Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


BAMBUK DARCHA OLDIDA AYTILGAN HIKOYALAR TO‘PLAMIDAN


Download 74.58 Kb.
bet7/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

BAMBUK DARCHA OLDIDA AYTILGAN HIKOYALAR TO‘PLAMIDAN.
Sok Kyonil Ryonnamda noharbiy mulozim lavozimida xizmat qilar ekan. U ancha anoyi va sodda odam ekan. Sok Kyonil bolalikdan o'qishga qattiq berilibdi. Har kuni yuztadan iyeroglifni yod olishga ahd qilibdi. Ularni ming marta takrorlamaguncha dars qilishni to'xtatmas ekan. Kyonil shu tariqa o‘n yildan ortiq muddat yashabdi. Iyeroglif ketidan iyeroglifni o‘zlashtirib, u «Sishu» va «Sanszin»ni boshidan oxirigacha o'qib chiqibdi, ularni yaxshi tushunar va erkin o'qiy olar ekan. Natijada u qadimgi xitoy adabiyotidan imtihondan o'tishga muvaffaq bo'libdi. Xizmat pillapoyalaridan ko'tarilib, u tez orada Konfutsiy maktabida mirza lavozimiga erishibdi va ayni vaqtda muallim vazifasini ham bajara boshlabdi.
Bir kuni erta tongda uning oti qochib ketibdi. Kyonil to‘- shakdan cho'chib turib ketibdi. Otni tez ushlash kerak ekan. U shosha-pisha yalang'och badaniga xotinlarning qirmizi rang yopqichini tashlabdi, boshiga o'z joriyasining tungi qalpog'ini qo'ndiribdi va otning orqasidan quvib ketibdi. Ot esa qochib mak- tab hovlisiga kelibdi.
Kyonil maktabga yugurib kelganida tong otib qolgan ekan. Bu ko'rinishda u maktabga kirishini ham, uyga qaytib ketishini ham bilmay qolibdi. U yoqda ham, bu yoqda ham uning sharmanda bo'lishi aniq ekan. Kyonil maktab darvozasi oldida nima qilishini bilmay turgan ekan, birdan ichkaridan maktab minzasi chiqib qolibdi. Darvoza oldida muallim Sokni bu ahvolda ko‘rib, u o‘z ko‘zlariga ishonmas emish.
«Janob chinsa, bu qanaqasi bo'ldi? deb xitob qilibdi u Kyonilning egniga qarab. Kuppa-kunduzi-ya! Axir ustingizdan odamlar kuladi-ku. Birpas shu yerda kutib turing, men hozir uyimdan mulozim libosini keltiraman va siz o‘z uyingizga qaytib ketishingiz mumkin!»
Kyonil ayollar yopqichi va tungi qalpog'ida, hatto ishtonsiz va oyoqyalang holda ko‘chada qolibdi. Uyatdan o‘zini qo‘yishga joy topolmas ekan. «U! U!»,deb ingrar ekan u yerdan bosh ko‘tarmay. Birpasda uni odamlar o'rab olishibdi Ular Kyonilni qollari bilan ko'rsatib: «Devona! Devona!», deb baqirishibdi.
Nihoyat, mulozim libosini ko‘tarib mirza kelibdi, Kyonilga bu libosni kiydirib, uni uyiga qaytarib yuboribdi. Albatta, bu voqea maktab o'quvchilarining qulog'iga ham yetib boribdi. Ular bu voqeani hamma joyda gapirib, Kyonilning uyat alfozdagi rasmini chiza boshlashibdi. Kyonil hammayoqda masxara bo‘libdi. Shu tariqa uning kasbiy o'sishi to'xtabdi.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling