Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet18/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

Induktiv filtr.
Filtrlarni xisoblaganda, uning kirishda faqat to’g’rilangan kuchlanishning o’zgarmas tashkil etuvchisi va pulsatsiyalarining amplitudasi U1(1)m bo’lgan asosiy garmonikasi xisobga olinadi xalos, negaki garmonika sonining o’sib borishi natijasida ularning amplitudasi keskin kamayadi. Natijada to’g’rilagichni filtrga va yuklamaga nisbatan ikkita generator bilan almashtirish mumkin. 1 - generator o’zgarmas E.YU.K. li U1d =const va 2- generator sinisoidal E.YU.K. bo’lgan generator bilan almashtirilib, uning amplitudasi U1(1)m va chastotasi mPw (w-ta’minlovchi tarmoqning burchak chastotasi) ga teng deb olinadi.
Induktiv filtrlar o’rta va katta quvvatli to’g’rilagich sxemalarida ishlatiladi, ya’ni ular yuklama zanjiridan oqib o’tuvchi tokning uzluksizligini ta’minlab, normal ish rejimini xosil qilib beradi.
Rasmda ideal induktiv filtrni tasvirlovchi ekvivalent sxema keltirilgan (ya’ni isrofsiz), yuklama faqat aktiv qarshilikdan iborat va to’g’rilagichning ichki qarshiligi nolga teng. Amplitudasi U1(1)m bo’lgan sinisoidal E.YU.K. ta’sirida yuklamada amplitudasi quyidagicha bo’lgan kuchlanish xosil bo’ladi.

Ya’ni,
(6)
YUklamadagi kuchlanishning o’zgarmas tashkil etuvchisi to’g’rilagich chiqishidagi kuchlanishning yarmiga teng, shuning uchun filtrning silliqlash koeffitsienti filtratsiya koeffitsientiga tengdir:
(7)
Filtrning induktivligi bu yerdan quyidagiga tengdir:
(8)
Pulsatsiya koeffitsienti orqali ifodalangan silliqlash koeffitsienti (4) -ifoda bilan aniqlanishini xisobga olib, (8)-ifodadagi 1 ni xisobga olmagan xolda quyidagini xosil qilamiz:
Ld » rdKS /mPw = 2rd / [mPw(mP2-1)KP(1)] (9)
Pulsatsiyalar soni ikkiga (mP=2) teng bo’lgan to’g’rilagichning induktivligi quyidagicha aniqlanadi:
Ld = rd / [3w KP(1)] (10)
To’g’rilagich yuklamasidagi tok hamda kuchlanish pulsatsiyalarini silliqlovchi filtr turlari.
To’g’rilagichni R-L yuklamaga ishlashini ko’rganimizda L filtrni analiz (taxlil) qilib chiqqan edik. L filtrdan tashqari LC, RC hamda elektron filrtlar mavjuddir.
Induktiv sig’im va rezistiv sig’imli filtrlarni xisoblash.

Rasmda induktiv filtrning ekvivalent sxemasi keltirilgan.
Id=Ud.kir/rd - silliqlovchi filtr bo’lmagan xol uchun to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati.
Id1=Ud.kir/(rd+Rdr) - silliqlovchi filtr bo’lganda to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati.
IP=UP/rd - silliqlovchi filtr bo’lmaganda to’g’rilangan tokning asosiy garmonikasi bo’yicha o’zgaruvchan tashkil etuvchisining amplituda qiymati.
I1P=UP / [( rd+Rdr)2+(mwcLdr)2]1/2 - filtr bo’lmaganda to’g’rilangan tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchisining asosiy garmonikasi amplituda qiymati.
KP = UP / Ud.kir - filtrning kirishida to’g’rilangan kuchlanishni pulsatsiya koeffitsienti.
KPN = UPN / UdN - filtrning chiqishida to’g’rilangan kuchlanishni pulsatsiya koeffitsienti.

bu yerda wc=2pfc , mfc=fp - pulsatsiya chastotasi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling