ҚƏнигелик шеберлик
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Maruza mazmuni: Traversalar
- Elektr yuritmali chig’irlar
- Wziyurar strelali kranlar
- Avtomobilga wrnatilgan kranlar
- 4-maruza
- Konstruktsiyalarni qabul qilish
- Maruza mazmuni: Devorbop materiallarni omborlarga joylash.
- Yig’ma temir-beton konstruktsiyalarni omborlarga joylash.
2-Maruza. Traversa va ushlagich moslamalari. Blok va polispastlar, domkratlar va domkratli kwtargichlar, chig’irlar, minorali, wziyurar strelali-statsionar va maxsus kranlarni qwllash soh’alari h’aqida malumotlar.
Tayanch iboralar: traversa, polispast, domkrat, chig’ir va maxsus kranlar. Maruza rejasi: 1. Montaj ishlarida foydalaniladigan traversa, ushlagich moslamalar, blok va polispastlar. 2. Domkratlar, domkratli kwtargichlar va chig’irlar. 3. Minorali, wziyurar strelali-statsionar va maxsus kranlarni qwllash soh’alari. Maruza mazmuni: Traversalar-uzun va h’ajmiy konstruktsiyalarni kwtaradigan moslama. Ular ilmoq osilgan twsin va fermalardan tashkil topgan. Traversalar tuzilishi jih’atdan quyidagicha bwladi: isirg’a kwrinishidagi traversa teshikli pwlat plastinkasi bor, montaj kranining yuk osiladigan ilmog’i shu teshikka wrnatiladi; isirg’aning uchlariga osilma deb ataladigan arqonlar taqilgan, ulardan ustunlarni montaj qilishda foydalaniladi; twsin shaklidagi traversa bloklari bwlgan suriluvchi osmalar bilan taminlangan; undan yirik panelli pardevorlarni kwtarishda foydalaniladi; universal traversa ikki blokli uchburchak shaklidagi osmalardan iborat bwlib, bloklarning ikki tarmoqli tenglashtiradigan ilmoqlari bor; bu traversadan 2-4 montaj h’alqali h’ar xil konstruktsiyalarni kwtarishda foydalaniladi; “wrgimchak”simon traversa (“pauk”) uchlariga stropalar osilgan chorchwpdan iborat bwlib, lift shaxtalari, santexnika kabinalari va boshqa xil h’ajmiy elementlarni kwtarishga mwljallangan; romli traversa burchaklarida osma arqonlar bwlib h’ajmiy elementlarni montaj qilishda ishlatiladi; Konstruktsiyalar qamragich(zaxvat)lar ёrdamida wrnatiladi: yarim avtomatik qamragich konsolli ustunni kwtarishga ёrdam beradi; friktsion qamragich konsolsiz ustunlarni kwtarish uchun xizmat qiladi; surilma zanjirli chorchwpli qamragich konsolli ustunlarni kwtarishga mwljallangan; qoziqchali qamragich, qamragich qoziqchasi konstruktsiyaning teshigiga kirib turadi; konstruktsiyalar muayyan masofaga kwtarib olib borilgach, u avtomatik ravishda ochiladi, yani masofadan boshqariladi; yarim avtomatik qulfli qamragich konstruktsiyani arqon bilan wrab bog’laydi va muayyan masofaga kwtarib olib borgach, wz-wzidan ochiladi; yarimavtomatik qulfli P-simon qamragich muayyan masofaga borgach, qulfi avtomatik ravishda ochiladi; sirtmoqli, yani h’alqali qamragich: a) aylanadigan planka - shovunli konstruktsiyaning teshigiga kiritib mah’kamlanadi: b) ayrisimon qamragich ushlagich shaklida yasalgan bwlib, zina marshlarini kwtarish uchun mwljallangan. Yirik panellar, parda devorlar va boshqa konstruktsiyalar montaj h’alqalariga mah’kamlab kwtariladi. Konstruktsiyalarni tekshirish va vaqtincha mah’kamlab qwyish maqsadida ishlatiladigan moslamalar. Ular montajchilarning meh’nat unumdorligini oshirishga ёrdam beradi.
3-rasm. Temir-beton ustunni kwtarish uchun traversa:
1 – kwtarish oldidan ustun h’olati; 2 – loyih’a h’olatiga wrnatishda ustun h’olati; 3 – osilmalar; 4 – chorchwpcha; 5 – tortqi; 6 – qoziq(shtir); 7 - qamragich
4-rasm. Temir-beton fermalarni ilmoqqa ilish: 1 – tom fermasi; 2 – traversa; 3 – yarim avtomatik mexanik qamragich; 4 – barmoq; 5 – fermaning ustki belbog’i
5-rasm. Temir-beton ferma montaji uchun yarim avtomatik qamragichli qurilma: 1 – qamragichlar; 2 – bikir traversa; 3 - kabel
Blok va polispastlar. Blok yuk kwtarish uchun zarur bwlgan kuchni kamaytirishga ёki bu kuchning ywnalishini wzgartirishga imkon beradi. Bloklar ishlash sharoiti va wrnatilishiga qarab qwzg’almas va qwzg’aluvchan bwladi. İshlaёtganda wqi qwzg’almaydigan bloklar qwzg’almas bloklar deb ataladi. Wqi yuk bilan birga tushadigan ёki kwtariladigan bloklar qwzg’aluvchan bloklar deb ataladi. Bu bloklar qwzg’almas bloklarga qaraganda kam qwllaniladi. Polispast deb, yukdan arqon tarmog’iga tushadigan kuchni kamaytirish ёki yukning kwtarilish tezligini oshirish uchun xizmat qiladigan, qwzg’aluvchan va qwzg’almas bloklar sistemasiga aytiladi.
beradigan kwchma, ixcham mexanizmlardir. Montaj ishlarida domkratning quyidagi turlari qwllaniladi: reykali domkratlar, vintli domkratlar va gidravlik domkratlar. Chig’irlar yukni kwtaradi va suradi. Dastaki va elektr yuritmali chig’irlr mavjud. Montaj ishlarida 3t yuk kwtaradigan richagli dastaki chig’irlardan foydalaniladi. Yuk biriktirilgandan keyin chig’irning dastasi tebratilib, yuk osilgan kanat barabanga wraladi.
ishchilargina elektr chig’irda ishlashga qwyiladi. Montaj kranlari Minorali kranlar – yuk kwtaradigan mashinalar bwlib, rels ywlda h’arakatlanadigan minorasida yuk kwtaradigan strelasi bor. Ular asosan qurilish ashёlari, detallari va konstruktsiyalarini yuklash, tushirish va wrnatish ishlarida qwllaniladi. Minorali kranlar yuradigan aravacha, minora asosi, strela, kabina h’amda yuk kwtaradigan, strelani buradigan, kranni yurgizadigan va boshqa xil mexanizmlardan tashkil topgan. Wziyurar strelali kranlar qurilish maydonlarida yaxshi h’arakatlanish va manevrchanlikka ega bwlgan kranlardan h’isoblanadi. Wziyurar strelali kranlarga: avtomobilga wrnatilgan, gusenitsali, pnevmog’ildirakli va shuningdek maxsus ramaga wrnatilgan kranlar kiradi. Ularning boshqa kranlardan farqi shundaki, ular mustaqil h’arakatlanish uchun maxsus yuritma bilan jih’ozlangan. Shu tufayli ular quyidagi afzalliklarga ega: 1. İsh maydoni chegarasida tezkorlik bilan va mustaqil h’arakatlana oladi. 2. Kranlarni montaj va demontaj qilish, ular ishlatiladigan h’amda h’arakatlanadigan maydonchani tayёrlash, kranni obektdan-obektga kwchirish ishlari oddiy, tez va arzon bajariladi. Montaj kranlarining muh’im texnik xarakteristikasi: Yuk kwtaruvchanligi- ilmog’i kwtaradigan yukning eng katta massasi (tonna h’isoblanadi); yuk momenti- yuk og’irligi (t) ning strela qulochi (m) ga kwpaytmasi; ilmoqning qulochi-kranning aylanish wqidan yuk osiladigan ilmoqning vertikal kwtarilish wqigacha bwlgan masofa, m; strela uzunligi-strela asosidan blok wqigacha bwlgan masofa, m; kwtarish balandligi-ilmoqning eng yuqori qwtarilish balandligi, m. Avtomobilga wrnatilgan kranlar yuk avtomobilining shassisi, kwtarish mexanizmi wrnatilgan buriladigan platforma h’amda boshqarish kabinasidan tashkil topgan. Bunday kranlar h’arakatchan, tez va katta tezlikda yura oladi. Qishloq joylarda tarqoq joylashgan obektlarni qurishda, obektlar qoshidagi omborlarda yuk kwtarish-tushirish ishlarini bajarishda h’amda binoning er osti qismlarini barpo etishda shunday kranlardan foydalaniladi. Tanlash uchun h’isob-kitob va formulalar amaliy mashg’ulotda wtiladi.
3-Maruza: Konstruktsiyalarni vaqtinchalik mah’kamlash va twg’rilash moslamalari bilan tanishtirish, suyab qwyiladigan va kwchma narvonlar, swrilar va kajava (lyulka) lar.
suyama narvonlar, swri va kajavalar. Maruza rejasi: 1. Konstruktsiyalarni vaqtinchalik mah’kamlash moslamalari. 2. Montaj vaqtida ishlatiladigan narvonlar. 3. Havoza va swrilar. Maruza mazmuni: Konstruktsiyalarni tekshirish va vaqtincha mah’kamlab qwyish maqsadida ishlatiladigan moslamalar. Ular montajchilarning meh’nat unumdorligini oshirishga ёrdam beradi.
Sanoat binolarini qurishda quyidagilardan foydalaniladi: Doimiy tortqilar (raschalki): Konstruktsiyalarning bikirligi juda kam tekislikda mah’kamlab qwyish uchun mwljallangan. Farkopf (tortuvchi mufta)lar tortqilarni taranglash va konstruktsiyalarni tekshirib twg’rilash uchun xizmat qiladi; Vintli ponalar ustunlarni devor chuqurchasiga wrnatib qwyish uchun mwljallangan: Universal strubtsinadan poydevor twsinlari va devor panellarini vaqtincha mah’kamlab qwyish maqsadida foydalaniladi; Konduktor twsin va fermalarni ustunlar kallaligiga vaqtincha wrnatib mah’kamlash uchun xizmat qiladi; Kergilar ferma ёki twsinlarni vaqtincha mah’kamlab qwyishda ishlatiladi. Fuqaro binolarini barpo etishda foydalaniladigan moslamalar; Tirgovichlar-sinchsiz binolarda devor panellarni vaqtincha mah’kamlash va tekshirib twg’rilash uchun ishlatiladi; Montaj kashaklari qamragich, tortuvchi mufta va strubtsinadan tuzilgan bwlib, tashqi va ichki devorlar panellarini vaqtincha wzaro mah’kamlab qwyish uchun ishlatiladi; Montaj tayanchlari payvandlab yasalgan uchburchak shaklidagi chorchwpdan iborat bwlib, ikkita vinti bor, devor panelini chetidan mah’kamlash uchun qwllaniladi. Qwsh strubtsina uchlariga P-simon strubtsinalar sharnirli panellarni sinch ustunlariga shunday moslama ёrdamida vaqtincha mah’kamlab qwyiladi; Uchlarida strubtsinasi bwlgan gorizontal kashak ichki devorlar panellarini mah’kamlab qwyish uchun ishlatiladi; Wq fiksatorli shtangalar bu naysimon kashak bwlib, bir uchida vintli qisqichi va ikkinchi uchida shtangaga ulaydigan qulfi bor; bu xildagi moslamalar yirik panelli binolarda kwndalang ichki devorlarni reja wqlarga mos ravishda wrnatishga h’amda vaqtincha mah’kamlab qwyishga imkon beradi; Pardevorlarni mah’kamlaydigan moslama shvellerdan payvandlab yasalgan ushlagich kwrinishida bwlib, xariga biriktiriladigan vintli tortqisi bor; Belbog’dan xarining ustunning konsollariga vaqtincha biriktirib qwyish maqsadida foydalaniladi; Juft strubtsinali belbog’ tashqi panellarni vaqtincha biriktirib qwyish maqsadida ishlatiladi; Ustunlardan balkon plitalari va soyabonlarini mah’kamlab qwyish uchun foydalaniladi. Montaj jih’ozlari konstruktsiyalarni vaqtincha mah’kamlab qwyishga va tekshirib twg’rilashga ёrdam beradi. Ularning xillari: yakka konduktorlar kwp qavatli binolarning ustunlarini twg’rilash uchun mwljallangan; guruh’li konduktor bir ywla 4-6 ustunni wrnatish uchun qwllaniladi. Bunday konduktorlarning fazoviy metall konstruktsiyasi kolonnalarni xomutlar bor; konduktor - andaza wrnatilgan kolonnalarning yuqorigi tomonini aniq tekshirib twg’rilash uchun xizmat qiladi. U konsolli ywnaltirgichlari bwlgan chorchwpdan iborat ywnaltirgichlarning ustunlarini twg’rilash uchun mwljallangan qisuvchi vintli xalqasi bor; rom sharnirli indikatordan ikki qavatli binoning twrtta ustunini va sakkizta xarisini tekshirib twg’rilash maqsadida foydalaniladi. Bu indikator fazoviy swrilar buriladigan kajavalarning belbog’li “erkin” chorchwpidan tashkil topgan.
4.27-rasm. Ponasimon qistirma-mah’kamlagich: 1 – korpus; 2 – ustun qirralari; 3 – vint; 4 – dasta; 5 – stakan devori; 6 – pona; 7 – ostqwyma; 8 – kallakcha; 9 – ponasimon qistirma-mah’kamlagichni sug’urish uchun tayanch; 10 – gayka; 11 – kalit-tartarak
4.28-rasm. Aloh’ida konduktor ёrdamida poydevor stakanida ustunlarni vaqtincha mah’kamlash: 1-ustun; 2-poydevor stakani; 3-tayanch yuzasiga qorishma quyish; 4-twg’rilash-mah’kamlash moslama
Qurilish konstruktsiyalarini montaj qilish h’amisha balandda ishlash bilan bog’langan. Normal ish sharoitlarini taminlash uchun montaj h’avozalari va narvonlar xizmat qiladi. Hamma h’avoza va narvonlar zavodda yuqori sortli metalldan tayёrlanib, shu erning wzida sinab kwriladi. Havozalarning bir necha turi – osma kajavalar, osma supalar, g’ildiraydigan va kwchirib qwyiladigan h’avozalar, mexanizatsiyalashgan kwtargichlar, vishkalar mavjud. Bir tomonlama kajava twsinlarning ustunlarga tutashish joyiga ishlov beruvchi bitta ishchiga mwljallangan. Kajavani ikki ishchi bir joydan ikkinchi joyga osongina kwchirib qwyishlari mumkin, chunki pwlat kajavaning og’irligi 36 kg, alyuminiy qotishmalaridan qilingani esa 16 kg.
Balka va twsinlar ancha baland bwlsa, ishchilarning kajavaga kwtarilishi xavflidir. Bu h’olda narvonga mah’kamlangan kajavadan foydalaniladi, bunda kajava narvonning istalgan joyiga mah’kamlanishi mumkin. Avtomobillarga va traktorlarga montaj qilingan mexanizatsiyalashgan montaj kwtargichlaridan, shuningdek kwchma narvon – vishkalardan keng foydalaniladi. Balandda bajariladigan ishlarga 18 dan ёsh bwlmagan, tibbiy kwrikdan wtgan, shuningdek ishga kiraёtganda h’amda bevosita ish joyida wtkaziladigan xavfsizlik texnikasi bwyicha ywriqnoma olgan kishilar qwyiladi.
transportlarda tashish
1. Konstruktsiyalar tashiladigan maxsus transportlar. 2. Qurilish obektida omborlar tashkil etish. 3. Konstruktsiyalarni qabul qilib olish. Maruza mazmuni: Yig’ma temir beton konstruktsiyalar ikki usulda montaj qilinadi: 1. Transportdan olish, yani mashinadan bevosita ish joyga olish. Bunda montaj qilinuvchi elementlar montaj grafigiga muvofiq soat grafigi bwyicha keltiriladi. Ularni bevosita transport vositalaridan olib kranlar ёrdamida tegishli erga wrnatiladi. Transportdan olish usuli malum afzalliklarga ega bwlgani uchun kelajakda keng tarqalishi kerak. 2.Obekt omboridan olib montaj qilish. Konstruktsiyalarning zavodda tayёrlangan detallari qurilish maydonchasiga keltiriladi va montaj kranlari ishlaydigan zonada qurilishning bosh planida tartibda joylashtiriladi. Mustaqil Wzbekistonimizda qurilish uchun h’ar yili kwp miqdorda turli xil yuklar tashiladi. Qurilishda faqat avtomobil transportiga ketadigan sarf umumiy qurilish-montaj ishlarining sarfini 15-18% ini tashkil etadi. Qurilishda eng kwp ishlatiladigan universal transport turi – avtomobillardir. Yuk tashish mashinalari asosan yuklarni gorizontal ywnalishda tashish uchun mwljallangan. Bortli avtomobillar(ZİL-150, MAZ-200 va boshqalar) dan devorbop mayda materiallar, yirik panellar va kichik gabaritli yig’ma konstruktsiyalarni gorizontal h’olatda tashish uchun foydalaniladi. Uzaytiriladigan pritsep tirkalgan bortli avtomobillar ( ZİL-150 va 1-APR-3; MAZ-200 va APR-5)da juda uzun yig’ma konstruktsiyalar, prolёti 6-18 metrli twsinlar h’amda prolёti 18 m li fermalar tashiladi. Tyagach (MAZ-200V, MAz-504, KrAZ-258 va boshqalar) h’amda yarimpritseplardan iborat avtopoezdlarda uzunligi 6 m gacha bwlgan yig’ma konstruktsiyalar tashiladi. Avtopoezdlar tyagachlar va ixtisoslashtirilgan pritseplar, yani panel, ferma, twsin tashigich h’amda og’ir yuklar tashiladigan pritseplardan tuziladi. Og’ir yuklar tashiladigan pritseplar – avtomobil transportining eng tejamli turi, platforma va yarim pritseplar esa eng kwp ishlatiladigan transport vositasi h’isoblanadi.
Omborlar tuprog’i shibbalab tekislangan, er usti va er osti suvlaridan h’imoyalangan, qor va muzlardan tozalangan maydonchalarda tashkil etiladi. Bu omborlarda yig’ma konstruktsiya va materiallar montaj texnologiyasiga muvofiq ravishda joylanadi. Konstruktsiya taxlamlari orasida bwylama va kwndalang ywnalishda kengligi kamida 1 m keladigan ywllar qoldirilishi, qwshni taxlar oralig’i 0,5 m dan kam bwlmasligi lozim; bwylama ywl ombor maydonchasining qoq wrtasida, kwndalang ywllar esa h’ar 25-30 m oralatib qoldirilishi lozim. Tax qatorlari orasidagi ywllarning kengligi yuk ortish-tushirish mexanizmlarining gabaritlariga qarab belgilanadi. Omborning chegarasi ywl chetidan kamida bir metr narida bwlishi lozim. Konstruktsiyalarni qabul qilish. Transport vositalarida tashilganida konstruktsiya va yuklarning sinmasdan va shikastlanmasdan tegishli joyga butun h’olda etkazib berilishi uchun transport tashkiloti javobgar h’isoblanadi. Obekt qoshidagi omborga tashib keltirilgan yuklarni qabul qilib olish vaqtidagi muh’im vazifa ularning shikastlanmagan h’olda, kam-kwstsiz, twliq ravishda etkazib berilganligini wz vaqtida aniqlashdan iborat. Konstruktsiyalar kwzdan
kechirilib, ularning ёriqlari, singan-sinmaganligi, qiyshaymaganligi, teshiklar va quyma detallarning twg’ri joylashganligi, sirtining sifati loyih’adagi talablarga mosligi, buyumning markalanganligi, texnik nazorat shtampi va h’okazolar borligi aniqlanadi. Temir-beton konstruktsiyalarga beriladigan pasportda GOST ёkitexnik shart bwyicha buyumning nomi h’amda shartli belgisi kwrsatiladi. Buyumlarni zavoddan pasportsiz chiqarish va qurilishda qabul qilib olish taqiqlanadi.
4.1-rasm. Tirkamali avtomashinada gorizontal h’olatda tom fermasini tashish: 1-avtomashina; 2-aylanish qurilmasi; 3-ёg’och ostqwymalar; 4-avtotirkama; 5-kwndalang twsinlarga ega rama; 6-tortqi twsin; 7-avtotirkamaning simarqonli tortqisi.
4.2-rasm. Avtomobil ywli bwyicha tom fermasi blokini tashish sxemasi: 1-avtotortgich; 2-trayler; 3-yuk kwtaruvchi twsin; 4-simarqon; 5-tom fermasi bloki; 6-trayler ramasiga tom fermasi blokini mustah’kamlash uchun simarqon.
3.3-rasm. Fermatashigich sxemasi: a-fermatashigichning twg’ri ywldagi h’olati; b- fermatashigichning burilishdagi egri h’olati.
ustun, twsin, ferma, devor panellari va boshqalarni taxlashni wrgatish. Tayanch iboralar: shtabel, taglik, qistirma, poydevor bloklari. Maruza rejasi: 1. Devorbop materiallarni omborga joylash. 2. Yig’ma temir-beton konstruktsiyalarni omborlarga taxlash qoidalari. 3. Qish mavsumida konstruktsiyalarni asrash. Maruza mazmuni: Devorbop materiallarni omborlarga joylash. Omborlarda konstruktsiyalar ёg’och inventar tagliklar va qistirmalarga wrnatiladi, ular ish chizmalarida kwzda tutilgan va elementlarda belgilangan joylarga qwyiladi. Taxlab qwyiladigan buyumlar orasidagi qistirmalar vertikal bwyicha bir-birining ustiga joylashtiriladi. Qistirmalarning qalinligi kamida 25 mm bwlishi va yuqoridagi elementlar pastdagi elementlarning ilgaklari ёki chiqiqlariga tegib qolmaydigan qilib tanlanishi kerak. Odatda, tagliklarning kesimi kamida 100x100 mm bwladi. Omborlarda shtabellar taxlanadigan er yaxshilab tekislanib, tagliklar chwkmaydigan darajada shibbalab chiqiladi, aks h’olda buyum taglikka emas, gruntga tegib, kuch notwg’ri tushishi natijasida sinishi mumkin. G’ishtlar va sopol bloklar qurilish maydonchasiga, qoidalarga kwra, tagliklarga taxlangan h’olda etkazib beriladi. Tagliklar – kwndalang tayanch bruslar, chetlarida esa ilmoqlari bwlgan taxta shchitlardan iborat. G’ishtlar taglikka ichkari tomonga qiyalantirib, “archasimon” taxlanadi. Bu maqsadda taglikning ёnlariga uchburchak taxtachalar mixlangan bwladi. Sopol bloklar, shuningdek, g’ishtlar tagliklarga bir-biriga nisbatan kwndalang ywnalishda terib taxlanadi, bunda qatorlar wzaro bog’lanishi kerak. G’ishtlar va sopol bloklar joylangan tagliklar bir qatorga bir qavat wrnatiladi; qatorlar orasida 0,5 m ywl qoldiriladi. Joy kam bwlgan h’ollarda tagliklar orasida 0,8 m ywl qoldirilib, 2 qavat qilib taxlash mumkin. Mayda tosh bloklar(suniy, tabiiy tosh) taxlangan tagliklarni wrnatganda qatorlar orasida 0,2 m masofa qoldiriladi. Yig’ma temir-beton konstruktsiyalarni omborlarga joylash. Yig’ma konstruktsiyalarni taxlaganda, eng ostki qator tagiga qirqimi 150x1500 mm, 150x100 mm ёki 100x100 mm bwlgan ёg’och taglik qwyish lozim; bundan keyingi h’ar bir qator ostiga qirqimi 80x80 mm li ёg’ochlar ёtqiziladi; qatorlar qalinligi montaj h’alqalari balandligidan kam bwlmasligi uchun shunday qilinadi. Qistirma va tagliklar bir-biriga nisbatan tik h’olatda joylanadi, ularning uchlari buyum chetidan 50 mm chiqib turishi kerak. Konstruktsiyalarni omborga joylash tartibi: stakan tipidagi poydevor bir qatorga joylanadi; poydevor plitalari va ertwla devoriga ishlatiladigan bloklar – qatorlar tarzida taxlanadi; qatorlar soni twrtdan va balandligi 2,6 m dan oshmasligi lozim, ular orasiga qwyiladigan ёg’och qistirma va tagliklar buyum chetidan 0,5 m nari joylanadi; serkovak oraёpma panellari – balandligi 2,5 m keladigan gorizontal taxlar h’osil qilib ёtqiziladi. ёg’och qistirma va tagliklar plitaning chetidan 0,35 m nari qilib, kovaklarga nisbatan perpendikulyar joylanadi, yaxlit oraёpma panellari – balandligi 2,5 m dan oshmaydigan taxlar h’osil qilib joylanadi. Ёg’och qistirma va tagliklar plitalarning uzun ёn chetlari bwylab ёtqiziladi, zina sah’nlari – balandligi 1 m dan va qatorlar soni twrtdan oshmaydigan qilib, ёtiq h’olda taxlanadi. Ёg’och qistirma va tagliklar buyum chetidan 0.3 m nari qilib joylanadi; zina marshlari – bosqichlarini tepaga qaratib taxlanadi, taxning balandligi 1,2 m dan, qatorlar soni 5-6 dan oshmasligi kerak. Ёg’och qistirma va tagliklar buyumning chetidan 0,15 m nariroq qilib ёtqiziladi; yarim sah’nli zina marshlari – qirrasi bilan wrnatiladi va oralariga brusoklar joylanadi; devorbop panellar – kasseta ёki piramida qilib wrnatiladi; ustun va twsinlar – 2m dan oshmaydigan balandlikda taxlr h’osil qilib, ustunlar-montaj vaqtida navbat bilan olish uchun moslashtirilgan h’olatda, twsinlar esa ёtiq h’olatda joylanadi. Ёg’och qistirma va tagliklar buyum chetidan 0,25 m nari qilib ёtqiziladi; kranosti twsinlari – prolёti 6 m bwlgan twsinlar ustma-ust taxlanadi; uzunligi 12 m keladigan twsinlar – ularning wrnatiladigan elementlari tagiga qwyilgan metall tagliklar ustiga bir qavat joylanadi; fermalar inventar tayanchlar ustiga tik h’olatda wrnatiladi; ёpma plitalari – balandligi 2,5 m dan oshmaydigan qilib taxlanadi. Ёg’och qistirma va tagliklar plita uchidan 5 sm nari qilib ёtqiziladi. Taxlab qwyilgan yig’ma buyumlar markalanadi. Har bir taxga detallarning soni va tipi ёzilgan ёrliq osiladi. Qishda konstruktsiya va detallarni muz qoplagan taglik va qistirmalar ustiga taxlash taqiqlanadi. Konstruktsiyalar ustiga suv yig’ilib qolmasligi uchun ular bir oz qiya qilib taxlanadi. Beton buyumlarning ochiq teshiklari qor kirishi va muzlashdan asrash uchun berkitib qwyiladi. Temir-beton buyumlarning usti qordan tozalanib turilishi, muzlashga ywl qwyilmasligi kerak. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling