Chjusi yo‘nalishi Koreys milliy yozuvining joriy etilishi


CHXON YO «DENGIZDAN SHARQDAGI MAMLAKAT DAN TURLI HIKOYALAR»


Download 74.58 Kb.
bet3/10
Sana06.04.2023
Hajmi74.58 Kb.
#1277745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza1#

CHXON YO
«DENGIZDAN SHARQDAGI MAMLAKAT DAN TURLI HIKOYALAR»
SANDIQ ICHIDAGI YALANG‘OCH CHEDOK.
Bir paytlar noharbiy lavozimlarda xizmat qilgan bir odam bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uni Kyonjuga chedok qilib tayinlashibdi. Har safar o‘z uyezdini aylanib yurganida va yo‘lida kisen uchraganida, u nafrat bilan:

  • Hoy sen! Iblisning bolasi, do‘zaxi! Sendaqalarni odam o'ziga yaqin ham keltirmasligi kerak. Senlarni yaxshi ko'radiganlar esa inson farzandlari emas! - deb hayqiribdi

Shu so‘zlami aytib, u albatta, kisenning boshiga trubkasi bilan urib qo‘yarkan. Bu voqea ko‘p marta takrorlanibdi. Uni nafaqat barcha kisenlar yomon ko‘risharkan, balki gubernatorning ham uni ko‘igani ko‘zi yo‘q ekan. Bir kuni u bir nechta kisenni to‘plab, ularga shunday debdi:Agar sizlarning orangizda uning adabini berib qo‘yadigan odam topilganda edi, undan yaxshi bir sovg‘ani ayamagan bo’lardim!
Bir yosh, go'zal kisen chedokning adabini berib qo‘yishga rozi bo‘libdi. Chedok yugurdak bola bilan birga Konfutsiy ibodatxonasining xonalaridan birida yashar ekan. Qishloqi ko‘ylagini kiyib olgan o‘sha yosh kisen bu yerga kela boshlabdi. Ibodatxona darvozasining oldiga kelarkan-da, yugurdak bolani ovoz berib chaqirarkan. Goho sezdirmasdan ichkariga kirarkan, goho darvoza ortidan ichkariga mo‘ralarkan. O‘zi esa chedokning e’tiborini tortishga harakat qilarkan. Yugurdak bola chiqsa, sho‘x jilmayib u bilan nimalamidir pichirlasha boshlarkan. Yosh kisen bu yerga har kuni, ba’zan ikki martalab kelarkan. Bu hol bir necha kun davom etibdi.

  • Hoy, bu ayol kim? deb so‘rabdi chedok boladan. —Har kuni keladi va seni nimagadir chaqiradi!

  • U mening opam, - deb javob beribdi bola. Eri bir yil oldin savdo ishlari bilan jo‘nab ketgan edi, haligacha daragi yo‘q. U bir o‘zi yolg‘iz yashaydi va har kuni biror ish bilan chiqadigan bo‘lsa, mendan uyga qarab turishni iltimos qiladi.

Kunlarning birida bola kechqurun qayergadir ketibdi. Chedok mashg‘ulotlar uchun mo'ljallangan bo‘sh xonada yolg'iz o'tirgan ekan. Yosh ayol yana kelibdi. Darvozaga suyanib, u yugurdak bolani bir necha marta chaqiribdi. Shunda chedok uni ichkariga taklif qilibdi. Ayol o’zini uyalayotgandek qilib ko‘rsatib, birpas ikkilanib turibdi-da, so‘ng ichkariga kiribdi.

  • Bola hozir yo‘q, - debdi chedok. - Men trubka chekmoqchiman. Sen menga manqalni olib kel. Oldimga kel, o‘tir, - deb davom etibdi u ayol manqalni keltirgach, - sen ham trubkadan bir-ikki marta tort.

  • Qanday bo'larkan?

  • Hech kim ko‘rmaydi-ku. Buning yomon joyi bor ekanmi? Qani, tezroq kel!

Ayol yana o‘zini chedokning gapini ikki qila olmaydigan qilib ko'rsatib, ohista uning oldiga kelibdi va o'tiribdi. Chedok unga majhurlab trubka chekdiribdi.

  • Men chiroyli ayollami ko‘p ko'rganman, - deb muloyim ovozda gap boshlabdi chedok, - lekin bunaqa go'zalni birinchi marta uchratishim. Seni bir ko‘rdim-u, yeyish-ichishimda, uyqumda halovatimni yo'qotdim. Kecha-yu kunduz xayolimda faqat sensan. Bu oson ekanmi? Kechasi oldimga yashirincha kelsang, juda yaxshi ish bo'lardi-da. Bu yerda men yolg'iz uxlayman, hech kim bilmaydi.

  • Nima deyapsiz?! - deb o'zini chedokning taklifidan qo'rqib ketgandek qilib ko'rsatibdi ayol. - Siz, axir, boshliqsiz, olijanob yanbansiz, men esa tagi past bir ayol bo’lsam. Bu gapni o‘ylab gapiryapsizmi? Ustimdan kulayotgan bo‘lsangiz kerak?

  • Aslo, yo'q! Senga buni chin dildan aytyapman. Ustingdan kulish haqida gap bo'lishi ham mumkin emas! deya betoqat xitob qilibdi chedok va hatto yolg‘on gapirmayotganiga qasam ichibdi.

  • Rostini aytsam, o‘zim ham sizga ko’ngil qo‘yganman. Buyrug‘ingizga ham boysunmay ilojim yo‘q.

  • Seni menga taqdirning o‘zi ro‘para qildi! debdi chedok sevinchi ichiga sig‘may.

  • Faqat bir narsa meni xijolat qiladi. Bu xona maktabda joylashgan va uni hamma e’zozlaydi. Bu yerda ayol bilan qo‘shilish munosib ish emas. Men bu yerga kelishga jur’at etolmayman!

  • O‘-ho‘! - deb tizzasiga shappati uribdi chedok. - Qishloqi ayol bo'lsang ham balo ekansan. Gaping to‘g‘ri. Xo'sh, nima qilsak ekan?

  • Siz, janob, o‘z xohishingiz haqida menga gapirdingiz. Men gapingizga ishondim va sizga shuni taklif qilishim mumkin. Mening uyim maktab darvozasidan uch qadam narida joylashgan. Men yolg‘iz yashayman. Siz uyimga kechasi yashirincha kelishingiz mumkin. Men ukamdan oddiy jun kamzul va qalpoq berib yuboraman. Birov kechasi sizni uchratsa ham o‘la qolsa tanimaydi!

  • Ajoyib reja! - deb bir necha marta takrorlabdi chedok quvonchi ichiga sig‘may. - Bo‘pti, shunday qilamiz. Faqat gapingda turgin! - Shu so‘zlami aytib chedok ayolni qo'yib yuboribdi.

Kisen chindan ham maktab darvozasi yaqinida joylashgan kulbalardan birida yashar ekan. Tunda u bolaga kiyim beribdi va uni chedokga olib borib berishni buyuribdi. Chedok kelishganidek shu kiyimlarni kiyibdi va ayolning uyiga kelibdi. Ayol chedokni kutib olibdi, sham yoqibdi, ichkilik va gazak tayyorlabdi. Ular bir-birining qarshisiga o'tirib, xushchaqchaqlik bilan qadahlar almashib, yebicha boshlashibdi. Tez orada chedok yechinibdi va ko‘rpa ichiga birinchi bo'lib kirib, ayolni oldiga chaqiribdi. Ayol esa turli bahonalar bilan vaqtni cho'zishga harakat qila boshlabdi. Bir payt eshik ortida kimningdir baqirgan ovozi eshitilibdi. Ayol joyida bir sakrab tushibdi va ovozga quloq solibdi.

  • Voy-dod, endi nima qildik?! - deb pichirlabdi u.- Axir bu mening birinchi erim Chxorxo-ku. Ilgari u mahkamada xizmatkor bo‘lib ishlardi, men, sho'rpeshona, shu yaramas odam bilan birga yashardim. Bunaqa razil odam dunyoda bitta bo‘lsa kerak. U bir nechta odamni oldirgan. Uch yil burun men bir amallab u bilan ajrashdim va boshqa odamga turmushga chiqdim. Nima uchun u bugun birdan meni eslab qoldi ekan? Ovozidan mastga o'xshaydi. Agar siz bu yerda qolsangiz, u sizni haqorat qilishi tayin. Nima qilsak ekan?! - Ayol tez o'rnidan turibdi va eshik tomonga qarab: - Kechasi nega shovqin qilasan? Axir hamma uxlayapti-ku! - debdi.

  • Hoy, xotin! - deb baqiribdi eshik ortidagi kimsa. - Nima. ovozimni tanimadingmi? Tez och eshikni!

  • Sen menga hech kim emassan! Biz allaqachon ajrashganmiz.Nega kechasi kelib to‘polon qilyapsan?!

Bu gapni eshitib Chxorxoning battar jahli chiqibdi:

  • Sen meni tashlab ketgan eding, darrov boshqasini topibsan - da? O'shandan beri alamdan qutula olmayman. Bugun sen bilan gaplashib qo‘ygani keldim!

Eshikni tepib ochib, u ichkariga kira boshlabdi. Ayol xonaga yugurib kirib, chedokga:

  • Janob boshliq! Tezroq biron joyga yashirining. Mening kichkina xonamda manavi sandiqdan boshqa yashirinadigan joyning o‘zi yo‘q. Qo‘rqib ketyapman! Tezroq, iltimos qilaman! - deb o‘tinibdi.Chedokni shoshirib, kisen sandiqning qopqog‘ini ochibdi. Qo‘rquvdan rangida rang qolmagan chedok yalang'och holda sandiqqa tushibdi. Ayol tez sandiqning qopqog‘ini yopibdi va darhol unga qulf osibdi. Xonaga mast-alast ovozda g‘o‘ldirab Chxorxo kiribdi. Ayol darhol unga tashlanibdi.

  • Biz sen bilan uch yil oldin ajrashganmiz! - deb baqiribdi u. Nega yana oldimga kelding va meni haqorat qilyapsan?!

  • Sen, albatta, boshqa jazman topgansan. Men o‘z pulimga sotib olib bergan ko'ylaklar va idish-tovoqlami olib ketmoqchiman!

  • Ma, hammasini ol! - deb qichqiribdi ayol va unga qandaydir buyumlarni ota boshlabdi.

  • Sandiq ham meniki,- debdi bir payt bu nobakor. - Uni ham olib ketaman!

Qachon u seniki bo’lib qoldi? Axir men uning evaziga ikki bo'lak bo‘z berganman!

  • O'sha bo'zning bir bo‘lagi meniki edi. Shuning uchun ham men sandiqni olib ketaman!

  • Sen meni tashlab ketding, endi bir bo’lak lattani deb mendan sandiqni olib qo'ymoqchimisan? O‘lsam o‘lamanki, sandiqni senga bermayman!

Ular shu sandiq ustida tortishishibdi. Nihoyat, Chxorxo:

  • Men sandiqni senga qoldirmayman. Yo‘q desang, mahkamaga shikoyat qilaman!

Tez orada kun yorishibdi. Chxorxo sandiqni yelkasiga ortib, mahkamaga yo‘l olibdi. Uning orqasidan ayol ham ergashibdi. Mahkamaga kelib, ular okrug boshlig'iga bir-biridan shikoyat qila boshlashibdi. Okrug boshlig‘i ularning gapini eshitibdi va shunday qaror chiqaribdi:

  • Er va xotin har biri bir bolakdan bо‘z sarflab, sandiqni sotib olgan ekansizlar. Shu bois qonun buyuradi: sandiq teng ikkiga bo'linsin!

Shu yeming o‘zida u sandiqni katta boltalar bilan teng ikki qismga bo‘lishni buyuribdi. Soqchilar qo'llariga bolta olib, sandiqning ikki tomoniga turishibdi va uni ikkiga bo'la boshlashibdi. Biroq boltalar sandiqqa urilgani zahoti uning ichidan birovning:

  • O’ldirmanglar! Odamni o'ldirmanglar! degan qichqirig'i eshitilibdi.

  • Sandiqning ichida kimdir bor, debdi boshliq yasama taajjub bilan. Tez uning qopqog‘ini ochinglar!

Soqchilar shu zahotiyoq qulfni buzib, sandiqning qopqog'ini ochibdilar. Sandiqning ichidan qip-yalang’och bir erkak sakrab chiqib, hovlining o'rtasida turib qolibdi. Ne ko‘z bilan qarashsinki, bu chedokning o‘zi ekan! Okrug boshlig‘i ham, mahkama xizmatchilari ham taajjubdan hang-mang bo'lib qolishibdi. Ular bu g‘aroyib manzaraga kulmasdan qarab tura olmabdilar va og'izlarini ochmasdan xaxolabdilar.

  • Axir bu janob chedok-ku! - deb xitob qilibdi odamlar orasidan kimdir. - U yalang‘och holda sandiqning ichiga qanday qilib tushib qoldi? Aql bovar qilmaydi!

Okrug boshlig'ining buyrug‘iga binoan chedok choti orasini qo’llari bilan berkitib, baland joyga ko'tarilibdi. U chorpoya ustida uyatdan lol-lol qizarib, boshini xam qilib o‘tiribdi. Boshliq va mahkama xizmatchilari uning ustidan miriqib kulishibdi. Shundan keyingina boshliq unga kiyim olib kelishni buyuribdi. Shunda chedokni ko'rishga ko‘zi bo‘lmagan kisenlar ataylab unga etagi uzun ayollar ko‘ylagini olib kelishibdi. Chedok ayollar ko‘ylagida, boshyalang va oyoqyalang holatda maktabga yugurib kelibdi va shu kunning o'zidayoq qayergadir gum bo‘libdi. Kyonjuda esa unga «Sandiq ichidagi chedok» deb nom berishibdi va u butun okrugga kulgi bo'libdi.
LYU MON’IN (1559-1625)

Download 74.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling