Дифференцирования квази-филиформных алгебр
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
4-guldu-axb-2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014. № 4 *
Key words: cercariosis, Schistosomatidae, Bilharziellidae, birds, mammals, mollusks.
UDK 632.937.12 ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) NING TABIIY ENTOMOFAGLARI SH.A.Xalillaev O`zR FA O`simlik va hayvonot olami genofondi instituti E-mail: sherzod85-85@mail.ru Zararli xasva g`alla ekinlari jiddiy zararkunandasi hisoblanib, bug`doyning yosh va sog`lom barglarini so`rib oziqlanishi hamda boshog`iga sut pishish fazasida katta zarar keltirishi tufayli hosildorlik va uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Zararli xasva Sharqiy Yevropa, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida ko‗p uchraydi (Sulaymonova, 2003; Xalillayev va b., 2013). Respublikamizda zararli xasva bilan zararlangan g`alla dalalari umumiy maydoni 2011-yil 242.7 ming ga. ni tashkil qilgan bo`lsa, 2012-yil bu ko`rsatkich 369.2 ming ga. dan oshib ketdi (Respublika o`simliklarni himoya qilish…, 2012). Bu esa zararkunandaga qarshi jiddiy kurash choralarini olib borishni taqazo etadi. Hozirgi kunda respublikamizda zararli xasvaga qarshi, asosan, kimyoviy preparatlar qo`llanilib kelinmoqda, lekin kimyoviy vositalarni muntazam ishlatish atrof-muhitning zaharlanishi va ortiqcha ifloslanishiga, inson salomatligiga, issiqqonli hayvonlar va foydali entomofaglarga, shuningdek, ekologik toza mahsulot yetishtirishda katta salbiy ta`sirini ko`rsatadi (Xalillayev va b., 2013). Shu sababdan zararli xasvaga qarshi kurashning ekologik bezarar usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu borada shu kungacha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo`lib, zararkunandaga qarshi kurashda uning tabiiy entomofaglaridan va entomopatogen * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2014. № 4 * 22 mikroorganizmlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan ( Викторов, 1967; Xalillayev, Nurjanov, 2013; Xalillayev, Nurjanov, 2012). Zararli xasvaning parazit entomofaglari sifatida bir nechta turlar ma`lum bo`lib, ulardan hasva imagosi tanasida parazitlik qiluvchi faziya pashshalari va tuxumxo`rlar keng tarqalgan. O`zbekiston sharoitida zararli xasvaning parazit entomofaglarini o`rganish borasida tadqiqot ishlari o`tgan asrning 50-yillarida olib borilgan bo`lib, lekin bu ma`lumotlar amaliy nuqtai nazardan ancha eskirgan, tuxumxo`rlarni o`rganish bo`yicha esa chuqur tadqiqot ishlari o`tkazilmagan, shuning uchun ham bu borada izlanishlar olib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling