Utya
8.8-rasm. Tranzistorlar asosida tuzilgan tok stabilizatori sxemasi. T1 T2- tranzistorlar, St-stabilitron, R1,Rk-rezistorlar, Ryu-yuklanuvchi rezistor.
Ststabilitron yordamida namni kuchlanishi xosil kilinadi. T1 tranzistori rostlash, T2 tranzistori esa kuchaytirish vazifasini bajaradi. Rostlanuvchi tranzistor T1 va namunaviy rezistor R1 lar ketma-ket ulangan yuklama rezistori Ryuorkali o’tgan tok Iyu chikish kattaligi xisoblanadi. Stabilizator ishlagan vaqtida namunaviy rezistor Utya dagi kuchlanish tushuvi bilan taqqoslanadi. Bu kuchlanishlar farki rotslovchi tranzistor T1 kollektor – emitter uzatishdagi karshilikni boshkaruvchi tranzistor T2 da kuchaytiriladi, natijada tokni stabillanadi. Rk rezistor kuchaytirgichni kollektor zanjiridagi yuklama.
Transformatorlarni vazifalari va qo’llanilish soxalari.
O’zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o’zgartirmay uning miqdorini orttiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduksion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi,elektrostansiya generatorlaridan iste’molchilarga uzatiladi;iste’molchilar esa ko’pincha stansiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo’ladi. Ener-giya isroflarini kamaytirish va simlarning og’irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o’n yoki yuz marotaba katta bo’lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko’tarish kerak bo’ladi.
Transformatorlardan juda ko’p maqsadlarda foydalaniladi. Transformator berk po’lat o’zak–magnit o’tkazgichdan tuzilgan bo’lib, bu magnit o’tkazgichga o’zaroelektr kontaktga ega bo’lmagan ikki yoki bir necha chulg’am o’ramlari joylashtirilgan bo’ladi. Magnit o’tkazgichning chulg’amlari joylashgan qismi o’zak – deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |