Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, 28 may, Nortgempton.
Keyingi vaqtlarda Ella uyqudan g'amgin uyg'onadigan bo'lib qoldi. U hali o'zi tayyor bo'lmagan holda, hayotining qandaydir bosqichini bosib o'tganday his etardi. Oshxonada kofe qaynagunicha stol tortmasidan qiladigan ishlari ro'yxatini oldi va qayta ko'rib chiqdi. Men qirq yoshga to'lmasimdan oldin quyidagi ishlarni qilishim kerak: O’tkazadigan vaqtimni tartibga solish, iloji boricha rejali bo'lish va vaqtni behuda sarflamaslik kerak. Yangi kundalik daftar sotib olish. (Bajarildi) Ovqatga minerallar va antioksidantlar qo'shi- shim kerak. (Bajarildi) Ajinlar haqida o'ylash. Alfa-gidroksidli kislotalarni sinab ko'rish va yangi «L’Oreal» kremidan foydalanishni boshlash. (Bajarildi) Uy devorlariga yopishtirilgan gulqog'ozlarni al- mashtirish, yangi o'simliklar va yostiqlar sotib olish. (Bajarildi) O'z hayotimni, hayotiy qadriyatlarim va qarashlarimni baholash. (Yarim bajarildi) Tanovul etadigan ovqatlarim ro'yxatidan (ratsionimdan) go'shtni olib tashlash, har hafta uchun sog’lomlashtiruvchi taomnoma tuzish, o'z vujudimga e'tibor qaratish. (Yarim bajarildi) Rumiy she'rlarini o'qishni boshlash. (Bajarildi) Bolalarni brodvey myuzikliga olib borish. (Bajarildi) Oshpazlik kitobini tuzishni boshlash. (Bajarilmadi) Ishqqa yuragimni ochish!!! Ella o'z ro'yxatidagi o'ninchi bandga tikilgancha, qimirlamay turardi. U bu satrlarni yozganida nimani nazarda tutganini o'zi ham bilmas edi. Nimani o'ylapti u? «Shirin shakkoklik»ni berilib o'qishim oqibati bo'lsa kerak, - shivirladi u go'yo o'ziga-o'zi izoh berganday. Keyingi paytda o'zining sevgi haqida o'qtin-o'qtin o'ylayotganini payqadi. «Qadrli Aziz! Bugun mening tug'ilgan kunim! Men o'zimni qandaydir davrga etib kelganday his etmoqdaman. Qirq yosh inson, ayniqsa, ayol hayotining muhim pallasi, deyishadi. Shuningdek, qirq yosh - bu yana o'ttiz yosh demakdir (oltmish yosh esa - yana qirq yosh demak) deyishadi ham, lekin, menimcha, bu yerda bo'rttirib yuborilgan. Ya'ni, biz o'zimizni aldab qo'ymoqchimizmi? Qirq degani bu qirq- da axir! Menga «nimalardir» kelib qo’shildi - bilim, hikmatlar, albatta, ajinlar va sochlarning oqlari ham. Avvallari tug'ilgan kunlarimda o'zimni baxtli his etar edim, bugun tongda esa yuragimda og’ir tuygu bilan va o'zining ertalabki qahvasini hali ichmagan odam uchun haddan ziyod murakkablik qiladigan savollar bilan uyg'ondim. Shu paytgacha yashab kelayotgan hayot tarzimni o'zgartirishni istaymanmi yo yo'qmi, o'zim ham bilmayman. Shu boisdan qurqib ketdim. «Ha» ham, «yo'q» ham birday dahshatli natijalarga olib kelsa, nima bo'ladi? Balki shuning o'zi savolimga javobdir? Sizga ehtirom ila Ella. P.S. Xatim uncha quvnoq chiqmagani uchun uzr so'rayman. Nima uchun bugun o'zimni bunday his etayotganimni bilolmayapman. Sababi yo'qday ko'rinadi. (Yoshim qirqqa to'lib bo'lganini hisobga olmaganda, albatta. Bu balki o'rta yoshga xos krizis, deb atalgan narsa bo'lsa kerak)» «Qadrli Ella! Tavallud kuningiz bilan tabriklayman! Qirq yosh - erkak kishi uchun ham, ayol uchun ham eng go'zal yosh. So'fiylar qirq sonini yuqoriroq pog'onaga ko'tarilishni va ruhan uyg'onishni ifodalovchi majoz, deb hisoblashlarini Siz balki bilarsiz? Aza tutganimizda, u qirq kun davom etadi. Chaqaloq tug'ilsa, uning yangi hayotga ko'nikishi uchun qirq kun kerak bo'ladi. Agar sevib qolgandek bo'lsak, o'z hissiyotimizga iqror bo'lishimiz uchun ham qirq kun kerak. Olamni suv bosishi, suv Avvalgi hayot tarzining yuvib tashlanishi, barcha yovuzliklarni tozalab va odamlarga takroran yangi hayot boshlash imkoniyati berilmog'i uchun butun Olamni qirq kun davomida suv bosgan. Islom falsafasiga ko’ra inson bilan Xudo orasida qirq pog’ona bor. Iso (a.s.) qirq kechayu qirq kunduz cho'lga uzlat etganlar. Muhammad (s.a.v.) ga payg'ambarliklari haqidagi vahiy kelganida qirq yoshda bo'lganlar. Budda qirq kun jo'ka daraxti ostida meditasiya (zikr) qilgan. Shamsning qirq qoidasi haqida esa aytmasam ham bo'ladi. Siz yangi ishingizni qirq yoshingizda oldingiz va bu yangi hayot boshlanishidan nishona! Shunday qilib, Siz juda xayrli yoshga kirdingiz. Muborak bo'lsin! Va yoshingiz ortganidan xafa bo'lmang. Hech qanday ajin va oqargan soch qirq sonining quvvatiga ta'sir eta olmaydi! Sizga ezgu tilaklar ila Aziz.» Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling