Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


YONJE SHINGIL HIKOYALARI TO‘PLAMIDAN YANGLISHDI


Download 74.58 Kb.
bet2/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

YONJE SHINGIL HIKOYALARI TO‘PLAMIDAN YANGLISHDI
Chonpxada Sim va Lyu ismli ikki yigit yashagan ekan. Ularning ikkalasi ham dongdor oilalardan ekan. Ular umrining har kunini aysh-u ishratda, may ichib, go‘zal ayollar bilan birga o'tkazishar ekan. Kunlaming birida ular bir nechta yaqin do‘stlari bilan birga Simning uyida vaqtichog‘lik qilishga kelishishibdi. Simning mahhubasi - Kisen Chop Yonxva yaxshi ashulachi va raqqosa ekan, davrimizning kayagim asbobini cholg‘uvchi ustasi ko‘r Kim Boksan ham o‘z qo'shiqlarini kuylabdi va hammaning ko'nglini chog' qilibdi. Mehmonlar tor davra qurib o'tirib, bir birlariga may to'la kosalarni uzatishibdi. Ziyofatda totuvlik va xushchaqchaqlik hukm suribdi. Yarim tunda kimdir taklif qilibdi:

  • Har bir kishi o‘z hayotidan biron-bir qiziq voqeani hikoya qilib bersin, biz maza qilib kulaylik!

Bu taklifga hamma bir ovozdan qo'shilibdi. Qiziq voqealarni biri olib-biri qo‘yib hikoya qila boshlashibdi. Mehmonlar beto'xtov xaxolashibdi. Nihoyat, navbat Kim Boksanga kelibdi.

  • Men ham sizlarga o‘z hayotimdan bir voqeani hikoya qilib bermoqchiman, - deb boshlabdi u hamma jim bo‘lgach.

  • Yaqinda meni bir boy yanbanning uyiga taklif qilishdi. Ziyofatda bir nechta taniqli kisen ishtirok etdi. Ularning orasida eng mohir raqqosa - Simban ham bor edi. Ichkilikbozlikdan keyin hamma mehmonlar - har biri o'z mahbubasi bilan alohida xonalarga tarqalib ketishdi. Men bilan esa Simban birga bo'ldi!

  • Chindan ham, juda qiziq voqea ekan, - deya xitob qilibdi Sim uyatdan lol-lol qizarib. - Kelinglar, endi boshqa narsa haqida gaplashamiz!

  • Ha, chindan ham, tinimsiz hikoya eshitish jonga tegdi, - deyishibdi mehmonlar ham xiyol o‘ng‘aysizlanib. - Yaxshisi, tunni musiqa ostida, qo‘shiq aytib qisqa qilamiz!

Biroq kisen qo‘shiq aytishdan bosh tortibdi, mehmonlarning esa kayfiyati tushihdi va ular uy-uylariga tarqala boshlashibdi. Darvozadan ko'chaga chiqishgani zahoti Lyu Kim Boksanga qarab shunday debdi:

  • Qanaqa ahmoqlik qilib qo'yganingni bilasanmi? Axir Simban mehmonlar orasida edi-ku. Boz ustiga, u hozir uy egasining mahbubasi. Eh, ko‘r bo'lish qanchalik yomon!

  • Rostdanmi? - debdi ko‘r ikki yuzi uyatdan qizarib. - Endi uning ko'ziga qanday ko'rinaman?! Umuman olganda, hozir u ayolni hamma Chon Yenxva deb chaqiradi, bolalikdagi Simban degan ismini hech kim bilmasa kerak. - Shunday deb u o'zini o‘zi ovutishga harakat qilibdi.

Ammo ko‘rning xatosi haqida ko'pchilik eshitibdi va bu qiziq voqeani hamma bir-biriga zavqlanib aytib beribdi.
O ‘Z XOTINIGA JAZMAN BO‘LDI.
Kunlaming hirida bir ko‘r odam o‘z qo‘shnisidan o’ziga biron- bir chiroyli ayolni gaplashib berishini so'rabdi. Oradan ma lum vaqt o‘tgach, qo‘shnisi uning oldiga chiqib shunday debdi:

  • Qo'shni mahallada bir ayol yashaydi. Oriq ham, semiz ham emas, sohibjamol! Men unga sening gaplaringni yetkazdim, u rozi bo'ldi. Faqat juda ko‘p sovg‘a-salomlar so‘radi.

  • Ishtonsiz qolsam qolaman, - deb xitob qilibdi ko‘r, - lekin undan hech narsani ayamayman!

Xotini uyda yo'qligida u sandiqlami ochibdi, ulardan bir qancha buyumlami tanlab olibdi va qo‘shnisiga berib, o‘sha ayol bilan uchrashuv kunini kelishishni so‘rabdi. Tayinlangan kuni ko‘r yasan-tusan qilibdi va uchrashuvga yo‘l olibdi. Xotini esa, yuvinib-taranib, uning ortidan chiqibdi va belgilangan joyga o‘z eridan oldin yetib boribdi.
Hech narsadan shubha qilmayotgan ko‘r kelibdi. Ular go'yoki nikoh marosimidagidek qoidasini keltirib bir-birlariga ta’zim qilishibdi va shu tunda baxtiyor ko‘r o‘zining «yangi xotini» bilan qo'shilibdi.

  • Umrimda bunday sevinchli tun bolmagan edi, deb xitob qilibdi ko‘r ayolning yelkasini silab. Agar seni va xotinimni taom bilan solishtiradigan bo'lsam, sen ayiq lahmi va qoplon murtagi, u esa sho'radan obiyovg‘on va suyuq bo‘tqa!

Ertalab uning xotini chopqillab uyga eridan oldin kelibdi U ko'rpaga o'ralib, o‘zini uxlayotgandek qilib ko‘rsatibdi.

  • Kechasi qayerda tunading? deb so'rabdi u ko‘r uyga kelgach.

  • Bir vazirning uyida mehmonda bo'ldim, sutra o‘qidim. Kun sovuq edi, birdan qomim og'rib qolsa boiadimi. Isitilgan maydan biroz ichishimga to‘g‘ri keldi.

Xotini o‘zini tutolmay baqirib yuboribdi:

  • Qoming og'rishiga ayiq go'shti, qoplon murtagi, obiyovg‘on va suyuq bo'tqani bo'kib yeganing sabab boMmadimikan?

Kobr xotinining bu so‘zlarini eshitib hang-mang bo‘lib qolibdi. U xotini hiyla-nayrangda o‘zini lol qoldirganini tushunibdi.
BIR SAVAT TUPROQ.
1479-yil qattiq qurg‘oqchilik bo‘ldi. Yanvardan boshlab yom- g‘ir yog'madi va qurg'oqchilik deyarli iyulgacha davom etdi. Tuproq qurib qolgani uchun bahor fasli jonsiz o‘tdi, yozda esa dalalarda yig‘ish uchun hech narsa yo‘q edi. 0‘tlar sarg‘ayib qurib qoldi, umid bilan ekilgan ekinlar esa nobud bo‘ldi.
Shunda mehnatkash dehqon debdi: «Garchi biz dalani begona o'tlardan tozalasak-da, hosil nobud bo‘ladi. Agar tozalamasak ham u nobud bo‘lishi muqarrar. Biroq qo‘lni qovushtirib, ekinning nobud boMishini kuzatib o'tirgandan ko‘ra, yaxshisi bor g‘ayrat bilan hosilni qutqarishga kirishmoq lozim. Balki to‘satdan yomg‘ir yog‘ib qolar va ana o‘shanda bizning sa’y- harakatlarimiz zoye ketmagan bo‘ladi». Shunaqa deya u dalani begona o‘tlardan tozalashdan bir zum ham to‘xtamabdi va hali butunlay qurib ulgurmagan ekinlarga qayg‘uribdi. Shunday qilib, u yil davomida dangasalik qilmay shijoat bilan mehnat qilibdi va dala ishlarini to‘xtatmabdi
Dangasa dehqon ham debdi: «Hozir garchi bu begona o'tlami yulib tashlasang ham hosil baribir nobud boMishi kaftdek ayon. Agar yulib tashlamasang, battar quriydi. Yaxshisi, o‘ti-yu ekinini bir martada yulib tashlab, xotiijam yashagan ma’qul. Agar yomg'ir yog'masa, sening qilgan hamma mehnating havoga uchadi». Shunday qilib, dangasa dehqon yil bo‘yi osmonga qarab, dalada mehnat qilayotgan boshqa dehqonlarni mazax qilib vaqtini o‘tkazibdi.
Yig‘im-terim davrida men keng dalaga chiqdim. Birtomonda begona o‘tlar tarvaqaylab ketgan, ikkinchi tomonda esa dehqon- ning mehnati o‘z hosilini berib, yetilgan boshoqlar yerga tegay- tegay holatida edi. Bir yerdagi ikki xil manzarani ko'rib men hayron bo‘lib, o‘sha yerlik dehqonlardan buning sababini so'radim. Ularning javobi esa mana bunday bo'ldi:
«Butun hosil nobud bo‘lgan yer bu dangasa dehqonning yeri. Hosil tuggan yer esa umidini yo'qotmay bor kuchini berib, mehnat qilgan dehqonniki boMadi».
Kimki, xotiijam hayot va qulaylik izlasa, u doimo och qoladi, kimki qiyinchiliklaiga dosh bersa, u har doim qorni to‘q yuradi.
Odamlarning davlat xizmatiga kirish uchun she’riyat va kal- ligrafiyani o'xrganish jarayoni umuman boshqacha. Ilmli olimlar hali yosh bo'lganlarida hordiq neligini bilmay, kecha-yu kunduz kitob mutolaa qilib yoki asar yozib, butunlay ilmga sho‘ng‘iydilar. So'ngra ushbu iqtidorlari bilan imtihonda o'zaro bilim bahsiga kirishadilar. Agar ular imtihonda birinchi bor yiqilsalar hafsala- lari pirboladi, ikkinchi boro'ta olmasalar jafo chekadilar, uchinchi bor ham muvaffaqiyatga erishmasalar hushdan ketadilar.
«Obro‘ mulohazakorlikka tayanib qo‘lga kiritiladi, nimani o'rganganingizga qarab emas. Boylikka erishish bu taqdirga bog‘liq, bilimni qanchalik ko‘p o‘iTganganlikka emas».
Shu sababdan ham ko'pchilik ilm yo‘lini tashlab ketadi. Ba’zilar esa biroz ilm o‘rganib, yarim yo‘lda chetga chiqadilar,yana ba’zi birovlaresa muvaffaqiyat deb atalmish sharafli manzilga yetay deb qolganlarida orqaga chekinadilar. Uzoq yo‘lni bosib, oxirda baland tog‘dan o‘ta olmaganlik bilan barobar bu yoki bir savat tuproqni to'ldira olmagandek gap. Haligi daladagi ishini orqaga surib yurgan dangasa dehqonning holati, balki bu uning bemulohazaliligidan emasdir.
Agar biz bilim o'rganishdagi mashaqqatni yil bo‘yi daladagi mehnat bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu mashaqqat emas. Biroq bilim olishdan kelgan naf va dalada terilgan hosilni bir-biriga qiyoslash mumkin. Daladagi mehnatdan kelgan foydaning qadrihech qancha, u nari borsa qomimizni to‘q qilishi mumkin. Biroq bilimdan kelgan foyda bu obro'-e’tibordir.
Faqatgina ilmni anglash bilan mashg‘ul bo‘lgan insonlar dalada mehnat qilayotganlar o‘tkazayotgan mashaqqatlarni tushuna olmaydilar. Shu sababdan ham mazkur hikoya bu haqda bilmay- diganlar uchun yaxshi saboq bo‘lishi mumkin.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling