Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


Download 74.58 Kb.
bet9/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

OTA NASIHATI.
Bir kuni bozoming xilvat joyiga hojatxona o‘matishibdi. Oddiy odamlar u yerga hojat chiqarish uchun kirib-chiqib yuradigan bo'lishibdi. Ziyolilar esa oddiy odamlar foydalanadigan joyga kirishga or qilib, agar shunday qilsalar, sharmanda bo'lamiz, gunohga botamiz, deya o'sha hojatxonaga umuman kirmas ekanlar.
Bozor yaqinidagi xonadonlardan biridagi zodagonning ser- g'ayrat o‘g‘li otasiga bildirmasdan o'sha hojatxonadan foyda- lanar ekan. Bu haqda bilib qolgan zodagon ota o‘g‘lini rosa ko- yibdi, lekin baribir o‘g‘il o‘z bilganidan qolmabdi. Garchand 0‘g‘il o‘ziga shuni ep bilsa-da, bozordagilar o‘g‘ilning bu harakatini nomaqbul hisoblabdilar. 0‘g‘il hojatxonaga kirishga ikkilanib turgan kimsani uchratsa, uning ustidan kular ekan:
«Ey, irodasiz odam! Nimadan qo‘rqasan? Men shu yerga har kuni qatnayman, qara, hech qanaqa kasal boMmadim! Shunday ekan, nimadan buncha qo‘rqasan?»
0‘g‘ilning bu xatti-harakatlari otasiga yetib boribdi va u o‘g‘lini urishibdi.-
«Bozor — bu har qanaqa qalang'i qasang'ilar yig‘iladigan joy! Sen zodagon bolasisan va o‘sha yeiga qatnaysan. Bu uyat emasmi? Odamlar nafaqat senga nafrat bilan qarashadi, balki zahrini ham sochishlari mumkin. Nahotki sen o‘z harakatlaringni to‘g‘ri deb o‘yIasang?»
0‘g‘il:
«Ota, men birinchi marta o‘sha hojatxonada o‘z hojatini chiqarayotgan ziyolini ko'rganimda, uni so‘kkanman va yuziga tupurganman. Biroq bir kuni men ham juda zarur bo'lib qolga- nida, o‘sha hojatxonadan foydalanganman va yengil tortganman. O'shandan so‘ng, agar o‘sha joydan foydalanmasam,qandaydirko'nglim taskin topmay boshladi. Awalboshi, meni u yerda ko'rganiar rnazax qilishdi. Keyin esa ularning soni kamaya bordi. Endi esa u yerda mening orqamdan gapirib, tanqid qiladiganlar umuman qolmadi. Men u yerdan o‘z hojatim uchun foydalansam ham bu mening qadrimga hech qanday yomon ta’sir o'tkazmaydi.
Ota:
«Dahshat! Odamlar sendan yuz o'gii^anga o‘xshaydi! Ular boshda sening zodagon farzandiliging uchun yurish-turishingga ta’sir o'tkazish maqsadida mazax qildilar Endi bo‘lsa, sening ustingdan kuladigan biror kimsa qolmabdi. Chunki ular seni odam sanamay qo'yibdilar. 0‘zing o‘ylab ko‘r. Hech bir zamonda odam­lar katta ko'chada hojatini chiqarayotgan it yoki cho'chqani ko‘rib kuladilarmi? Xulosa shuki, sen qanchalik ahmoqona harakat qilsang-da, odamlar endi sening ustingdan kulmaydilar Sababi, ular sening qiyofangda it yoki cho‘chqani ko‘rmoqdalar. Sen uchun bu qayg'uli emasmi, o‘g‘lim?»
O‘g‘il:
«Boshqalar bunaqa o'ylashmaydi. Faqat siz shunday hisoblaysiz. Boshqalar bu ishim uchun menga ta’na qilmaydilar, aksincha, faqat siz ta'na qilayapsiz».
Ota:
«Odamlar sening harakatlaringga e’tibor bermaskanlar, tabiiyki, ular senga ta’na ham qilishmaydi. Nahotki bu holat sen uchun qayg'uli emas. Bularning barini ko‘rib, sen uchun qayg‘uryapman bolam. 0‘zing yaxshilab o‘ylab ko‘r. Dunyoda ota-onasi olamdan o‘tgan farzandlarga yo‘l ko'rsatadigan insonlar yo‘q. Sen bu so‘zlarimni otang allaqachon bu hayot bilan vidolashganidan so'ng anglab yetasan».
Otasining so‘zlarini tinglab bo'lgach, o'g'il tashqariga chiqib o‘ziga-o‘zi debdi:
«Qariya meni yaxshi bilmaydi, faqat tanbeh berishni biladi».
Oradan biroz vaqt o‘tib ota hayotni tark etibdi. Olg‘il esa har doimgidek o‘sha hojatxonaga horibdi. Bir mahal to‘satdan kimdir uning peshonasiga qattiq zarba tushiribdi va o‘g‘il hushdan ketibdi. 0‘ziga kelgandan keyin esa o‘sha zarba tushirgan odamni tutib olib, so‘rabdi:
«Sen kimsanki, bunday nomaqbulchilik qilishga jazm etding. Men bu yerga o‘n yildan beri qatnayman, ammo bozordagi hech kim menga biron so‘z aytgani yo‘q. Qanaqadir bir yalangoyoq menga qo‘l ko‘tarasan!»
0‘g‘ilni urgan odam javob beribdi:
«Shu paytgacha bozordagi hamma senga chidab keldi, biroq sen oxir-oqibat sabr-kosamizni to'ldirding». Shunday deya u o‘g‘ilni mahkam ushlab, bozorning o'rtasiga olib boribdi va odamlar uni toshbo‘ron qilib ketishibdi.
Uyiga qaytgan o‘g‘il jarohat-u og‘riqlardan bir oy davomida o‘rnidan tura olmabdi. Va shu vaqt ichida u, otasining nasihati esiga tushib, ko‘z yosh to‘kib o‘zini ayblabdi:
«Otam haq ekanlar. Tabassum ortida xanjar tig‘i yashirin, achchiq so‘z ortida esa mehr-muhabbat. Endi otamning nasihat- larini qanchalik tinglashni orzu qilsam-da, buning sira imkoni yo‘q».
O'g'il xatolarini tushunib, otasi qabriga bosh qo‘yib ta’zim qilibdi va shu davigacha qilib kelgan nomaqbul xatti-harakatlarini tuzatishga bel bog‘labdi. Endi u pok niyatli ziyoliga aylangandi.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling