Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions
Download 1.09 Mb.
|
1-To\'plam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so„zlar
- Key words
Umurkulova D.A., UzMU
Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tononidan aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish orqali sogdom turmush tarzini shakllantirish, salomatlikni mustahkamlashda josmoniy tarbiya va sportning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Kalit so„zlar: aholi, jismoniy tarbiya, sport, sogdom turmush tarzi, salomatlik, strategiya, jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish. Annatation: This article provides information on the formation of a healthy lifestyle in all strata of the population in our country, the preservation of citizens' health, the problems that cause harmful habits and the fight against them. Key words: Healthy lifestyle, sports, alcoholism, drug addiction, harmful substances. Aholi salomatligini saqlash davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishidan biri bodib, ushbu yonalishda aholini barcha qatlamini, ayniqsa yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur sohada qabul qilinayotgan bir qator farmon va qarorlar, ilgari surilayotgan takliflar hamda tashabbuslar aholimiz salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan bir qatorda mamlakatimiz sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. Buni, 2022-2026 yillarga modjallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan 100 ta maqsaddan 14 tasi bevosita aholi salomatligini ta’minlashga qaratilganidan ham bilish mumkin [1]. Shunga kura, biz tomonimizdan kichik tadqiqot tashkil etildi va o’tkazildi. Tadqiqot maqsadi sifatida Aholini sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali salomatlikni yanada mustahkamlash белгилаб олинди. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi. Aholi orasida, shuningdek, har bir oila, mahalla va tuman, shaharda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish hamda ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o’rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o’tkazish, ismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng targ‘b etish. Tadqiqot usullari. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan adabiyotlar tahlili. Natijalar tahlili. Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish aholimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Qayd etilganidek, so’nggi uch yilda 118 ta sport majmuasi, mahallalarda 7 mingta sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Har bir tuman va shahar markazlarida “Salomatlik yo’laklari” va velosiped yo’llari tashkil etildi. Taraqqiyot strategiyasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga yetkazish ko’zda tutilgan [1]. Bugungi kunda aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, bu sohada fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo jamoatchiligini o’ylantirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda 2 mlrd. inson temir moddasi, А vitamini kabi odam organizmi uchun o’ta zarur bo’lgan organik mikroelementlarni talab darajasida iste’mol qilmaydi. Shu tufayli 155 mln. bola o‘sish va rivojlanishda orqada qolayotganligi, 52 mln. bola esa surunkali charchashdan aziyat chekmoqda. Mazkur tashkilot dunyo mamlakatlarida o‘lim va nogironlikka sabab bo‘luvchi 4 ta asosiy yuqumsiz kasallikni aniqlagan. Bular - yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton kasalliklaridir. Surunkali kasalliklarning ortishi insonlar orasida erta o’limga olib kelmoqda [4]. Xalqimizning sog’lom turmush tarziga, xususan, millatimiz taqdiriga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan mamlakatimizda zarur choralar ko’rilib, ushbu sohadagi vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam huquqiy va tashkiliy mexanizmlari yaratildi [2,3]. Xalqimiz ovqatlanish ratsionida yog‘ va qandning ulushi yuqori bo’lib, mikroelementlar, ayniqsa, yod va temir moddasi tanqisligi kuzatilmoqda. Yurtimizda 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan ayrim fuqarolar orasida jismoniy faollikning kamligi, tamaki va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik natijasida ko‘plab surunkali kasalliklar yuzaga kelmoqda [4]. Mamlakatimizda katta yoshdagi aholining aksariyati ortiqcha vazndan, qon bosimi oshishidan aziyat chekmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya qon aylanishi faoliyatining buzilishi, bo‘g‘in kasalliklari va boshqa bir qancha xastaliklarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Xulosa. Davlatimiz tomonidan aholining sog‘lom ovqatlanishi, ommaviy sport bilan band bo‘lishi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi uchun katta g’amxo’rliklar qilinmoqda. Aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashda, kasalliklarning oldini olishda, shuningdek aholining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish muhim ahamiyatga egadir. FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR 2022-2026-yillarga mo‘ljanangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (28 yanvar 2022 yil. PF-60)/ Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018. Irgashev SH.B. ”Tibbiyot valeologiyasi” Toshkent 2012. СОГЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИ ВА УНГА ^АРШИ ЗАРАРЛИ О^ИБАТЛАР ТА^ЛИЛИ Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling