Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat


  Dunyo davlatlari muqobil energiyadan foydalanishga o‘tishi


Download 248.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana09.02.2023
Hajmi248.61 Kb.
#1179391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat

5.5. 
Dunyo davlatlari muqobil energiyadan foydalanishga o‘tishi 
Qayta tiklanuvchi - muqobil energetikadan foydalanayotgan davlatlar soni yil sayin ortib bormoqda. 
Ko‘pdan ko‘p davlatlar 
2020-yilga qadar muqobil energetikadan foydalanish bo‘yicha dasturlar qabul qilgan bo'lib, 
tahlilchilarning fikricha, ular o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga muddatdan avval erishmoqda. 
Avvaliga, birinchilardan bo‘lib, Shvetsiya, Bolgariya va Estoniya o‘z oldilariga ezgu maqsadni 
qo‘ygan bo‘lsa, keyinchalik ular safiga Litva ham qo‘shildi. Endilikda yildan yilga bu ro‘yxatdan joy 


olgan davlatlar soni ko‘payib bormoqda. Finlyandiya, Xorvatiya, Ruminiya, Italiya va Chexiya qayta 
tiklanuvchi energiyadan foydalanish borasida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadga erishdilar. 
Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish masalasida Shvetsiya eng oldingi o‘rinda bormoqda. 
Bu mamlakat foydalanayotgan energiyaning teng yarmini qayta tiklanuvchi manbalardan oladi. 
Quyosh va shamol elektr energiyasi ishlab chiqarishda asosiy manba ekani tan olingan (29-rasm). Bu 
manbalardan foydalanish keyingi 15 yil davomida ancha o‘sdi. Bu Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul 
qilingan “20-20-20” deb nomlanuvchi strategiyaning asosini tashkil qiladi. Strategiyaning asosiy 
maqsadi 2020-yilga borib, atmosferaga pamik gazlarini shig’ariwdi 20 foizga qisqartirib, muqobil 
energetika manbalaridan foydalanishini 20 foizga ko‘paytirishdan iborat. Mazkur strategiya Parij 
konferensiyasida qabul qilingan majburiyatlami bajarish yo‘lida qo‘yilgan qadam sifatida ko‘riladi. 
Ma’lumki, jahon mamlakatlari 2030-yilga qadar atmosferaga parnik gazlami chiqarishni 40 foizgacha 
qisqartirishni o‘z zimmalariga olgan edi. 
Endilikda nafaqat Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar, balki boshqa davlatlar ham o‘z oldilariga 
qo‘ygan rejalami imkon qadar tezroq bajarishga kirishib ketishdi. Biroq, ba’zi davlatlar qayta 
tiklanuvchi energiyadan foydalanishga unchalik ham shoshilmayapti. Germaniya, Fransiya va Buyuk 
Britaniya qo‘yilgan maqsadlarga erishishga shoshilmayotgani aytilmoqda. 
Yevropa mamlakatlari atmosferaga zaharli gazlami chiqarishni kamaytirish maqsadida an’anaviy 
yoqilg‘idan voz kechishni va muqobil energiyaga o‘tishni targ‘ib qilib keladi. Bu borada “ko'hna 
qita” mamlakatlari quyosh va shamol elektr stansiyalari qurishga mablag‘lami aslo ayamaydilar. 
Biroq, o‘tgan yili bu borada kiritilayotgan investitsiyalar ancha kamayotgani aytilmoqda. Bloomberg 
New Energy Finance e’lon qilgan hisobotga qaraganda, 2015-yilda Yevropa Ittifoqida qayta 
tiklanuvchi energetika uchun 58,5 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Bu 2014-yilga nisbatan 18 foiz 
kamdir. Shu bilan birga 2006-yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich ekani aytilmoqda. 
Biroq, Buyuk Britaniyada bu ko'rsatkich 24 foizga oshgani va 
23.4 
mlrd.ni tashkil qilgani ma’lum qilindi. Germaniyada “yashil energetika” uchun 10,6 mlrd. 
dollar sarmoya kiritgan. Bu bir yil oldinga nisbaan 42 foiz kamdir. Fransiyada sarmoya 53 foizga 
qisqargan va 2,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan. 
Yevropa mamlakatlari 2015-yilda 8 GVt quyosh jihozlarini o‘matgan. “Ko‘hna qita”da quyosh 
jihozlariga bo‘lgan talab o‘tgan yili 2014-yilga nisbatan 15 foizga oshgan. “Ko‘rinib turibdiki, quyosh 
energetikasi Yevropada yana oshmoqda” deydi Solar Power Europe kompaniyasi rahbari Jeyms 
Uotson. Bu boradagi ko‘rsatkich 2011-yilda eng yuqori cho'qqisiga chiqqan va shundan so‘ng quyosh 
jihozlariga bo‘lgan talab keyingi yillarda pasayib ketgan edi. 
2015-yil davomida Yevropada quvvati 13 805,2 MVt bo‘lgan shamol elektrostansiyalari ishga 
tushirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 
5.4 
foiz ko‘p demakdir. Germaniya bu borada eng oldingi safda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda 


Polsha turibdi. Fransiya uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Buyuk Britaniyaga to‘rtinchi o'rin nasib 
qildi. Shuni eslatib o'tish kerakki, Buyuk Britaniyada shamoldan olinadigan elektr manbaining 59 
foizi dengizga o‘matilgan jihozlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Tahlilchilaming fikricha, Ispaniyada ham muqobil energiyaga kata e’tibor qaratilardi. Biroq 
mamlakatda o‘matilgan jihozlardan samarasiz foydalanilgani bois bu borada muvaffaqiyatsizliklar 
kuzatilmoqda. Shamol energetikasi Ruminiyada ham tannazzulga uchradi. Biroq Yevropa 
mamlakatlarida shamol energetikasiga umid ko‘zi bilan qarashadi. 
2014-yilda Xitoyda quvvati 23 gigavattga teng yangi shamol energetikasi paydalaniwg’a 
tapsirildi. Bu jahonda foydalanishga topshirilgan shamol elektr stansiyalarining deyarli yarmi 
demakdir. 0‘sha yili dunyoda 53 gigavattga teng shamol energetikasi qurilgandi. Iqtisodi rivojlangan 
mamlakatlar har yili BMTning iqlim jamg‘armasiga 10 milliard dollar ajratish majburiyatini o‘z 
zimmalariga olgan edi. Kelajakda bu raqam 100 mlrd. AQSh dollarga yetkazilishi aytilmoqda. Bu 
mablag'lar rivojlanish yo‘liga o'tgan mamlakatlarga berilishi ko'zda tutilgan. 
Jahondagi yashil energetika uskunalarining 24 foizi AQShda qurilgan. Biroq “okean orti” 
mamlakatida ishlab chiqariladigan energetikaning 13 foizi muqobil energetika hissasiga to‘g‘ri 
keladi. Meksikada ham bu borada katta loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Download 248.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling