Davlatshayxning o‘g


Download 75.48 Kb.
bet3/15
Sana25.08.2023
Hajmi75.48 Kb.
#1670248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-o\'zbek yangi malumotlar

Katta va kichik g'ullar esa maxsus qism bo‘lib, Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi. Barcha qism lar o‘rtasida maxsus choparlik xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy bosh qo'mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turardi.
Qo‘shin tarkibida tug'chi qism ham bo‘lib, u davlat bayrog‘ini qo‘riqlagan. Bundan tashqari, zabongiri (dushman tomonidan asir olib keluvchi) hamda xabargiri (razvedka) deb ataluvchi maxsus bo‘lin- malar ham bo‘lgan. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xiz- matlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amal­ga oshirilgan. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy - borgoh ham tay- yorlangan. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlangati.


1512-yilda G‘ijdu- vonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qa- notga Shayboniyxonning o‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo‘mondonlik qilishdi.
Qo‘shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldor harbiy askar- larni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shu- g‘ullangan. Shuningdek, u qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas’ul bo‘lgan.
Jevachi mansabida xizmat qilgan amaldor esa qo‘shinni qurol-ya- rog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan.
Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari ya- sovul deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.
Xon qurchi tomonidan qo‘riqlangan. Yalovbardor esa davlat bay- rog‘ini ko‘tarib borgan.
Qo‘rxona boshlig'i lavozimida xizmat qilgan harbiy esa harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan, An’anaga ko‘ra, qo‘shin as- karlar soniga qarab bo‘lingan. Ularga o'nboshi, ellikboshi, yuzboshi va mingboshilar boshchilik qilishgan


Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb atalgan. Askarning o!zini o‘zi himoya qila olishida sovut va dubulg'a muhim rol o‘yaagan.

Download 75.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling