Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat


Hindistonda quyosh panellariga ega ilk poezd ishga tushirildi


Download 248.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.02.2023
Hajmi248.61 Kb.
#1179391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat

Hindistonda quyosh panellariga ega ilk poezd ishga tushirildi. Hindistonda DEMU (Diesel 
Electric Multiple Unit) deb nomlangan, quyosh panellari bilan jihozlangan ilk poezd ishga 
tushirildi. Poezd loyihasi Indian Railways davlat kompaniyasi tomondan amalga oshirilgan 
(25-rasm). Poezd Safdarjung stansiyasidan Nyu-Dehliga aylana yo‘nalish bo'yieha 
harakatlanadi. Poezdning tom qismida quyosh panellari joylashgan. Poezd dizel dvigatellar 
yordamida harakatlanadi, biroq undagi elektr asboblari, boshqaruv tizimi, cshiklami ochish-
yopish tizimi va axborot tablosi quyosh batareyalari ishlab chiqargan elektr energiyadan 
ta’minlanadi. 
Bitta vagonda 16 ta quyosh plastinasi joylashgan bo‘lib. ulardan har birining quvvati 300 
Vt tashkil etadi. Tungi vaqt elektr ta’minoti akkumulyatordan olinadi. Kompaniya 
ma'muriyati bayonotiga ko
L
ra, bunday poezd bir yilda 21 ming litr dizel yoqilg‘isini tejaydi 
va bunda tcjamkorlik 21 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Quyosh panelli bir vagonning 
qurilmasi 14 ming AQSh dollariga teng. Poezd 80 km/s tezlik bilan harakatlanadi. 
Poezdning ishga tushirilishi Hindiston tcmir yo‘llari vazirligining ekologik vaziyatni 
yaxshilash va zararli chiqindilaming atmosferaga chiqarilishini kamaytirish davlat 
dasturining bir qismi hisoblanadi. Dastur poezdlarda bioyoqilg'i, shamol energiyasi, suvning 
siklik ishlatilishi, biohojatxonalar o'rnatilishini ko'zda tutadi. Bundan tashqari, davlat 
transport tarmog‘i 2020-yilgacha quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarilishini 1000 MVt 
gacha, 2025-yilda esa 5000 MVt gacha oshirishni rejalashtirgan. 
5.3. 
()‘zbekistonda energetikaning rivojlanishi 
O'zbekiston Respublikasi yoqilg'i energetika sanoatining tarkibiga gaz, neft, ko‘mir 
sanoatlari va energetika kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab 
chiqarishdagi hissasining 35% tashkil etadi. O'zbekistonning g‘arbiy va janubiy 
hududlarida topilgan neft, gaz va ko‘mir konlariga tayanib yiidj.»- yilga mazkur sanoat 
tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Endilikda O'zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab 
chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Hozirda aniqlangan gaz zahiralari 2 trln. m\ 
ko‘mir zahiralari 2 mlrd. tonnadan artiq. 
1991-1996-yillarda neft qazib olish Rossiyada 61,5%, Ozarbayjonda 77,8%, Qozog‘istonda 83,2% 
bo‘lgan bo‘lsa, O’zbekstanda bu ko‘rsatkich 271% o‘sdi. Shuningdek, gaz qazib chiqarishda Rossiya
Qozog‘iston, Turkmanistondan farqli ravishda 117% yuqori hisoblanadi. Neft, gaz, elektr energiyasi 
o‘z ehtiyojlarimizni to‘la qondiribgina qolmay, shu bilan birga ko‘p miqdorda eksport qilish imkonini 
ham bermoqda. Hozir bu majmua kapital mablag‘ sarflash hamda xorijiy investitsiyalami jalb 
etishning eng foydali sohalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda yoqilg‘i og‘ir sanoatning muhim 
tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tabiiy gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish va ulami qayta ishlash hamda 


iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Respublikamizda zahirasi sanoatda ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi 
Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. 
Mutaxassislaming fikriga ko‘ra, 0‘zbekistonning 60 % yerostida neft va gaz boyliklari mavjud. 
Neft va gaz mavjud bo‘lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratish mumkin. Bular, Ustyurt, Buxoro-Xiva
Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari 1 
trln. AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Mamlakat yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika 
majmuining belgilovchi tarmog‘idir. U barcha turdagi yoqilg‘i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni 
tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom 
ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korxonalari Buxoroda (Qorovulbozor), Qashqadaryo 
(Sho‘rtan, Muborak), Toshkentda (Angren), Surxondaryoda (Sharg‘un, To‘da) va Farg‘ona 
viloyatlarida joylashgan. 
Neft sanoati. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904-yilda Farg‘ona (Chimyon) viloyatida 
ochilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi (Janubiy 
Olamushuk, Polvontosh Andijon) va Janubiy 0‘zbekistonda (Xaudak, Lalmikor) Farg'ona neftni 
qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. Biroq har ikkala zavodning ishlab chiqarish quvvati kam 
bo‘lib, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj chetdan keltirilishi hisobiga qondirilgan. Mustaqillik 
tufayli neft sanoatida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘plab yirik konlari ishga tushirilishi 
natijasida (masalan, Ko‘kdumaloq) neft qazib olish ko‘rsatkichi keskin o‘sdi. Jumladan, 1960-yilda 
1,6 mln tonna 1980-yilda 1,3 mln. tonna, 1990-yilda 2,8 mln. tonna, 1997-yilda 7,9 mln. tonna va 
2002-yilda 7,2 mln. tonna neft qazib olindi. 
Respublikamizda neftning asosiy 92% qismi Qashqadaryo viloyatidan ohnadi. Qolgan qismlari 
Andijon, Surxondaryo, Navoiy, Farg'ona viloyatlaridan qazib olinadi. 

Download 248.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling