Dinshunoslik hsm markaziy Osiyo Xalqlari Dinlari


Download 2.51 Mb.
bet3/6
Sana14.10.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1701583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Presentation1ynagi 1111111111111111111111111 Ahmadjonnnnnnnn Dinshunoslik

Moniylik
Moniylik
  • Moniyning ta’limotida Nur va Zulmat o‘rtasidagi azaliy kurash asosiy o‘rinni egallaydi.
  • Uning mazmun-mohiyati esa, Nurning Zulmat ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishdir.
  • Moniylik mahalliy dinlar – zardushtiylik, buddaviylik va xristianlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
  • Moniy o‘zini avvalgi dinlarning «to‘g‘rilovchi payg‘ambari» deb e’lon qilgan. U xristianlikdan messionizm va «Masih» e’tiqodini o‘zlashtirgan.

Zardushtiylik
Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi.
Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan.
Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud
Ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, «Avesto»ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar,
Ko‘pchilik tarixchilar esa «Avesto»da Xorazm Zardushtning vatani, Axura-Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar.
Zardushtiylikning muqaddas manbasi «Avesto»
  • «Avesto» («Apastak», «Ovisto», «Ovusto», «Abisto», «Avasto» - «joriy qilingan qat’iy qoidalar») sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan.
  • Uning «Gat»lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi.
  • Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani «Avesto» O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi.

Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, «Avesto»ning to‘liq qismi yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga bitilgan edi.
Abu Rayhon Beruniy «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi», deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
«Avesto»
«Avesto» - «Videvdat», «Yasna», «Visparad» va «Yasht» nomi bilan yuritiladigan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
22 bobdan tashkil topgan «Videvdat» - «Avesto»ning saqlanib qolgan bo‘limlari orasida eng mukammali.
«Yasna» - diniy marosimlarda o‘qiladigan duolar bo‘lib, 72 bobdan tashkil topgan.
Zardushtning so‘zlari hisoblanadigan 17 fasl, 338 qit’a, 896 misra va 5560 so‘zdan iborat «Gat»lari ham shu bo‘limdan joy olgan.
«Visparad» - 24 bobdan tashkil topgan bo‘lib, ma’budlar sha’niga o‘qiladigan duo va pand-nasihatlardan iborat.
22 bobdan tashkil topgan «Yasht» esa ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling