ҚƏнигелик шеберлик


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana03.08.2017
Hajmi0.62 Mb.
#12653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ustunlarni montaj qilish. Ustunni kran bilan kwtarish oldidan: 

u kwzdan kechirilib, qwyma detallari ёpishgan beton qoldiqlari, loy va muzdan 

tozalanadi; 

geometrik wlchamlari tekshiriladi h’amda pastki chetdan kranosti twsini  tokchasining 

tepa qismigacha bwlgan masofa wlchanadi; 

ustun qirralariga va kallagiga wq chiziqlar chiziladi; 

kwtarilaёtgan konstruktsiya narvonlar, tortqi va h’okazolar bilan taminlanadi; 

poydevorlarning chuqurchalari loy, suv va qordan tozalanadi. 


Stakanlar tubi ustunni wrnatishdan 3- 4 soat oldin quyuq beton ёki tsement qorishma 

ёtqizib tekislanadi, shuningdek chuqurchalar tubiga h’am metall ёki beton plastinalardan 

iborat paketlar ёtqizilib, loyih’alangan belgigacha tekislanadi. 

Ustun quyidagicha mah’kamlanadi: 

kran kabinasidan boshqariladigan qamragich bilan; ustunning teshiklaridan wtkaziladigan 

qoziqchali yarim avtomatik qamragich bilan; 

universal qamragich bilan; «bwg’gich» deb ataladigan h’alqali yarim -  avtomatik ilmoq 

bilan; 


faqat bir joydan bog’lab kwtarganda egilish eh’timoli bwlgan ustun (konstruktsiya) rolikli 

traversa ёrdamida ikki ёki kwproq joyidan bog’lab kwtariladi. 

Gorizontal h’olatdagi ustunni vertikal h’olatga kwtarish usullari: 

burish usuli - bunda kran ustunni uning asosi atrofida burib, wzi ustun kallagidan 

poydevor tomon suriladi; 

siljitish usuli - bunda ustunning yuqorigi uchi kwtarilib, pastki uchi siljitiladi; 

ustun va strelani burish usuli. 

Kwtariladigan ustun massasiga va kranning turiga qarab, shu usullardan birontasi 

qwllaniladi. 

Ustun wrnatiladigan joyiga tik h’olatda uzatiladi. Ustunni wrnatish paytida wq chiziqlar 

bilan poydevorlardagi chiziqchalarnig bir - biriga twg’ri kelishiga etibor berish kerak. 

Ustunning vertikalligi teodolit ёki shovun ёrdamida, tayanch yuzalar belgilari esa nivelir 

bilan tekshiriladi. 

Ustunlar poydevor stakanlarida vaqtincha quyidagi vositalar bilan mah’kamlab qwyiladi; 

konduktor bilan; 

temir - beton, pwlat (payvandlab tayёrlangan) ёki ёg’och ponalar bilan; 

ustun qirralarining eni 400 mm dan ziёd bwlmasa -bittadan, qirralar bundan enliroq 

bwlsa-kamida ikkitadan pona bilan; 

pona - qwyilmalar bilan ; 

egiluvchan tortqilar bilan; 

ustun 12 metrdan uzun bwlsa, elastik tortqi bilan. 

Ustunlarni joyiga wrnatish bilan bir vaqtda pwlat kashaklar, tortqilar (doimiy ёki 

muvaqqat bwlishidan qatiy nazar) h’am wrnatiladi. 

Ustun tekshirilgach, tirqishlar beton qorishma bilan berkitiladi. Beton qotib 

mustah’kamligi 70% ga etgach, muvaqqat tortqilar olib tashlanadi va navbatdagi ish boshlab 

yuboriladi. 

Rom - sharnirli indikator tekshirish ishlarini tezlatadi va montaj ishlarining aniqligini 

oshiradi. 



Kranosti twsinlarini montaj qilish. Wrnatilgan ustunlar tekshirilib, tirqishlar 

berkitilgandan keyin kranosti twsinlar wrnatiladi. 

6 m dan uzun twsinlar-ikki tarmoqli ilmoq bilan montaj h’alqalaridan kwtariladi. 12 

metrli oraliqqa mwljallangan juda uzun twsinlar esa ikki tarmoqli stropli traversa - 

yarimavtomatik qulfli h’alqa (bwg’gich) ёrdamida kwtariladi. 

Twsinlar dastlab faqat 0,2- 0,3 m balandlikda kwtariladi, ilmoqning pishiqligi, 

ishonchliligi tekshiriladi, swngra twsin zarur balandlikkacha kwtariladi. İkkita montajchi sim 

tortqilardan foydalanib, kran uzataёtgan konstruktsiyaning vaziyatini tegishlicha 

twg’rilaydilar. 


Ustunlarning tokchalari tepasiga kwtarilgan twsinni montaj narvonlarida turgan 

montajchilar qabul qilib joyiga wrnatadilar. 

Kranosti twsinining vertikalligi tekshirilgach, twsin vaqtincha mah’kamlab qwyiladi. 

Twsin teodolit va nivelir bilan tekshirilgandan keyingina tirqishlar berkitiladi. 

Konstruktsiyalarning birikish joylari payvandlab uzil-kesil ulanadi. Relslar ёtqizish uchun 

wrnatilgan twsinlar h’arorat bloki uzunligi bwyicha ёki oraliqlar bwyicha qismlarga bwlib 

topshiriladi. 

Stropilaosti twsinlari va fermalarni wrnatish. Konstruktsiyani kwtarishdan oldin uning 

quyma detallari mavjudligi h’amda wq chiziqlar chizilganligi aniqlanadi, tortqilar va eh’tiёt 

arqonlar bog’lanadi, montaj kajavasi stropila fermasining mah’kamlash birikmasida osiladi. 

Stropilaosti fermalari va twsinlar yarim avtomatik qulfli traversa ёrdamida kwtariladi. 

Konstruktsiyalar avval erdan salgina kwtarilib, traversaga puxta mah’kamlanganligi 

tekshiriladi, swngra zarur balandlikka kwtariladi, egallangan vaziyati sim tortqilar ёrdamida 

twg’rilanib, swngra joyiga wrnatiladi. Ustunlarning kallaklari tepasiga 0,6 m balandlikda 

kwtarilgan elementlarni suyab qwyilgan narvonlarda turgan montajchilar qabul qilinadi. 

Stropila twsinlari va fermalarini montaj qilish. Koistruktsiyalar yarim avtomatik va ёki 

avtomatik qamragichli traversa ёrdamida kwtariladi. Bunda ularni erdan salgina kwtarib, 

traversaga puxta mah’kamlanganligini tekshirish, shundan keyingina zarur balandlikda 

kwtarish kerak, bunga ikki priёmda kwtarish deyiladi; keyinchalik sim tortqilardan 

foydalanib, konstruktsiyaning egallagan vaziyati twg’rilanadi. 

Konstruktsiyalarni wrnatishda chiziqchalar bir-biriga twg’ri keltirilishi shart. Tayanch 

birikmaning ostki tomonidagi markazlovchi pwlat taxtacha oshiq-moshiq vazifasini wtaydi va 

reaktiv kuchlar paydo bwlishining oldini oladi. 

Dastlabki ikki ferma tortqilar bilan vaqtincha maxkamlab qwyiladi; tortqilarning bir uchi 

tepada yuqorigi belboqqa, pastda esa yakorga bog’lanadi. Navbatdagi fermalar plitalarni 

ёtqizishdan oldin qayta qwllanuvchi konduktor-tirgaklar ёki tom konduktorlari - tirgaklari 

bilan vaqtincha mah’kamlanadi. 



Ёpma plitalarni montaj qilish. Pastda joylashgan konstruktsiyalarning h’ammasi 

tekshirilib, uzil-kesil mah’kamlangach, ёpma plitalari ёtqiziladi. 1,5x6 m kattalikdagi plitalar 

twrt tarmoqli ilmoq ёrdamida (montaj h’alqalaridan ilib) uch donadan kwtariladi. Kattaligi 

3x6 va 3x12 m li plitalar traversa ёrdamida kwtariladi. 

Plitalar twsinlar va fermalarning yuqorigi belbog’iga quyidagi tartibda ёtqiziladi: 

metall fermalar va fonarlarga-tom wrkachidan oraliq chetlariga tomon simmetrik xolda 

ёtqiziladi; 

temir -beton twsinlar va fermalarga (fonarlar bwlmasa)-tom ёpmasining bir chetidan 

ikkinchi chetiga qaratib, fonarlar bwlgan h’ollarda esa ёpmaning chetidan fonarga qaratib 

ёtqiziladi. 

Birinchi plitani ёtqizaёtganda bir montajchi tomning konstruktsiyalar wrnatilgan qismida, 

ikkinchi montajchi esa fermaga yaqinroq joyga suyab qwyilgan narvonda turadi. Plita 

wrnatilgach, tom ёpmasining navbatdagi elementlari shu plitadan boshlab ёtqiziladi, 

muvaqqat tortqilar va kajava olib tashlanadi. 

Plitani ёtqizaёtganda uning va fermaning quyma detallari jips joylashishiga h’amda plita 

uchlarining puxta tayanishiga etibor berish kerak. Birinchi plita twrt joyidan, qolganlari uch 

joyidan uzil-kesil payvandlanadi. 


Sinch qurilib bwlgach, tashqi devorlar panellari montaj qilinadi. Dastlab tsokol panellari 

wrnatilib twg’riligi teodolit va nivelir ёrdamida tekshiriladi. Swngra binoning butun 

balandligi bwyicha qamrov doirasida boshqa panellar wrnatiladi. 

Panellar montaj h’alqalaridan kwtariladi. Panellarni wrnatishdan oldin gorizontal 

choklarga elastik qistirma ёki qorishma ёtqiziladi, bunda devorlar sirtiga qorishma oqib 

tushishiga ywl qwymaslik kerak 

Panellar bino devorlarining tashqi ёn qirralari bwyicha shovun h’amda vaterpas ёrdamida 

tekshiriladi. Bunda ponalar ishlatmaslik lozim. 

Panellar tekshirilib, sinch ustunlariga uzil-kesil biriktirilgach, montaj xalqalaridan 

ilmoqlar chiqarib olinadi. Vertikal choklar montaj jaraёnida berkitiladi. 

Devor panellarini wrnatish vaqtida kwtarib-tushiriladigan 

kajavalardan, wziyurar kran minorasi montaj maydonchalaridan foydalaniladi. 



Konstruktsiyalarni payvandlash 

Hozirgi vaqtda armaturani payvandlash asosiy ishlab chiqarish jaraёnidir. Payvandlash deb, 

metalning ajralmaydigan birikmasini h’osil qilish jaraёniga aytiladi. Armaturani payvandlash 

metall unsurlarining tutashtirish joyini yumshatish darajasigacha qizitish va undan keyin 

kontakt  usulda payvandlash ёki eritish, elektr ёy bilan payvandlash va uning turlari ywli bilan 

bajariladi. 

                   Kontakt usulda payvandlash. 

Bu usulda payvandlashning ikki turi bor. 

1.  Uchma–uch ulab payvandlash; 

2.  Nuqtali payvandlash. 

Kontakt usulda payvandlash statsionar sharoitlarda bajariladi. Kontakt usulda uchma-

uch payvandlash jaraёnining moh’iyati shundan iboratki, bundan elektr toki payvandlanuvchi 

simlarga ulanadi. Swngra simlar bir-biriga ulanadi, natijada berk elektr zanjiri h’osil bwladi. 

Bunda ulanadigan joyda issiqlik ajralib chiqadi va simlar uchi qisman suyuq h’olatga keladi. 

Shundan keyin simlarni bir-biri  tomon kuch bilan siqiladi va tok uziladi. Natijada simlar 

payvandlanadi. 

Kontakt usulda nuqtali payvandlash twr va sinchlarda armatura simlarini bir-biriga 

kesishtirib tutashtirganda  qwllaniladi. Tok kesishish joyiga beriladi va bu joydan jadal  

suratda issiqlik ajralib chiqadi. Elektrodlarning siqish kuchi ostida simlar payvandlanadi. 

Nuqtalab payvandlash mashinalari bir necha xil bwladi. Bir vaqtda payvandlanadigan 

nuqtalarga qarab bir nuqtali va kwp nuqtali payvandlash mashinalariga bwlinadi. 

Konstruktsiyaning quyma detallarini eritib payvandlash 

Armaturani tayёrlash va montaj qilishda eritib payvandlash qwllaniladi. Bunday 

payvandlash quyidagi uchta asosiy turga bwlinadi: 

1.  Ёy chokli ;  

2.  Ёy vannali 

3.  Elektr shlakli payvandlash. 

1. Elektr ёy bilan chokli payvandlashda turli usullar, yani simlarni tutashtirish, ustma-

ust qwyish va ustqwyma bilan payvandlash qwllaniladi. 

2.  Ёy vannali payvandlashda armaturaning uchma-uch tutashmalarni kwndalang 

yuzlari orasidagi bwshliq erigan metall vannasini h’osil qilib asta-sekin eritiladi. Bu usuldan 

armatura tsexlarida va poligonlarda foydalaniladi. 

3. Elektr shlak vositasida payvandlash diametri 20 dan 80 mm gacha bwlgan 

simlardan yasaladigan armaturalarni tutashtirishda qwllaniladi. Bu usul armaturani uchma-

uch eritib payvandlash usullaridan eng tez bajariladigani va tejamlisidir. 

Uchma–uch  ulanadigan simlar mis qolipga joylashtiriladi. Bu qolipga flyus nomli 

sochiluvchan ashё twlatiladi. 

Tok ulangach boshlang’ich daqiqada elektrod va mis qolip orasida ёy h’osil bwlib, flyusni 

eritadi. Erigan flyus ёy oralig’iga kirib, uni wchiradi. Bundan keyin jaraёn ёysiz h’isoblanadi. 



Chunki jaraёnning davomi tokning elektrod erigan flyus orasidagi wtishida ajralib chiqadigan 

issiqlik h’isobiga bwlinadi. 

Qurilishdagi armatura ishlari quyidagi operatsiyalardan iborat. 

a) armatura, armatura unsurlarini tayёrlash; 

b) armaturani qurilish obektiga tashib keltirish, uni navlarga ajratish va taxlash; 

v) armatura sinchlari, turlari va simlarini wrnatish /montaj qilish/; 

g) armatura unsurlarini payvandlab biriktirish. 

Bazan, avval armatura montaj qilinib, swng qolip wrnatiladi. Ustunlar poydevori, 

ustun, plitalar, devorlar, twsin armaturasini wrna-tish texnologiyasini bilish kerak. 

Zilzilali xududlarda armatura-payvandlash ishlarini bajarishda payvandlashning 

malum usullari qwllaniladi. Elektrodlarning Sv-10G2 ёki Sv-10GA turlari flyus ostida yarim 

avtomatik vannali payvandlash usulida bajarilgan armatura konstruktsiyalari zilzila kuchiga 

yaxshi bar-dosh beradi. 

 

9-Maruza: Montaj ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilishni wrganish 

Tayanch iboralar: erga ulash, transformator, h’imoya niqobi, elektrod. 

Maruza rejasi: 

     1. Umumiy talablar. 



     2. Montaj ishlarini xavfsiz bajarish usullari 

     3. Elektr bilan payvandlash jih’ozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari  



Maruza mazmuni: 

   Umumiy  talablar.  Qurilish tashkilotiga ishga kirgan shaxslarning h’ammasiga, ularning 

kasbi, ish staji va bajaradigan ishidan qati nazar, xavfsiz ishlash yuzasidan kirish 

ywriqnomasi wtkaziladi. 

    Montajchilarga  shaxsiy  h’imoya  vositalari:  eh’tiёt belbog’i, kaska, h’imoya kwzoynagi, 

kiyim-kechak va boshqalar qurilish tashkiloti tomonidan beriladi.  

    18 ёshdan oshgan, maxsus wrgatilgan va imtixon topshirgan shaxslargina montaj ishlarini 

bajarishi mumkin. Montajchilar balandda ishlaganlarida eh’tiёt kamari va kaskadan 

foydalanishlari lozim.  

     Uzun  va  og’ir  konstruktsiyalarni  wrnatiladigan joyiga siltamasdan, chayqaltirmasdan 

ravon kwtarish va tortib turuvchi kanatlardan foydalanish zarur. Yig’ma konstruktsiyalarni 

joydan-joyga kwchirish paytida montajchilar konstruktsiya uzatilaёtgan tomonga qarama-

qarshi tarafda turishlari kerak.  

    Wrnatilgan  konstruktsiyalar  puxta  mah’kamlab qwyilgandan keyingina uning montaj 

h’alqalaridan kran ilmoqlari chiqarib olinadi. Bundan keyin konstruktsiyani siljitish, surish 

taqiqlanadi.  

    Qorong’i tushgach, qurilish maydonchasi va ish wrinlari elektr chiroqlari bilan ёritilishi 

kerak. Ёmg’ir ёki qor qattiq ёg’ib turganda, yaxmalak paytlarida, 6 balldan kuchliroq shamol 

esib turgan vaqtda montaj ishlari twxtatilishi lozim.  

    Elektr  payvandlash  ishlarini  bajarishda  payvandchilarning ish wrinlari, elektr simlar va 

elektr jih’ozlar twsib qwyilishi kerak. Twsiqlarga ogoh’lantiruvchi plakatlar va ёzuvlar osib 

qwyiladi. Elektr jih’ozlarining korpuslari, shuningdek payvandlanadigan konstruktsiya va 

elementlar erga ulanadi.  

    Payvandlash ishlarini bevosita ёnuvchan va alangalanuvchan materiallar: benzin, kerosin, 

moy lattalar, qipiqlar ёnida bajarish taqiqlanadi.     



Montaj ishlarini xavfsiz bajarish usullari 

    Montaj ishlari jaraёnida deraza va eshiklar wrni, zina kataklarit, balkonga chiqiladigan 

ywllar, oraёpmaning plitalar wrnatilmagan ochiq joylari twsiqlar bilan wralgan bwlishi lozim.  

 

 

 



 

Devorning tashqi panellarini wrnatish vaqtida montajchilar eh’tiёt belbog’laridan 

foydalanishlari, belbog’ning qisqichini binoning mustah’kam, ishonchli joylariga biriktirilishi 

lozim. Tepasida montaj ishlari bajarilaёtgan qavatda turib ishlash taqiqlanadi. Kwp qavatli 

binoning qurilaёtgan qavatida ёpma plitalari wrnatish, ularni mah’kamlash, payvandlash va 

tirqishlarni berkitish ishlari tugagandan keyingina navbatdagi qavatni qurishga kirishiladi.   



        Korxona  binolarini  qurishda  montaj  ishlarini  xavfsiz  bajarish  usullari.  Montaj 

ishlarining h’amma bosqichida wrnatilgan konstruktsiyalarining, shuningdek, butun binoning 



mustah’kamligi, turg’unligi va chidamliligini taminlash choralari kwrilishi lozim. 

Konstruktsiyalarning kranosti twsinlari, stropila osti va stropila fermalari tayanib turadigan 

joylari barvaqt narvonlar, kajavalar bilan taminlanadi. Wrnatilgan konstruktsiyalardan wtib 

yurish uchun montaj narvonlari, kwprikchalar, kwchma zina (trap) va fermaning pastki 

belbog’i bwylab tortilgan kanatdan foydalaniladi.  

     Poydevor  stakanlariga  wrnatilgan  12  m  dan uzun temir-beton ustunlar tortqilar bilan 

mah’kamlab qwyiladi. Kranosti twsinlari, ёpma twsinlari, stropila fermalarini wrnatish 

vaqtida montaj swrilari ёki kwchma minoralarning montaj maydonchalari ustida turib ishlash 

kerak. 

     Wrnatilgan  konstruktsiyalar  doimiy  kashaklar bilan uzil-kesil mah’kamlangach va 



tirqishlarga twldirilgan beton etarlicha qotib mustah’kamligi 70% ga etgach, muvaqqat 

kashaklar, tortqi va boshqalar olib tashlanadi. 

     Mashina  va  jih’ozlar  qurilish  maydoniga  wtish ywllari va yuk kwtarish ywllarini twsib 

qwymaydigan qilib joylashtirilishi kerak. Mashina va mexanizmlarga meh’nat xavfsizligini 

taminlaydigan moslamalar wrnatilishi lozim. Bunda, ayniqsa, mexanizmlarning 

h’arakatlanadigan qismlarini twsishga etibor berish kerak. Mashinalardagi signalizatsiya 

tuzuk h’olatda bwlishi lozim. Mashinalarga va ular ishlaydigan zonaga ogoh’lantirish 

ёzuvlari, belgilari, xavfsizlik texnikasiga oid plakatlar va ywl-ywriqlar osib qwyilishi kerak. 

Qurilishda krandan foydalaniladigan bwlsa, kran izlarining tuzukligini tekshirib turish kerak. 

Kran izlari h’ar kuni tekshiriladi, wz vaqtida tamirlab turiladi. İshlamaёtgan kranlar olib 

qochishga qarshi qurilmalari bilan mah’kamlanishi va elektr manbalaridan uzib qwyilishi 

kerak.  


Elektr bilan payvandlash jih’ozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari 

    Payvandlash  transformatorlari  va  apparatlari wtib yuriladigan ywllardan chetroqda 

wrnatilishi, payvandlash kabeli izolyatsiyasi shikastlanmaydigan qilib tortilishi lozim. Tok 

bilan taminlash tarmog’ining rubilnigi bilan kwchma payvandlash apparati orasidagi masofa 

15 m dan ortiq bwlmasligi lozim.  

    Payvandlash  ishini  boshlashdan  oldin  payvandlash apparatining korpusi va payvandlab 

ulanadigan konstruktsiyalar erga puxta ulanganligi, payvandlash simlari va 

elektrodtutqichning izolyatsiyasi benuqsonligini tekshirish zarur.  

    Payvandlash  jih’ozlarini  elektr  tarmog’iga ulaganda h’am, tarmoqdan uzganda h’am 

rubilnik(tok uzgich-ulagich)dan foydalaniladi; uning h’imoya qobig’i bwlishi va erga puxta 

ulanishi lozim. 

    Payvand chok solishda elektr ёy kwzga kwrinadigan va kwrinmaydigan nurlar tarqatadi; bu 

nurlar kwzga salbiy tasir etadi, ёrug’lik filtrli (qoramtir oyna solingan) qalqoncha ёki niqob 

kwzni ana shunday zararli nurlardan h’imoyalaydi.  

    Korjoma,  h’imoya  poyafzali  va  qwlqoplar payvandchini erigan metall tomchilaridan 

h’imoyalaydi. Brezent kamzul shim ustidan tushib turishi, shim pochalari esa poyafzal ustidan 

tushirilgan, botinka bog’ichlari yaxshi bog’langan, qwlga qwlqop kiyilgan bwlishi kerak. 

    Ёmg’ir, qor ёg’aёtgan, yashin chaqnab, momaqaldiroq bwlaёtgan h’amda 6 balldan 

kuchliroq shamol esib turgan vaqtda ochiq joyda elektr bilan payvandlash ishlarini bajarish 

taqiqlanadi.  Ёng’inning oldini olish uchun payvandchining ish wrni tez alangalanadigan 

materiallardan kamida 5m narida bwlishi lozim. 

    Balandda  ishlaydigan  payvandchilarning elektrodlar va elektrod qoldiqlari solib 

qwyiladigan sumkasi bwlishi kerak. Asboblarni, elektrod va uning qoldiqlarini erga tashlash 

taqiqlanadi. Payvandlash ishlarini tirab qwyiladigan narvonda turib bajarishga ruxsat 

etilmaydi. 

    Elektrodni almashtirish juda xavfli ish, chunki shu paytda payvandlash transformatoridagi 

kuchlanish 60-75 V ga etadi, payvandchi esa elektrodni almashtiraёtganida bir qutbga tegadi, 

ikkinchi qutb unga yaqin joyda bwladi, shunga kwra elektrodtutqich juda yaxshi 

izolyatsiyalangan bwlishi shart.  

    Ёng’in paytidagi qoidalar. Qurilish obektida ёng’in chiqqan h’ollarda h’ar bir xodim 

zudlik bilan ёng’in manbaini wchirishi, buning uchun shu erdagi ёrdamchi vositalardan 

foydalanishi va ёng’in h’aqida signal berishi h’amda mah’alliy ёng’in wchirish komandasiga 

xabar qilishi zarur. Ёng’in wchirish komandasi etib kelgandan keyin qurilish maydonchasida 


ishlaёtgan kishilarning h’ammasi ёng’in wchirish komandasi rah’bari ixtiёriga wtadi va uning 

kwrsatmasiga muvofiq ish tutadi.  

 

Bino konstruktsiyalarini montaj qilish. Yirik bloklardan  va h’ajmiy bloklardan 

quriladigan bino konstruktsiyalarni montaj qilish 

Bino  er osti qismini  montaj qilish texnologiyasi 

 

   Poydevor  plitalarini  montaj  qilish. Bino wqlari shovun va ixota simi ёrdamida h’andaqqa  

kwchiriladi.  

   Montaj qilish ishlari  binoning burchaklariga, devorlar kesishadigan joylarga va uzunasiga  

chwzilib ketgan uchastkalarga 15-20 m oralatib nishon plitalar wrnatishdan boshlanadi. 

Wrnatiladigan bloklar rejada va balandlik bwyicha goedezik asboblar ёrdamida tekshiriladi. 

Bloklar orasida reja ip tortilib, oraliq bloklar shu ip bwyicha ёtqiziladi. Tashqi devorlar 

poydevorining plitalari  h’am shu tartibda ёtqiziladi.  

   Bloklar ilmoqlaridan twrt tarmoqli  ilmoqlar bilan ёki qaychisimon qamragichlar bilan 

maxsus teshiklardan ilib wtkazib mah’kamlanadi. Blok ёtqizilgach ilmoqlarni chiqarib olmay, 

blokning aniq gorizontal h’olatda joylashganligi reykali vatrepas bilan tekshiriladi. Uzuq-

uzuq poydevorlar qurish podvalga tarmoqlarni kiritish  va shu kabi h’ollarda poydevor 

plitalari montaj sxemasiga muvofiq orasini ochib ёtqiziladi.  

   Plitalar  ustiga  gidroizolyatsiya  ashёlari twshaladi, lozim topilgan h’ollarda esa choklarga 

armaturalar joylanadi.   

   Ertwla devorlari  bloklarini montaj qilish. Nishon bloklar wrni belgilanadi, swngra 

qorishma qatlami ustiga burchak bloklari, nishon  bloklar va tortilgan reja ip bwyicha qator 

bloklar  ёtqiziladi.  

  Bloklar  ёtqizishda choklar (kamida ¼ uzunligicha) bog’lab ketiladi. Blokning twg’ri 

joylashganligi tekshirilgach, vertikal choklar qorishma bilan twldiriladi.  

  Ertwlaning bwylama va kwndalang devorlari bloklarini  wzaro bog’lash ywli bilan 

biriktiriladi. Bloklar orasida sanitariya-texnika qurilmalarini wtkazish uchun joy qoldiriladi, 

keyinchalik ular g’isht terib  berkitiladi.  

    Armaturalar  joylanadigan  choklar  va belbog’lar qurilmasi. Poydevor soztuproqli ёki 

chwkadigan zaminda qurilganida ёtqizilgan plitalar ustiga pwlat armatura  va tsement 

qorishmadan  30-50 mm qalinligida qatlam ёtqiziladi, bu qatlam armaturali  chok deb ataladi.  

    Ertwla devorlari ustiga 100-150 mm qalinligida  yaxlit beton qatlam ёtqizilib, armaturali 

belbog’ h’osil qilinadi.  

 

Binoning er usti qismini montaj qilish texnologiyasi 



 

    Devor  bloklarini  montaj  qilish.  Montaj  ishlari bino qavatiga reja wqlarini kwchirish va 

belgilashdan boshlanadi. Montaj gorizonti aniqlanadi, qorishmadan mayaklar wrnatiladi, 

bloklarni wrnatish joylari belgilanadi.  

   Tashqi devorlarni montaj qilish burchak bloklar h’amda mayak bloklar wrnatishdan 

boshlanadi; mazkur bloklarning qirralariga reja ip tortiladi. Blok ikki tarmoqli ilmoq 

ёrdamida kwtrilib devor chetidan 20-25 mm nari qilib qorishma qatlami ustiga wrnatiladi.  

    İlmoq tarang tortilib turgan h’olda, blokning vaziyati tekshiriladi, lozim topilsa, ulr montaj 

lomi  ёrdamida twg’rilanadi, blokning twg’ri wrnatilganligi shovun-lineyka ёrdamida 

aniqlanadi.  

   Bloklar  wrnatilaёtganda choklar bog’lab ketiladi. İchki devorlarni montaj qilish zina 

kataklari qurishdan boshlanadi.  

   Devorning qurilgan uchastkalari balandligidan farq bir qavat  doirasidan chetga chiqmasligi, 

uzilish joylari shtrabalar bilan cheklanishi ёki deraza wrinlariga ulab ketilishi lozim.  

  Bikirlik  belbog’lari.  Tashqi  va ichki devorlarning bloklari oraёpma sath’ida pwlat 

taxtachalar vositasida wzaro ulanadi. Bu taxtachalar bilan birga oraёpmalardagi ankerlar, bir-

biriga  tushadigan devorlarning va devor burchaklarining gorizontal choklariga joylashgan 

metall tortqilar binoning fazoviy h’amda turg’unligini taminlaydi.  



   Choklarni  berkitish.  Ёtqizilgan blok qatorlari orasidagi gorizontal choklardan shamol urib 

turmasligi va choklar pishiq bwlishi  uchun ular tsement qorishma bilan suvab berkitiladi.  

    Tashqi  va  ichki  devorlar  tutashgan joydagi vertikal choklar engil beton  ёki tsement 

qorishma bilan twldiriladi. Binoning tashqi  tomonidan bu choklarga moy shimdirilgan los 

tiqiladi. Belkurakni bolg’a bilan urganda uning devoridan sapchib qaytishi choklarning yaxshi 

zichlanganligini bildiradi. Los tiqilgan choklar tsement qorishma bilan suvab bekitiladi.  

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling