ҚƏнигелик шеберлик
Kwp qatorli tizimda g’isht terish mah’orati
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch qatorli tizim(sistema)da g’isht terish mah’orati
- Qulf-kalit qilib bog’lash tizimi
- Ustunlar va oralik devorlarni terish mah’orati Ustunlar.
- Oraliq devorlar.
- 3.4. İsh wrnini tashkil etish va g’isht teruvchi ustalarning ilg’or ish usullari qwllash mah’orati
Kwp qatorli tizimda g’isht terish mah’orati Bu tizimda devor pishiq chiqishi uchun barcha choklarni bog’lash shart emas, bunda kwndalang vertikal choklarigina h’ar bir qatorda qulf-kalit h’olda bog’lanib bwylama vertikal choklarning h’ar besh qatordagi chokini bog’lash etarlidir. Shunday qilib kwp qatorli g’isht terish tizimida bwylamasiga besh qator g’isht qwyilgach, ustiga bir qator kwndalangiga g’isht teriladi. Kwp qatorli tizimni qulay tomoni: 1. G’ishtlarni ustma-ust olti qatorgacha bir xilda terilishi natijasida ish unumi oshadi; 2. Chorakam bittalik g’ishtlarning kam ishlatilishi. Bu tizimning kamchilik tomoni h’ar olti qatorgacha choklar birlashib vertikal kanalchalarning h’osil bwlishi, h’amda qorishmalarning qishda kengayishi natijasida choklarning shishib devorni bwrttirib yuborishi mumkinligidir (3.1-rasm, i).
G’ishtlarni bu tizim bilan bog’lab terishda ustma-ust uch qatorgacha terilgan g’isht choklarining bir-biriga twg’ri kelishiga ywl qwyiladi. (Bu sistema professor Onishik
tomonidan taklif qilingan). Bu tizimning kwp qatorli tizimdan farqi shundaki, bunda kwndalang qatorlar bwylama qatorlarga nisbatan uncha surilmaydi, binobarin chorakam bittalik g’ishtning keragi bwlmaydi. Uch qatorli tizim faqat ustun va ensiz wrta devorlarni terishda ishlatiladi (3.1-rasm, k). Qulf-kalit qilib bog’lash tizimi deganda g’isht (tosh)larni bir-biriga nisbatan malum tartibda terish tushuniladi. Qulf-kalit qilib bog’lash tizimi terimning qulf-kalit qoidalariga mos kelishi lozim. Devordagi vertikal, bwylama va kwndalang choklar wzaro qulf-kalit qilib bog’langan bwlishi lozim. Bwylama choklarni qulf-kalit qilishdan maqsad devorni uzunasi bwylab yupqa devor qatlamlariga ajralib ketishdan asrash h’amda yukni devor eni bwyicha bir tekisda taqsimlashdan iborat. Masalan, agar bir yarim g’isht qalinlikdagi devorga g’ishtlar faqat bwylamasiga terilsa, u h’olda devor wzaro bog’lanmagan, yarim g’isht qalinlikdagi uchta devorchadan tashkil topadi, yuk esa ular orasida bir tekis tarqalmaydi. G’ishtlarni kwndalang qulf-kalit qilish, yukni devorning qwshni uchastkalariga tarqatish, devor notekis chwkkanda va h’arorat deformatsiyalari h’osil bwlganda uning yaxlitligini taminlaydigan bwylama choklarni qulf-kalit qilish uchun zarur. Kwndalang choklar kwndalang va bwylama qatorlar bilan, bwylama choklar esa kwndalang qatorlar ёrdamida qulf-kalit qilinadi. Vatanimizda keng tarqalgan, g’isht devorni qulf-kalit qilishning asosiy tizimlari bir qatorli (zanjir), kwp qatorli va uch qatorli tizimlardir. Bir qatorli (zanjirsimon) qulf-kalit qilganda (3.2.-rasm, a) kwndalang va bwylama qatorlar almashinadi. Tutash qatorlardagi kwndalang choklar bir-biriga nisbatan chorak g’isht, vertikal bwylama choklar esa – yarim g’ishtga siljitiladi. Pastki qatordagi h’amma vertikal choklari ustki qator g’ishtlari bilan ёpiladi. Zanjirsimon qulf-kalit sistemasidan devorlarni tiklashda foydalaniladi. Agar devorning tashqi sirti pardozbop g’ishtlardan terilsa, zanjirsimon tizim loyih’ada maxsus kwrsatilgan h’oldagina qwllaniladi. Kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimida (3.2.-rasm, b) devorlar bir necha qatorgacha yarim g’isht qalinlikda (120 mm) bwylama qator bilan terilib, swngra kwndalang qator bilan qulf-kalit qilinadi. Bwylama qatorlarning maksimal balandligi terilaёtgan g’ishtning wlchamlariga bog’liq: qalinligi 65mm bwlgan oddiy g’ishtlarda h’ar olti qatorga bitta kwndalang qator; qalinligi 200mm gacha bwlgan twg’ri shaklli beton ёki tabiiy toshlarda h’ar uch qatorga bitta kwndalang qator; qalinligi 88 mm bwlgan qalin g’ishtlarda - h’ar twrt qatorga bitta kwndalang qator twg’ri keladi. Devor oddiy g’ishtlardan kwp qatorli qulf-kalit qilib terilsa, bwylama vertikal choklar h’ar beshta bwylama qatordan keyin kwndalang qator bilan qulf-kalitlanadi. Bunda kwndalang qator g’ishtlar aloh’ida qator tashkil etishi h’am, bwylama qatorlar bilan almashinib, boshqa qatorlarda terilishi h’am mumkin. Twrtta bwylama qatorning kwndalang vertikal choklari tutash qatordagi bwylama g’ishtlarni yarim g’isht wtkazib qulf-kalit qilinadi, beshinchi bwylama qator choklarini esa oltinchi kwndalang qator g’ishtlarini chorak g’isht siljitib qulf-kalit qilinadi. G’isht terishning bu usulini besh qatorli deb ataladi. Bazan qulf- kalit qilishni kuchaytirish maqsadida uchta bwylama qatordan keyin bitta kwndalang qator teriladi. Kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimida qulf-kalit qilishning uchinchi qoidasiga twliq amal qilinmaydi. Biroq besh qator balandligida bwylama choklarning qulf-kalit qilinmaganligi devorning mustah’kamligiga deyarli tasir etmaydi, aksincha issiq h’avo ywlida joylashgan choklarning termik qarshiligi katta bwlishi tufayli, devorning issiq-sovuqni wtkazmaslik xususiyatlari ortadi. İchki va tashqi qatorlarni (ichki va tashqi sirtga qaragan g’ishtlarni) terish eng sermeh’nat operatsiya h’isoblanadi. G’isht terishda meh’nat unumdorligi tashqi va oraliq qatorlardagi G’ishtlar nisbatiga, yani g’ishtlarni qulf-kalit qilish tizimiga bog’liq. Kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimida, masalan, qalinligi ikki g’isht bwlgan devorlarda, tashqi qatorlarga bir qatorli tizimdagiga nisbatan 1,3 marta kam g’isht qwyiladi. Bu esa g’isht teruvchining meh’natini ancha engillashtiradi, chunki kanop tortib, bwylama qatorni terish kwndalang qatorga nisbatan unumli: bunda qulf-kalit qilish oson, sinchiklab terishni talab qiladigan kwndalang choklar kam. G’ishtlarni zanjirsimon usulda terishda devorning burchak va ustunlariga kwp miqdorda chorakam bittalik g’ishtlar talab etiladi. Masalan, qalinligi 2 g’isht bwlgan devorning 1m balandligini zanjirsimon usulda terish uchun 14ta chorakam bittalik va 42ta choraktalik, kwp qatorli usulda – 4ta chorakam bittalik va 12ta choraktalik g’isht kerak bwladi. G’ishtni tegishli wlchamda sindirish ortiqcha meh’nat sarflashdan tashqari, anchagina g’ishtni isrof qilishga olib keladi. Kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimi devor tiklashda, shu jumladan tashqi sirti pardozbop g’ishtlar bilan qoplanadigan devorlarda asosiy usul sifatida tavsiya etiladi. Ustunlarni tiklashda bu usulni qwllash tavsiya etilmaydi, chunki choklar twliq qulf-kalit qilinmaganligi tufayli, ustun etarli mustah’kamlikka ega bwlmaydi. Eni 1m gacha bwlgan ustun va oraliq devorlarda qulf-kalitning uch qatorli tizimini qwllash lozim. Kovakli sopol g’isht devorlar bir qatorli qulf-kalit tizimida teriladi. G’isht terishda quyidagi umumiy qoidalarga amal qilinadi. Devorlar, deraza va eshik romlari oralig’idagi devorlar (oraliq devorlar) choki asosiy qulf-kalit qilish tizimi bwyicha kwp qatorli ёki bir qatorli tizimda teriladi. Bino ichida ustunlarni, eni 1m gacha bwlgan ensiz va devorlarni, pardozlash uchun mwljallangan devorlarni terishda choklarni qulf-kalit qilishning uch qatorli tizimi qwllaniladi. Choklarni qulf-kalit qilish tizimidan qatiy nazar, qurilaёtgan konstruktsiyalarning pastki (birinchi) va ustki oz (oxirgi) qatorida, devor va ustunlar raxi sath’ida, terimning chiqiq qatorlari (karnizlar, belbog’lar va h’okazo)da kwndalang qatorlar butun g’ishtlardan teriladi. Choklar kwp qatorli qulf-kalit qilinganda twsinlarning tayanch qismlari ostida, twsinlar, oraёpma plitalari, balkonlar konstruktsiyalari ostiga albatta kwndalang qatorlar terilishi kerak. Choklar bir qatorli (zanjirli qulf-kalit qilinganda) yig’ma konstruktsiyalar bwylama qatorlar ustiga qwyilishi mumkin. Yarimtalik g’ishtlar faqat ichki qatorlarga va uncha kuch tushmaydigan konstruktsiyalar (deraza ostlariga va h’okazo) terilishi mumkin. G’ishtli devordagi gorizontal va kwndalang vertikal choklar, shuningdek kashaklar, pardadevorlar va ustunlardagi barcha choklar (gorizontal, kwndalang va bwylama, vertikal choklar) qorishma bilan twldirilishi kerak. Bir qatorli qulf-kalit usulida terishda qalinligi toq sonli yarim g’ishtlar, masalan 1,5 (3.3-rasm, a) g’ishtli twg’ri devorlarni kwtarishda birinchi qatorning bir tashqi qatori g’ishtini kwndalangiga, ikkinchi qatori g’ishtini bwylamasiga qwyib terib ketiladi; juft sonli yarim g’ishtlar, masalan ikki g’ishtli devorlarni kwtarishda (3.3-rasm, b) birinchi qator butun devor eniga g’ishtni kwndalangiga qwyishdan boshlanadi, ikkinchi qator chetki g’ishtlar bwylamasiga, oraliq qator esa kwndalangiga qwyiladi. Qalin devorlarni terishda (3.3.-rasm, v) ikkinchi qator chetki kwndalang g’ishtlari ustiga bwylama g’ishtlar, bwylama g’ishtlar ustiga kwndalang g’ishtlar qwyib teriladi. Oraliq qator kwndalang qwyib teriladi. Vertikal qirralar (devorning vertikal tekislikdagi tekis ёqi)ni h’osil qilish uchun chorakam bittalik g’ishtlar qwyiladi. Yarim g’isht qalinligidagi devorni kwtarish uchun uning boshiga bir qatordan keyin yarimtaliklar qwyiladi. Bir g’ishtli devorning vertikal qirralarini terish uning boshida bwylama qatorga bwylama ywnalishda ikkita chorakam bittalik, kwndalang qatorga esa odatdagidek butun g’isht qwyiladi. (3.4-rasm, a)da qalinligi 1,5 g’ishtlik devorning vertikal qirralari tasvirlangan. Devor burchaklariga kwndalang qatorga kwndalang ywnalishda chorakam bittalik g’ishtlar, bwylama qatorga bwylama ywnalishda uchta chorakam bittalik g’isht qwyilgan (3.4.-rasm, b) da ikki g’ishtlik devorning (3.4-rasm, v)da 2,5 g’ishtlik devorning vertikal qirralarini terish kwrsatilgan. Devor burchaklarini terish eng murakkab ish bwlib, uni malakali g’isht teruvchilar bajaradilar. Twg’ri burchaklar ikki sxemada teriladi. Birinchi sxema bwyicha turish tartibi 3,4 rasm, a…g da kwrsatilgan. İkkinchi sxema bwyicha birinchi devorning twg’ri burchak tashkil qilinadigan birinchi kwndalang qatori ikkinchi devorning tashqi sirtidan boshlab teriladi va birinchi devorning birinchi qatorigacha etkaziladi. İkkinchi qator teskari tartibda teriladi, yani ikkinchi devorning ikkinchi qatorini terish birinchi devorning tashqi sirtidan boshlanadi. Natijada bir devorning bwylama qatori ikkinchi devorning yuza sirtiga kwndalang chiqadi. İkkinchi devorning yuza sirtigacha teriladigan devor bwylama qwyilgan chorakam bittalik g’isht bilan tugashi lozim; tashqi bwylama qatorga (chorakam bittalik g’ishtga) tashqi
kwndalang qator tutashtiriladi. Bu sxema bwyicha burchaklarga choraktalik g’isht ishlatilmaydi, balki chorakam bittalik g’isht ishlatiladi. Devorlar quyidagicha tutashtiriladi (3.5-rasm, a,b). Birinchi qatorda tutashuvchi devor qatori asosiy devor orqali uning yuza sirtigacha teriladi va kwndalang chorakam bittalik g’isht bilan tugatiladi (agar qulf-kalit qilish uchun choraktalik g’isht ishlatilgan bwlsa) (3.5-rasm, a ga qarang) ёki devorning kesishadigan joylaridagi terim bitta choraktalik g’isht bilan tugatiladi (3.5-rasm, b ga ıarang). İkkinchi qatorda asosiy devor bwylama g’ishtlariga tutashuvchi devor g’ishtlari tutashtiriladi. Devorlarning kesishadigan joylaridgi g’ishtlar almashib teriladi; birinchi qatorniki kwndalang, ikkinchi qatorniki esa bwylama teriladi (3.5-rasm, v). Devorlarni kwp qatorli qulf-kalit qilib terishda birinchi qator xuddi bir qatorli terishdagi kabi g’ishtlarni kwndalang qwyib teriladi. Qalinligi butun g’ishtga karrali devorni terishda (3.6-rasm, a, v), ikkinchi qatorda tashqi va ichki chetki qatorlarga g’isht bwylamasiga, oraliq g’ishtlar soniga karrali devorning birinchi qatori (3.6-rasm, b) g’ishtlarni fasad tomonga kwndalang qwyib, ichkari tomonga bwylamasiga qwyib teriladi. İkkinchi qatori, aksincha, fasad tomonga bwylama, ichkari tomonga kwndalang qwyib teriladi. Keyingi 3-6 qatorlar bwylamasiga qwyib, kwndalang choklarni choraktalik ёki yarim g’ishtli qulf-kalit qilib teriladi. Katta yuk tushmaydigan devorlarning (deraza osti, karkas devorlarning) oraliq qatoriga yarimtalik g’isht ishlatishga ywl qwyiladi. Devorlarning vertikal qirralarini h’osil qilish uchun dastlabki ikki qatorni birinchi va ikkinchi qator boshiga chorakam bittalik g’ishtlar ishlatiladi. Boshqa bwylama qatorlarda chalakam g’ishtlar butun g’ishtlar bilan galma-gal qwyiladi, bunda bwylama g’ishtlar bir- birini yarim g’isht ёpib turishi lozim. 3.6-rasm, a, v da qirrali joylarni qulf-kalit qilish kwrsatilgan. Kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimida twg’ri burchaklar chorakam bittalik va choraktalik g’ishtlar ishlatib h’osil qilinadi. Burchakni ikkita chorakam bittalik g’isht qwyishdan boshlash kerak, ularning h’ar biri tegishli tutashadigan devorning tashqi qatoriga bwylamasiga qwyiladi. Chorakam bittalik g’ishtlar bilan kwndalang qwyilgan g’ishtlar orasiga choraktalik g’ishtlar teriladi. İkkinchi qatorda chetki qatorlar bwylamasiga, oraliq qatorlar kwndalngiga qwyiladi. Navbatdagi bwylama qatorlar vertikal choklarni qulf-kalit qilib teriladi.
Ustunlar. Ustunlarni kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimida terishga ruxsat etilmaydi, chunki bu ustunlarning yaxlitligini va mustah’kamligini taminlamaydi. Chorakam bittalik g’isht ishlatib bir qatorli qulf-kalit qilish tizimi h’am ustunlarni terish uchun uncha qulay emas, chunki bu tizimida choraktalik g’isht kwp ishlatiladi. Shuning uchun ustunlar uch qatorli qulf-kalit qilish tizimida (agar uni pardozlash sharoiti ywl qwymasa) teriladi. Terim butun g’ishtdan yarimtalik g’ishtlar ishlatib bajariladi. Bunday tizimda tashqi uch qatordagi chok bwylamasiga twg’ri kelishiga ywl qwyiladi. Kwndalang qator h’ar uch bwylama qatordan keyin qwyiladi. Terim uchun chorakam g’ishtlar kwp talab qilinmaydi, masalan, kesimi 2x2 g’ishtli ustunlar butun g’isht ishlatib qulf-kalit qilinadi, kesimi 1,5x2,5 - g’isht bwlgan ustun uchun h’ar twrt qatordan keyin ikkita yarimtalik g’isht teriladi. Agar ustunlarga yupqa devorlar tutashadigan bwlsa, ularni ustundan chiqarilgan shtrablar ёki ustunlarga qwyib ketiladigan pwlat sterjenlar ёrdamida tutashtiriladi (3.7-rasm). Oraliq devorlar. Eni 1 m gacha bwlgan oraliq devorlarni terishda uch qatorli qulf-kalit qilish tizimi, eni 4 g’ishtdan ortiq devorlarni terishda esa kwp qatorli qulf-kalit qilish tizimi qwllaniladi. Uch qatorli qulf-kalit qilish tizimida oraliq devorlarda choraktaliklar h’osil qilishi uchun birinchi kwndalang qatorga choraktalik g’ishtlar, bwylama qatorlarga yarimtalik g’ishtlar ishlatiladi. Ustunlar va oraliq devorlarga boshqa konstruktsiyalarga qaraganda kwproq yuk tushgani uchun ularning orasini bwsh qilib terishga ruh’sat etilmaydi. Faqat vertikal choklarni
devor sirtidan 10mm ichkarisigacha chala twldirish mumkin. Eni 2,5 g’ishtli ustun oraliq devorlarni saralangan butun g’ishtlardan terish kerak.
G’ishtlarni terish usullarini qwllash mah’orati
G’ishtlarni terish usullari qorishmaning plastiklik darajasiga devor sirtining sifatiga qwyiladigan talablarga qarab tanlanadi va g’isht teruvchi ustaning ish unumiga tasir etadi. G’isht terish usullari twrtta bwlib, wz qwllanish soh’alariga egadir (3.1-rasm, g,d,e). 1. G’ishtlarni (qisib) terish usuli (3.1-rasm, g) qwllanilganda dag’al qorishmadan foydalaniladi, chunki bunda devor yuziga qaratilgan qatorlardagi choklar zich twldirilgan bwlishi lozim.
G’isht terish jaraёni quyidagi operatsiyalarni wz ichiga oladi: a) ёtqizilgan qorishmani kurakcha bilan tekislab, bir necha g’isht uchun twshama qatlam tayёrlanadi, bu qatlam devor chetidan 1 sm qochirib ёtqizilishi lozim; b) qorishma ёtqizilgan g’ishtning tik qirrasiga kurakchaning ёni bilan kurab twplanadi; v) g’isht qorishmaning ustiga chap qwlda ёtqizilib, ilgari ёtqizilgan g’ishtga taqaladi, kurakcha wng qwl bilan yuqoriga tortiladi; g) ёtqizilgan g’ishtni qwl bilan bosib ёki kurakchaning dastasi bilan sekin-sekin urib qorishma qatlamiga chwktiriladi; d) bir necha g’isht ёtqizilgach, choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakcha bilan sidirib olinadi. 2. G’ishtlarni surib terish usuli (3.1-rasm, e) – devor sirti qatorlaridagi choklarni chala twldirishga ywl qwyilgan h’ollarda (plastik qorishmada) qwllaniladi. G’isht terish jaraёni quyidagi operatsiyalarni wz ichiga oladi: a) qorishma qatlami devor chetiga 2-3sm etkazilmaydi; b) g’isht qiya ushlanadi, qorishma qatlami g’ishtning qirrasi bilan ilgari ёtqizilgan g’isht tomon suriladi; v) g’isht siljitiladi, swngra twg’rilanib, ilgari wrnatilgan g’ishtga taqab ёtqiziladi; g) g’ishtni qwl bilan bosib, zarur qalinlikda chok h’osil bwladigan darajada qorishmaga botiriladi (3.7-rasm). Devor g’ishtlari shu usulda terilganda usta kurakchadan foydalanmaydi, biroq bunday devorning sirtini suvab pardozlash talab qilinadi. Surish usulda g’isht terishni mashh’ur g’isht teruvchi F.İ.Maltsev ishlab chiqqan. Bu usulda qorishmani sidirib va tekislab wtirilmaydi. Shu tufayli g’isht teruvchini meh’nat unumi 20%-25% oshadi. Bu usulda g’isht terishda suyuq qorishma ishlatiladi. 3-usul gorizontal va vertikal choklarni twla h’olda bajarishda ishlatiladi. Bu usul qisish va surish usulining wrtachasi desa bwladi. 3. G’ishtlarni surib terib, ortiqcha qorishmani sidirib olish usuli (3.8-rasm) – bunda devor sirtidagi choklar twliq bwlishi talab qilinganligidan plastik qorishma ishlatiladi. G’ishtlarni bu usulda terish jaraёni quyidagi operatsiyalarni wz ichiga oladi: qorishma qatlami devor chetiga 1 sm etkazilmaydi; g’ishtni qiyalatib ushlab, uning qirrasi bilan qorishma qatlami ilgari ёtqizilgan g’isht tomon suriladi; g’isht siljitilib va twg’rilanib, ilgari wrnatilgan g’ishtga taqab ёtqiziladi; g’ishtni qwl bilan bosib ёki unga kurakchaning dastasi bilan engilgina urib, zarur qalinlikda chok h’osil bwladigan qilib qorishmaga chwktiriladi; choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakcha bilan sidirib olinadi. 4-usul yarim surish usuli asosan (zabutka)ni terishda ishlatiladi. G’ishtlarni surib terib, qisman ochiq choklar h’osil qilish usuli h’am bor. Bu usul twldirma qatorlar h’osil qilinadigan h’ollarda qwllaniladi. Avval qorishma tekis qatlam qilib ёtqiziladi, swngra g’ishtlar ikki qwllab teriladi, vertikal choklar twlishi uchun qorishma g’ishtning qirrasi bilan suriladi va g’isht devor yuziga qaragan sirtqi qator bilan bab-barobar qilib, qorishmaga bosib chwktiriladi. Choklarni pardozlash devor konstruktsiyasiga bog’liq. G’ishtin devorlarning keyinchalik suvaladigan sirtidagi choklar qisman twldirilmaydi. 1-1,5 sm chuqurlikdagi qismi ochiq qoldiriladi (3.9-rasm, a); bu suvoq qatlamining devor sirtida mah’kam ushlanishini taminlaydi. Suvalmaydign devor choklariga qorishma devor sirti bilan barobar qilib twldiriladi (3.9-rasm, b). Bino fasadining avval vertikal choklariga, swngra gorizontal choklariga pardoz beriladi (3.9-rasm, v,d). Chok pardozining turi loyih’ada kwrsatilgan bwladi. bino devorlari ёzda qurilganda odatda choklarga bwrtma shakl, qishda qurilganda esa botiq shakl beriladi. G’ishtli devorlar choklarining qalinligi meёrlanadi: gorizontal choklar uchun 12 mm, vertikal choklar uchun 10 mm bwladi.
G’isht teruvchi ustalar meh’natini tashkil etishni umumlashgan (tipovoy) sxemalari (3.10-rasm) mavjud. G’isht teruvchi ustaning ish wrni - g’isht teriladigan joy bilan devorbop ashёlarni wz ichiga oladigan joy. İsh wrnining kengligi 2,5 – 2,6 keladi; buning 0,6-0,7 metri – ish xududi (usta ishlaydigan joy); 1,0-1,6 metri ashёlar taxlanadigan joy; 0,3-0,9 metri – wtish joyi; devorbop ashёlar taxlanadigan joylar; Yaxlit devorlar oldiga (3.10--rasm, a) g’ishtlar sopol bloklar taxlangan taglik qorishmali yashiklar bilan navbatma-navbat joylashtiriladi; deraza va eshik wrni qoldiriladigan devor g’ishtlarni terishda (3.10-rasm, b) - g’ishtlar derazalar oralig’i twg’risiga taxlanadi, qorishma yashigi esa deraza wrni twg’risiga qwyiladi; G’isht terish va koshinlash ishlari bir ywla bajarilganda barcha ashёlar qatorlab qwyiladi, qatorda g’ishtlar bilan koshinlar va qorishma yashiklari navbatma-navbat joylashtirilishi lozim; engillashtirilgan devor g’ishtlarini terish vaqtida g’ishtlar bwshliqlarga twldiriladigan ashё solingan idishlar h’amda qorishma yashiklar navbatma-navbat joylashtiriladi; ustunlar g’ishtini terish vaqtida g’ishtlar ustaning chap tomonida va qorishma yashigi wng tomonida bwlishi lozim. Ashёlar taxlanadigan joyda qorishmali yashiklarning uzun tomoni devorga kwndalang qwyilishi kerak, shunda meh’nat ancha tejaladi. Meh’natni tashkil etish. G’isht teruvchi ustalardan zvenolar tuziladi, zvenolar brigadalarga birlashadi; zvenolar ikki, uch, twrt va besh kishidan iborat bwladi. İkki kishilik zveno 2-razryadli bitta ёrdamchi ishchi va 4 ёki 5-malaka darajali etakchi ustadan tashkil etiladi. Ularning h’ar ikkalasi tashqi va ichki qatorni terish uchun reja iplar tortadi. Ёrdamchi ishchi g’isht uzatadi, ularni taxlaydi va qorishma ёyadi; etakchi usta esa devorning tashqi chetki qatorini teradi. G’isht teruvchilar devorning ichki chetki qatorini terishda h’am tartibda ishlaydilar, lekin bunda teskari ywnalishda ishlaydilar. Bunda ёrdamchi ishchi oraliq qator g’ishtlarini ёtqizadi. Devorning derazalari orasidagi qismini quraёtganda ёrdamchi ishchi deraza oraliqlaridan biriga g’isht taxlaydi va qorishma ёtqiziladi, shu payt etakchi usta boshqa deraza oralig’ining g’ishtlarini teradi. Swngra ular joylarini almashadilar va ishni shu tarzda davom ettiradilar. İkki kishilik zveno kwp derazali, qalinligi 1,5 g’ishtdan oshmaydigan devor, ustunlar h’amda pardadevorlar g’ishtlarini terishadi. Uch kishilik zveno g’isht teruvchi uchta ustadan tuziladi: ulardan biri 4-5 razryadli etakchi usta va qolganlari 2-3 razryadli ёrdamchi ustalardir. Etakchi usta chetki qatorlarni teradi va terimning twg’riligini tekshirib boradi. U devor ustiga g’isht qwyib, qorishma ёyib boradigan ёrdamchi usta ketidan g’isht ёtqizib boradi. Bu vaqtda ikkinchi ёrdamchi usta oraliq qator g’ishtlarini teradi.
İchki va chetki qatori bir xil tartibda, lekin bir-biriga qarama-qarshi ywnalishda teriladi. Reja ishlarni boshqa joyga kwchirishda ёrdamchi ustalardan biri etakchi ustaga ёrdamlashadi. Uch kishilik zvenoga qalinligi 2 va 2,5 g’isht keladigan devorlarni qurish topshiriladi. Uch kishi bwlib ishlaganda meh’nat unumdorligi 2 kishi bwlib ishlagandagiga nisbatan 30% ortadi. Twrt kishilik zveno 4 va 3 – razryadli ikki usta va 2-malaka darajali ikki ёrdamchi ishchidan tuziladi. Zveno azolari orasida vazifalar quyidagicha taqsimlanadi: 4-malaka darajali usta tashqi chetki qatorni teradi, 2-malaka darajali ёrdamchi ustalardan biri unga kwmaklashadi, yani devor ustiga g’isht qwyadi va qorishma ёyadi; 3- razryadli usta ichki chetki qatorni teradi, unga ikkinchi ёrdamchi usta ёrdamlashadi (g’isht olib boradi va qorishma ёyadi). Zvenoning ish surati tashqi chetki qatorni teraёtgan ustaning chaqqonligiga bog’liq. Twrt kishilik zveno qalinligi ikki g’ishtdan kam bwlmagan devorlarni qurish bilan birga, ayni paytda ularning sirtini koshinlaydi. Besh kishilik zveno 4 va 3 razryadli g’isht teuvchi usta h’amda 2 razryadli uchta ёrdamchi ishchidan tuziladi. Zveno meh’nati quyidagicha tashkil etiladi: 4-razryadli usta bilan bitta ёrdamchi ishchi devorning tashqi chetki qatorini teradi; 3-razryadli usta bilan ikkinchi ёrdamchi ishchi ulardan 2-3m nariroqda devorning ichki chetki qatorini teradi; oraliq qatorni twldirib boruvchi uchinchi ёrdamchi ishchi ishni nih’oyasiga etkazadi, yani «zanjirni ulaydi». Qalinligi ikki g’ishtdan ortiq bwlgan devorning yaxlit qismini besh kishi bwlib qurgan maqul. Devordagi derazalar wrni g’ishtlarini terishda zveno ikki va uch kishidan iborat ikki qismga bwlinib ishlaydi. G’isht teruvchilarning meh’nat unumdorligi zveno ichida meh’natning tashkil etilishiga va zveno azolari soniga bog’liq (zveno azolari soni quriladigan devorning qalinligiga h’amda terish konstruktsiyasiga bog’liq). Qamrov va bwlinma twg’risida tushunchalar. Bwlinma deganda, g’isht teruvchilar zvenosining bir smena davomida ishlashi uchun ajratilgan terim uchastkasi tushuniladi. İsh fronti – brigada ёki zvenoning wziga tegishli mexanizmlar va moslamalardan foydalanib ish bajaradigan joyi. Qamrov deganda, binoning brigada ёki zveno azolari bir smena davomida ishlaydigan qismi tushuniladi. Rejadagi kwrinishi murakkab bwlgan binolarni qurishda kwndalang qamrovli terim usulidan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda ikki kishilik h’ar bir zveno binoning h’amma qavatlarida bir xildagi bwlinma (binoning bir xil kwndalang wqlari orasida joylashgan uchastka) biriktiriladi; bu esa g’isht teruvchilarga meh’nat unumdorligini oshirish va ish sifatini yaxshilash imkonini beradi. G’isht terishning uzluksiz-doiraviy usuli rejadagi kwrinishi oddiy bwlgan binolarni qurishda yaxshi natija beradi. Bunda ikki kishilik va uch kishilik zvenolar qamrov doirasida tutash h’alqa bwyicha bir-biri ketidan g’isht terib boraveradilar. İkki kishilik zveno tashqi chetki qatorni, uch kishilik zveno esa ichki chetki qator bilan oraliq qator qishtlarini teradi. Zvenolar perimetr bwyicha surilib, ichki devorlarni va zina sah’nlari devorlarini qurishadi. Shunday qilib, devorning zvenolarga biriktirilgan qismlari bir xil balandlikda kwtariladi. Zveno boshlig’i (4 ёki 5–razryadli g’isht teruvchi usta) ish suratini boshlab boradi, zvenoning boshqa azolari unga bwysunadi. «Besh kishilik» zveno g’ishtin devorni quyidagi texnologik tartibda teradi (3.11-rasm). 4-5 razryadli g’isht teruvchi 2-razryadli birinchi g’isht teruvchi bilan birga tashqi qatorni terish uchun reja ip tortadi, oldin terilgan qatorning twg’riligini tekshiradi, swngra tashqi qatorni teradi. Ulardan 2-3m narida 2-razryadli ikkinchi g’isht teruvchi va 3-razryadli g’isht teruvchilar ishlaydi: ular ichki qatorni teradi, ularning orqasidan 2-3m narida 2-razryadli uchinchi g’isht teruvchi oraliq qatorni teradi. 2-razryadli birinchi va ikkinchi g’isht teruvchilar h’am etakchi g’isht teruvchilarning kwrsatmasi bwyicha oraliqdagi g’ishtlarni qwyib ketaveradi. Agar lozim bwlsa, 2-razryadli uchinchi g’isht teruvchi 2-razryadli ikkita g’isht teruvchiga ashёlarni tayёrlashda ёrdamlashadi. «Besh kishilik» zveno tarzidan ishlashda «ikki kishilik» zveno tarzidagi ishlashga qaraganda kamroq yuqori malakali g’isht teruvchilar talab qilinadi. Bundan tashqari, kwpchilik qurilish tashkilotlarining tajribasi shuni kwrsatadiki, «besh yillik» zveno usulida ishlaganda «ikki kishilik» zveno usulida ishlagandagiga qaraganda meh’nat unumdorligi taxminan 15-20% ortadi va ishchilar soni shunga yarasha kamayadi. Zveno tarkibiga qarab, g’isht teruvchilardan tegishli asbob-uskunalar twplami bwlishi kerak (3.1-jadval). Zvenolar ishning aytib wtilgan tartibi zveno tarkibida tegishlicha g’isht teruvchilar bwlganda ishchilar meh’natini tashkil qilishning printsipial sxemasidan iborat. Amaliy ishlab chiqarish sharoitiga va kwtariladigan terim xarakteriga qarab bu sxema wzgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda asosiy g’isht-tosh ishlari bwyicha ishlarni bajarishning eng samarali usullari wrganilgan va meh’nat jaraёni xaritalari ishlab chiqilgan. G’isht teruvchining asbob-uskunalari. 3.1-jadval Z v e n o
Q u r o l l a r İkki kishilik Uch kishilik Twrt kishilik Besh
kishilik Olti kishilik Kelma, dona 2 2 2 3 3 Qorishma bolg’achasi 1 2 2 3 3 Bolg’acha-tesha, dona 2 2 2 3 3 400 va 600 g li shovunlar kompl.
1 1 2 2 2 Vaterpas, dona 1 1 1 2 2 Chok tekislagich, dona 1 1 2 2 2 Buklama metr,
dona 1 1 2 2 2 Rejachwp, dona
1 1 2 2 2 Ёg’och
gwniya, dona
1 1 1 2 2 3 mm li eshilgan reja ip, m 30 45
50 50
50 G’isht terishda ishlatiladigan moslama va asboblar (3.12-rasm) G’isht terish jarёni bir necha ish operatsiyalaridan iborat va quyidagicha bajariladi: a) qorishmani ёtqizish; b) g’ishtlarni qorishma qatlamiga qwyish; v) terilgan qatorlarning gorizontalligini va vertikalligini tekshirish; g) suvalmaydigan fasadlarda gorizontal va vertikal choklarni pardozlash; Har bir operatsiyaga mukammal asbob inventar va moslamalardan foydalanish g’isht teruvchilarning ish unumini ancha oshiradi. Asosan quyidagilar ishlatiladi: Kelma (maxsus kurakcha) qorishmani ёyish, choklarni twldirishda va ortiqcha qorishmani sidirib olishda ishlatiladi. Qorishma kuragi qorishmani yashikda aralashtirib, devor ustiga solishda ishlatiladi. Pardozlagich choklarga h’ar xil shakl berishda ishlatiladi. Bolg’acha g’ishtni sindirish va tekislash uchun ishlatiladi. Shovun (otves) devorning vertikalligini tekshirish uchun ishlatiladi. Uroven (shayton) – devorni gorizontalligini tekshiradi. Rejachwp (poryadovka) – devor g’ishtlari va ular orasidagi choklar wlchamlarining buzilmasligini tekshirish uchun 3-3,5 m uzunlikdagi ёg’och ёki metall reyka. Metall rejachwp pwlat burchaklikdan ishlanadi. Rejachwpda h’ar 77 mm da belgi qwyilgan. Rejachwp vertikal h’olda devor burchaklariga ёki wrtalariga qwyilishi mumkin. Rejachwp ip (prichalka) – ywg’onligi 3 mm bwladi. G’isht qatorini twg’ri va gorizontal bwlishiga ёrdam beradi. Reja ip ushlagich (skoba)ga mah’kamlanadi.
3.5. Swri va h’avozalar qwllash mah’orati
Kwtarilaёtgan devor balandligi bir yarus (1,2 m) bwlgach, g’isht teruvchi ustaning ish wrni h’am balandroq kwtarilishi, lekin terilgan ikki qatordan pastroqda bwlishi lozim. Shu maqsadda swri ёki h’avoza deb ataladigan muvaqqat qurilmalardan foydalaniladi (3.12-rasm). Swri oraёpmaga wrnatiladi va binoning bir qavati balandligida g’isht terishga mwljallangan bwladi; Havozalar tekislangan erga ёtqizilgan tagliklarga tayanib turadi va binoning h’amma qavatlari g’ishtini terish maqsadida foydalaniladi. Swri va h’avozalar wrnatish, ularni qismlarga ajratish va tashish uchun qulay bwlishi, xavfsizlik texnikasi talablarini qondirishi va kwp marta foydalanishga yaraydigan, yani inventar bwlishi lozim. G’ishtlar paketi va qorishma solingan yashiklar swrilar ustida va h’avozalar twshamasida ish wrnini tashkil etish tipoviy sxemalariga muvofiq ravishda joylashtiriladi. Swri va h’avozalarning ustalar joylashib oladigan twshamasiga usta bilan asbobning jami massasiga, yani twplangan 1300 N yukga h’amda teriladigan ashёlardan tushadigan – bir tekisda taqsimlanadigan 2500 N /m 2
Kwp qavatli bino devorlari g’ishtini terishda quyidagi swrilardan foydalaniladi: sharnir-panelli swrilar – uch burchakli metall tayanchlarga sharnirli biriktirilgan taxta twshamadan iborat. Uchinchi yarus g’ishtlarni terish uchun swri kran ёrdamida balandroq kwtariladi, shunda swrining tayanchlari tik h’olatni egallaydi; wzi wrnashadigan paketli swri – tayanch tumbalarga sharnirli biriktirilgan taxta twshamadan iborat, tik h’olatni egallaydi; kwchma swri-maydonchalar – metall tayanch tumba, taxta twshama va twsiqlardan iborat. Tashqi devorlar, zina sah’nlari peshayvon g’ishtlarini terishda h’amda kichikroq xonalarda ishlaganda foydalaniladi; taxta supalar g’isht terish uchun qulay balandlikda turib ishlashga mwljallangan; gidravlik yuritmali elkali swri – maydonchasi tashqi richaglarga tayanib turadi va atrofi twsilgan bwladi. Bunday swrilar gidravlik yuritma ёrdamida 3,5 m gacha balandlikka uzluksiz ravishda kwtarilaveradi; swri maydoncha – ustiga taxtalar twshalgan pwlat rama va twsiqlardan iborat; zina sah’nining tashqi devorini tiklash vaqtida ishlatiladi. Swri va h’avozalarning texnik tarifi 3.2-jadvalda berilgan. G’isht terish va koshinlash ishlarini bajarishda h’avozalarning quyidagi xillaridan foydalaniladi: trubali boltsiz h’avoza – ustun va xarilardan iborat fazoviy sinch kwrinishida. Ustunlar tagliklarga ёtqizilgan boshmoqlarga mah’kamlanadi. Ularning wzaro bog’lovchi xarilarning uchlarida ilmoqlari bor; mazkur ilmoqlar ustunlarning maxsus teshiklariga kirib turadi. Taxta twshamalar xarilar ustiga ёtqiziladi va atrofi panjara-twsiq bilan qurshaladi. Terilaёtgan g’ishtning balandligi orta borgan sari h’avozalarning ustunlari uzaytirilib, xarilar ёrdamida wzaro bog’lanadi, twshama balandroqqa kwtariladi. Diagonal tortqilar (burchaklarda uzunlik bwyicha 25-30 m oralatib biriktirilgan) devor g’ishtlari orasida qwyib qoldirilgan ankerlar bilan birga h’avozalarning turg’unligini taminlaydi. Havozalarning tuzilishi balandligi 40 m gacha bwlgan devorlar qurishga mwljallangan; belbog’ ёrdamida biriktirilgan h’avozalar belbog’lar ёrdamida wzaro biriktirilgan ustun va xarilardan tashkil topgan. Havozalarning tuzilishi ustunlar qadamini wzgartirishga imkon beradi. Rejadagi shakli murakkab bwlgan binolarni qurishda ёki nishab maydonchaga imorat solishda bu juda katta qulaylik tug’diradi. G’isht terish vaqtida foydalaniladigan swrilarning texnikaviy tarifi 3.2-jadval Nomi İshlatish soh’asi Balandligi, m Twshama-
1m 2 ga ywl İkkinchi yarusni
qurish uchun
Uchinchi yarusni
qurish uchun
ning keng- ligi, m
qwyiladi-gan yuk, N
Sharnir-panelli swri
Kwp qavatli bino-larda devor, ustun va derazalar ora-lig’i g’ishtlarini terish uchun
1,1
2,05
2,5
Wzi wrnashadigan paketli swri
1,0
1,95 2,5
4000
Uzluksiz kw- tariladigan pishangli swri
0,66
4,5 2,6
Kwchma kursi swri Tor joyda ishlash uchun 1 -
3000 Taxta may-doncha swri Zina sah’nining tashqi devorini qurish uchun
- -
15
3000 Taxta supa-swri G’isht teruvchi us-taning eng qulay (balandlikda) jo- yida ishlashi uchun
0,5
0,5
-
1000
3.6. Manzarali g’isht terish mah’orati Devorning fasadida g’ishtlardan aniq geometrik shakllar h’osil qilish g’ishtlarni manzarali terish deb ataladi. Rang-barang g’ishtlar ishlatilib, ulardan turli shakllar ёki bwrtma naqshlar h’osil qilinsa, devor juda chiroyli chiqadi. G’ishtlarni manzarali terish texnologiyasi odatdagi g’isht terish texno-logiyasidan farq qilmaydi. Bu erda choklarning bog’lanishi, qatorlarning wzaro twg’ri navbatlashishi va devorning tikligiga katta etibor berilishi bilan birga, ostki qatorni twg’ri terish h’amda choklarning gorizontalligi, vertikalligi va bir xil chiqishi h’am juda muh’im. Devorning fasad sirtini h’osil qiladigan qatorlarga ёtqiziladigan g’ishtlarning qirralari tekis va sirti toza bwlishi lozim. Devor sirtiga qaratilgan qatordagi uch choraklik g’ishtning sindirilgan qirralari ishqalab tekislanadi. Devorning sirtqi qatorlarida choklar kwp qatorli sistemada, ichki qatorlarda esa bir qatorli tizimda bog’lanadi. G’ishtlarni manzarali qilib terishda ularning qatorlarda joylanishi 3.13-rasmda kwrsatilgan. tashqi choklarning profili va g’ishtlarni manzarali terish variantlari 3.14-rasmda tasvirlangan. Devorning arxitektura jih’atidan kwrkamligi choklar enining bir xilligiga va ularning rang-barang qorishmalar bilan pardozlanish xarakteriga bog’liq; masalan, silikat g’ishtdan terilgan devorning tashqi tomonidagi choklar qwshimcha ashё (qoliplash qumi, marganets peroksidi va boshqalar) aralashtirilgan twq rang qorishma bilan pardozlanadi. G’ishtlarni manzarali qilib terish uchun g’isht teruvchi usta yuqori malakali bwlishi lozim. Manzarali terimda meh’nat sarfi g’ishtlar odatdagicha terilgandagiga nisbatan 6-9% ortadi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling