Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
Issiqiik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri
Download 248.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
5.4.
Issiqiik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri Issiqiik elektr stansiyalarida yondiriladigan organik yoqilg‘ilardan tashqi muhitga jiddiy zarar yetadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga chiqariladi. Hozirgi kunda issiqlik elektr stansiyalari yoqilg‘isida yetakchi o‘rinni ko‘mir egallaydi. Uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta miqdordagi sulfat angidridi, karbonat angidridi, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida rak kasalligini qo‘zg‘atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilami chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy insonning nafas olish organlarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Quvvati 2,4 mln. kVt bo‘lgan zamonaviy IES sutkasiga 20 ming tonna ko'mir yoqilib, undan havoga 680 tonna S0 2 va S0 3 , 200 tonna azot oksidlari, shuningdek 120 - 140 tonna qattiq zarralar (chang, kul, qurum) chiqariladi. IES mo‘risidan chiqadigan azot oksidlari va sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda oksidlanib, nitrat kislotasi va sulfat kislotasiga, aylanadi. Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda ba’zan “kislotali yog‘inlar” paydo bo‘ladi. Bu jarayonni kimyoviy jihatdan quyidagicha izohlash mumkin: 3N0 2 + H 2 0 - *■ 2HN0 3 + NO 2S0 2 + 0 2 ^ 2S0 3 S0 3 + H 2 0 -*H 2 S0 4 Hozirgi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri issiqlik elektr stansiyalardan chiqadigan qattiq chiqindilar va aerozollardir. Ulaming yillik umumiy massasi 250 mln. tonna atrofida bo‘lib, havoda aerozollaming ko‘payishi yer yuziga yetib keladigan quyosh radiatsiyasining kamayishiga olib keladi. Bu aerozollar, shuningdek, troposferadagi suv bugMarini kondensatsiyalab, yomg'irlarning ko‘payishiga ham olib kelmoqda. Keyingi yillarda yomg'irli kunlaming ko‘payganligi, yomg'iming ba’zan sutkalab tinmay yog‘ishi, havoning tez ochillib ketmasligi - bulaming barchasida havodagi aerozollaming alohida o‘mi bor. Issiqlik elektr stansiyalarida ko'mirdan tashqari tabiiy gaz va neft (mazut) ham yondiriladi. Ular orasida nisbatan ekologik toza yoqilg'i gazdir. Ammo jahon elektr energetikasida gazning o‘mi nisbatan kam. Neftni esa, uning yonishidan chiqadigan chiqindilaming tarkibi va miqdori jihatidan ekologik toza, deb bo‘lmaydi. Uning yonishidan tabiatga ko‘p miqdorda oltingugurt angidridi, uglerod oksidlari, boshqa kanserogen moddalar ajraladi. Issiqlik elektr stansiyalari nafaqat atmosfera havosini, balki yer va suvlami ham ifloslaydi. Atmosferaga chiqarilgan aerozollar va qattiq zarralar yer sathi va suvlarga cho‘kib, ulardagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, issiqlik elektr stansiyada foydalanilgan issiq suv ochiq suv havzalariga tushib, ulaming haroratini 10 - 11 °S gacha ko‘taradi. Bu esa, suvda yashovchi organizmlar uchun ekologik halokat hisoblanib, ular qirilib ketadi. Download 248.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling