Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


KANG XI MYONG «CHXONDAM XEbDAN R1VOYAT


Download 74.58 Kb.
bet8/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

KANG XI MYONG «CHXONDAM XEbDAN R1VOYAT.
Pxenyanda bir kisen3 yashagan ekan. U o‘ta iste’dodli, go‘zallik bobida esa unga teng keladigani yo‘q ekan. Kunlaming birida poytaxtga bir isobang2 kelibdi. U yuksak lavozimga o‘z tanishi — yuqori martabali amaldor orqali tayinlangan, shu bois uning oilasi boy, hatto xizmatkorlari ham qimmatbaho liboslar kiyar ekan. U poytaxtda o‘sha kisenning uyi yaqinidagi bir uyga kelib joylashibdi. Isobangning boyliklari haqida eshitgan kisen unga o‘z qarmog'ini tashlab ko‘rmoqchi bo‘libdi va o‘zini sayr qilib yurgandek qilib ko‘rsatib, uning uyiga yaqinlashibdi va noz-ishva bilan: «Bunday yuksak martabali zot kelganini bilmagan ekanman», debdi-da, ortiga burilib ketibdi, isobang esa darhol unga ergashibdi. Kechqurun kisen uning ko‘nglini xushlayotib: «Guldek yashnagan paytingiz begona yurtda zerikmayapsizmi?», deb so'rabdi va noz-karashma bilan davom etibdi: «Erim urushga ketgan va bir necha yildirki, undan biron-bir darak yo‘q. Bevani faqat beva tushunadi, deb bejiz aytishmagan. Gapim sizga g'alati bo‘lib tuyulmasin». Buni eshitgan isobang hamma gapni tushunibdi.
Kisen shunday qilibdiki, isobang o‘z boyliklarini unga sarflab, u bilan birga yashay boshlabdi. Har kuni ertalab kisen oshpaz xotinning qulog‘iga: «Mazali ovqat tayyorla», deb shivirlar ekan. Shunday go'zal ayolni uchratganidan boshi osmonga yetgan isobang unga kalitlar shodasini toMiq topshiribdi. Bir kuni kisenni xafaqon va o‘zining ko'nglini xushlamayotgan holda ko‘rib, isobang undan:

  • Nima gap? Senga biror narsa yetishmayaptimi? - deb so‘rabdi.

  • Kiseni bor har bir odam unga o‘z muhabbatini tilla taqinchoqlar va ipak liboslar sovg'a qilish yo‘li bilan ishotlaydi. Bunday kisen haqida uni ardoqlaydilar, deb aytishadi, - deb javob beribdi kisen.

  • Bu men uchun qiyin ish emas. Istagingni bajo keltiraman. Faqat senga yoqsam bas, - debdi isobang va taqinchoqlar sotib olib, ularni kisenga sovg‘a qilibdi.

Biroq kisen:

  • Nega pullami behuda sovuryapsan? - deb so'rabdi.

  • Boylik - meniki, sening nima ishing bor? - debdi isobang.

Shu so‘zlarni aytib ulgurmasidan xizmatkor kiribdi va qimmatbaho ipak matolar bilan savdo qiluvchi odam kelganini xabar qilibdi. Isobang qolgan pullarini olib ularni sarflamoqchi bo‘lib turgan ekan, kisen unga:

  • Chiroylilikka chiroyli-ku, lekin bunday ipak matodan liboslarni faqat qirollar kiyadi-da. Siz o‘zi nima qilyapsiz? debdi.

Isobang:

  • Parvo qilma, yoningda men borman! deb baqiribdi.

Qorong‘i tushishi bilan kisen ipak matolarni olib uydan qochib
ketibdi. Isobang chiroqni yoqibdi va yolg‘iz o'tirib o‘zining xatosi haqida o‘ylay boshlabdi. Kisenni qaytishiga umid qilibdi, biroq u quyosh tikkaga kelganda ham qaytmabdi. Yengil nonushta qilib, u sandiqni ochibdi. Sandiqda bir pxun4 ham pul qolmaganini ko'ribdi. Isobang jahl ustida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lib turgan ekan, qo'shni kampir kelib qolibdi va:

  • Kisen bor uyda bu odatdagi bir hol-ku, nima, sen buni bilmas edingmi? debdi. Erta tongdan u oshpaz ayolni cha- qiradi, u bilan til biriktiradi va har kuni yashirincha boylik va pullarni o'maradi. Qolgan pullami ham qo‘lga kiritish uchun u qimmatbaho ipak matolar sotuvchi savdogar bilan kelishadi va ular birga seni oxirgi pullaringdan ayirishadi.

Isobang qattiq jahli chiqib:

  • Agar bu iblisni uchratsam, o‘lasi qilib kaltaklayman, keyin egnidan ust-boshini yechib olaman, deya baqiribdi.

Shu payt u yo‘lga nigoh tashlabdi va unda ketayotgan bir necha o'nkishidan iborat sershovqin olomonni ko'ribdi. Ularning orasida kisen ham bor ekan.
Isobang qoliga kaltak olib:

  • Sen iblis, iflos fohisha, bunday qilishga qanday hadding sig'di? Tilla taqinchoqlar, ipak matolar va boylildami qaytar! deya baqirgancha uning ortidan yuguribdi.

Kisen esa qah-qah urib kulibdi va chapak chalib shunday debdi:

  • Hoy, kisenlar, bu yoqqa kelinglar, kisenga sovg‘a qilgan narsalarini qaytarishni so'rayotgan manavi esi past, ahmoqqa qaranglar!

Bir nechta kisen unga qaragani kelishibdi. Isobang uyatdan qizarib olomon ichiga kirib berkinibdi va qochib ketibdi. Bor mol-mulkidan ayrilgan isobang tilanchilik qilib, yo‘l chetida turib, nihoyat, o‘z oilasi yashaydigan uyga kelibdi, biroq unin
qilmishidan darg'azab bo'lgan qaynonasi uni ichkariga kiritmabdi va haydab yuboribdi. Isobang mustaqil yashashga ko‘nikmagan ekan va oxir-oqibat u shu atrofda tilanchilik qilib kun kechira boshlabdi. Uni qo'li bilan ko'rsatib, ustidan kulmagan odam qolmabdi.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling