Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


Download 74.58 Kb.
bet10/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

NOMA’LUM MUALLIF.
«BEKORCHILIKDA YOZILGAN KICHIK HIKOYALAR» TOPLAMIDAN
AGAR BAMBUK SENIKI BO‘LSA.
Qadimgi Chudjin qishlog‘ida bir odam yashagan ekan. Uni hamma Un Su muallim deb chaqirar ekan. Uning g‘alati-g‘alati qiliqlari bor ekan. Bu yerda u o'ziga ikki-uch кар keladigan, ustiga poxol yopilgan kulba quribdi, Tao Yuan-minga ergashib xrizantema o‘stirar, ko‘lda esa, Chjou Mao-shuga o'xshab, nilufarlar o'stirar ekan. Un Su tabiatni juda yaxshi ko'rar ekan. U banan daraxtining yaproqlarini terib, ular bilan bug'ulami boqar ekan. U tumalarga qayrag‘och urug‘ini tashlab, ularni qo'lga o‘rgatibdi. Bo'sh vaqtida Un Su to'shakda yotib Chjuan- szining «Uzoq umr ko'rish asoslari» kitobini o‘qir yoki Chjun Chjan-tunning «Ravnaqqa erishish haqidagi yaxshi nutqlari»ni qiroat qilar ekan. Ertalablari u tonggi shabadadan bahra olish uchun boqqa chiqar, kechqurunlari esa tog‘ ortiga o'tib yashirinayotgan quyoshni zavqlanib tomosha qilar ekan.
Poxol qalpoq bitta
bu o'rmon zohidi.
Ichiga sharob to’ldirtirgan
choynakchalar ko‘p
Bu shirakayf
daos.
Bo‘m-bo‘sh osmonda
oy charaqlayapti,
Turnalar juftligi
uchyapti…
Shaftoli daraxti
yashilga burkalgan
O, bu rango-rang dunyo!
Xayolan bu dunyoni tark etib, Un Su singari butunlay boshqa, g'aroyib dunyoga tushish mumkinligi hatto she’rda ham aytilgan. Bir kuni Un Su qayerdandir ajoyib bir bambuk ko'chatini topib kelibdi va uni o‘z bog‘iga ekibdi. Bambukning tanasi ajabtovur tarzda bukilgan, har bir novdasi o'ziga xos tarzda qiyshaygan ekan. Agar u Vey podsholigidagi Si qirg'oqlaridan olib kelingan bo'lmasa, u holda Anshandan olib kelingani aniq! Un Su bambukni mehr bilan parvarish qilibdi. Kecha-yu kunduz unga mehr bilan termular, asrab-avaylar ekan.
Oydin tunda
uning shitiri yangraydi,
Jazirama yozda
u shabada keltiradi!
Naqadar go‘zal! Bunday do‘stsiz bir kun ham yashab bo‘larmikan?
Ovqatsiz
odam oriqlaydi,
Bambuksiz
yurakni g'ussa chulg‘aydi
Ovqat bo;lsa
u yana to‘lishadi,
Yuraksizlik esa
u yo‘qolmaydi!
Un Su yana Lin Bu singari olxo'rini yaxshi ko'rar ekan. Janob Li singari u ajoyib toshlami yig‘ar ekan!
Kunlaming birida o‘sha bambuk birdan hovli devoridan oshib o‘tib, birovning hovlisida shox ota boshlabdi. Asta-sekin o'sib, yangi novda Un Sunikidan ham chiroyli bambukka aylanibdi.
Nafsilamrini aytganda, Un Su aqli to'mtoqroq odam ekan. U nima bo‘lganini darhol fahmlamabdi. Fahmlagach esa fig‘oni falakka o'rlabdi.

  • UrugMar meniki-ku, debdi u qo‘shnisiga. Buyog‘i necha puldan tushdi, axir bambukka amalda sen egalik qil yapsan-ku?

Shu vajni keltirib, Un Su qo‘shnining bambukini kesib tashlamoqchi bo‘libdi. Biroq qo‘shnisi qari chol unga e’tiroz bildiribdi:

  • Urug’lar, albatta, seniki, lekin ular mening hovlimda o‘sgan. Binobarin, bambuk meniki bo’lmay, boshqa kimniki bo‘lishi mumkin?

Shu tariqa ular, xuddi chegarada o‘sgan tut daraxtini talashgan U va Chu knyazliklari kabi, talashishibdi. Chegaradagi egatni deb janjallashgan Yuy va Juy kabi janjallashishibdi. Ularning qaysi biri haq-u, qaysi biri nohaq ekanini aniqlash qiyin ekan. Ularning nizosini hal qilib berishga qodir mard esa anqoning urug‘i ekan. Oradan yarim kun o‘tibdi hamki, ular o‘rtasidagi janjalning oxiri ko'rinmabdi. Kechasi Un Su qo‘shnining hovlisiga shox tashlab o‘sgan bamhukni kesib olibdi.

1Bu haqda batafsilroq qarang: Ни H. Сиджо в системе жанров мировой лирики.

  • М., 2007.

2Bu haqda batafsilroq qarang: Троцевич А.Ф. История корейской традиционной литературы (до XX пека). — Иад-во Санкт-Петербургского унинерситета, 2004.

  • С 102-238.

3 Isobang - oilali erkakka murojaat.

4 Pxun - Koreyada rmiomalada bo’lgan tanga.







Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling