Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


Download 74.58 Kb.
bet5/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

О SUKKVON (XVI asr)
«PXEGVAN USLUBIDAGI TURLI QAYDLAR» TO‘PLAMIDAN.
Yechjon qirolining o‘g‘li — buyuk knyaz Chean o‘ta nodon odam bo‘lgan ekan. Bir kuni u o'z saroyi darvozasi oldida o‘tirgan ekan, tariq so'rayotgan bir gadoga ko‘zi tushibdi.
«Uning tarig‘i yo‘q ekan, — debdi Chean o‘z xizmatkoriga, — biroq u yuziga asal surtilgan kulcha nonlami yeyishi mumkin- ku!» Uning so‘zlariga qaraganda, go‘yo gadoda tariqdan boshqa hamma narsa bor ekan.
Kunlaming birida u bir ayol bilan janjallashib qolibdi. Bunga u umr bo‘yi inson daosi nima ekanligini anglab yetmagani sabab bo'libdi Sonme, Yechjondan nasi qolmaganidan hasrat qilib, bir kuni: «Kim Cheanga inson daosini anglab yetishga yordam bersa, u mukofotga loyiq!», debdi.
Kanizlardan biri o'z omadini sinab ko'rmoqchi bo'libdi va Cheanning uyiga kelibdi. Yarim kechasi, Chean qattiq uyquga ketgach, u shunday qilibdiki, ular qovushishibdi. Ammo Chean birdan uyg'onib ketibdi va o'midan chayon chaqqandek sakrab turib, boshdan oyoq yuvina boshlabdi. Yuvinayotib u tinimsiz: «Meni bulg'ashdi!», deb baqirar emish.
Chjen-de yillarida Saniyvon palatasi taqish uchun karkidon shohidan tasmalar bilan bezalgan kamar joriy etibdi. Kamar kishini o'ziga mahliyo qiladigan darajada chiroyli ekan. Chean bir kuni qirol saroyidagi qabul marosimlaridan birida ishtirok etar ekan, shu kamami beliga taqibdi. Marosimdan so‘ng u: «Menga shu kamarni tortiq etishni o'tinib so'rayman!», deb iltijo qilibdi. Chunmyo kulib yuboribdi va kamarni unga tortiq etibdi. Kimdir: bo'lmagan gap, Chean nodon odam bo‘lmagan, deb aytishi mumkin. Ammo qirol urug‘idan bo'lganing uchungina aqlli va fazilatii inson deb hisoblansang, mashoyixlar odamzod o'z nuqsonlarini hamisha yashiradi, degan bo‘lsalar ham sening shuhrating uzoqqa cho'zilmaydi.
Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarga kelsak, ularni tabiat ato etgan. Insonning bu tuyg‘usini so‘ndirish mumkin emas. Hamonki, kimdir ayol bilan yaqinlashishini og‘ir gunoh deb hisoblar ekan, u qip qizil ahmoq emasmi?
Rohiblarda mehr-muruvvatlilik yuksak fazilat hisoblanadi. Ular hech qachon hayvonlami oMdirishmaydi.
Bir kuni Xvanxedo provinsiyasida tilanchilik qilib yurgan rohib ovchilar quvib kelayotgan yowoyi to‘ng‘izga duch kelibdi. Ko‘zi qonga to‘lgan to‘ng‘iz kutilmaganda daraxtlar orasidan chopib chiqibdi, rohib esa o‘sha zahoti unga yaqinlashibdi va hassasi bilan janubni ko‘rsatib: «Eh, sho'rlik! Eh, sho‘r1ik! Tezroq anavi tomonga yugur!», debdi.
Biroq to‘ng‘iz unga tashlanibdi va shu yerning o‘zida tilka- pora qilib tashlabdi.

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling