaqiribdi va ulardan duo o'qib yovuz ruhni haydashni so‘rabdi. Beva ayol shu tariqa o‘z uyidan kulfatni chetlatishni ko‘z1abdi. Yuz bergan voqea o‘g‘rilar nayrangi ekanini u hatto xayoliga ham keltirmabdi. Aftidan, ular anoyi o‘g‘rilar emas, balki haqiqiy, ayyor o‘g‘rilar edi.
CHXA CHXONNO (1556-1615) OSAN HIKOYALARI O'RMONI TO‘PLAMIDAN.
Sonme podsholigi davrida bir saroy a’yoni qaysidir bir mulozimning qizini ikkinchi xotin qilib olibdi.
Oradan uch kun o'tgach, u qirolga: «Kelin bokira emas ekan!», deb xabar qilibdi va undan yangi xotinini quvib yuborishga izn so‘rabdi.
Biroq Sonme bunga ishonmabdi va tabib kampiiga qizni ko‘zdan kechirishni buyuribdi.
«Qizni yechintirib ko’zdan kechirdim, deb xabar qilibdi tabib kampir qirolga. Uning qizligi buzilmagan, iffat pardasi butun. Bunga men kafilman!».
Sonme bu xabardan xursand bo'libdi, tabib kampirni sovg'a- salomlar bilan xursand qilibdi va amr etibdi: «Buyuraman. Er va xotin birga yashasinlar. Kimning aybdorligiga kelsak, qiz juda yosh, erkak esa mast bo'lgan va farqiga bormagan!»
Yaxshiyam Sonme saroy a'yonining gapiga ishonmadi va tabib kampirni chaqirdi: natijada qizning oilasi isnoddan xalos bo'ldi!
LI TOKXYON (1561-1613)

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling