ҚƏнигелик шеберлик
Manzarali g’isht terish usullari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Montaj ishlarini bajarish mah’orati
- Maruza mazmuni
- Montaj moslamalari va jih’ozlari
Manzarali g’isht terish usullari G’ishtin binolarning memoriy kwrkamligini oshirish maqsadida g’isht terishning turli- tuman variantlari ishlab chiqilgan. Gotik ёki polyakcha usul (3.15-rasm, a) wzaro navbatlashuvchi qatorlardan iborat bwlib, bunda g’ishtlari kwndalang ёtqizilgan qator bilan g’ishtlari uzunasiga ёtqizilgan qator almashib keladi. Twg’ri burchaklar g’ishtini terishda (3.15-rasm, b) devorning qalinligi qanday bwlishidan qatiy nazar, devor sirtiga qaratilgan chetki qator uzunasiga ёtqizilgan uch choraklik g’ishtdan boshlanadi. Twldirib ketiladigan qatorlarga uch choraklik va choraktalik g’ishtlar ishlatiladi. Derazalar oralig’idagi devor g’ishtlarini terishda (3.15-rasm, v) devorning sirti birinchi qatoriga yarim g’ishtlar ishlatiladi va ular uzunasiga ёtqiziladi. Twldirildigan ikkinchi qatorga meёrdan kichikroq wlchamli g’ishtlar ishlatiladi. Pilonlar devor tekisligidan ustunsimon bwrtib chiqib turgan ulkan chiqiqlardan iborat bwlib, g’ishtlar (3.15-rasm, e)da berilgan chizmaga muvofiq teriladi. G’ishtlarni xochsimon murakkab terish (3.16-rasm, g) – bunda qatorlar navbatlashadi; bu qatorlardan navbat bilan g’isht kwndalang va ikki g’isht uzunasiga ёtqiziladi va shu tarzda davom ettiriladi. Twg’ri burchaklarning g’ishtlarini terish (3.16-rasm, b) – devorning qalinligi qanday bwlishidan qatiy nazar, devor tashqi chetki qatorining boshlanishida uch choraklik ikki g’isht uzunasiga ёtqiziladi. Devorning ichki qismidagi twldirma qatorlarga uch choraklik va chorak g’ishtlar ishlatiladi. Derazalar oralig’idagi devor g’ishtlarini terish (3.16-rasm, v) – devorning tashqi chetki bir qatorning g’ishtlari uzunasiga va ikkinchi qatorniki kwndalangiga ёtqiziladi, qatorlar shu tarzda navbatlashadi. G’ishtlarni naqshindor terish uchun qimmatbah’o ashёlar talab qilinmaydi; shunga qaramay, bino memoriy jih’atdan wziga xos chiroyli kwrinish kasb etadi.
Binoning fasadini manzarali pardozlash mah’orati İndustrial qurilish sharoitida g’ishtli binolarning old tomoni g’isht terishni murakkablashtirish ywli bilan emas, balki choklarni turlicha bog’lash va pardozlash, rang- barang g’ishtlar ishlatish, g’ishtlarni manzarali terish va bwrtma shakllar h’osil qilish h’isobiga bezatiladi. Fasad yuzining ayrim qismlari (tsokollar, derazalar oralig’i, frizlar, peshtoq va h’okazo)ni boshqa qismlaridan ajralib turadigan qilib bezatish – bunda bino wziga xos kwrinish kasb etib, memoriy jih’atdan chiroyli kwrinadi. Friz-devorning yuqorigi qismini belbog’dek aylantirib olgan bezak h’oshiya. Fasadni arxitektura jih’atidan bezash usullari: tsokolga suniy ёki tabiiy toshlar qoplash; binoning burchaklarida va derazalar oralig’ida boshqa rangdagi g’ishtlardan belbog’lar h’osil qilish; deraza va eshiklar wrni atrofini rangli g’ishtlar bilan bezash; devorning bwg’ot ostidagi, derazalar, eshiklar oralig’idagi qismini, binoning kwndalang tushgan devorlari sirtini tutash h’oshiyalar ёki ayrim kwrinishdagi naqshlar bilan bezash;
old devor yuzi va fasadda ёrug’lik nurida soya h’osil qilinadigan bwrtma naqshlar solib bezash;
devorning ayrim qismlarini shakldor g’ishtlar bilan bezash. Devorlarni arxitektura jih’atidan bezataёtgan usta qatorlarning gorizontalligi, choklarning qalinligi, devorning tikligi, qatorlar va choklarning twg’ri bog’lanishi, naqshlar va bwrtma shakllarning aniqligini doim kuzatib borishi lozim. Devorning bwrtib chiqib turadigan unsurlariga faqat butun va yaxlit g’ishtlar ishlatish zarur. Devor sirtining chetki qatorlariga iflos va brak g’ishtlarni ishlatish yaramaydi. Shu talablarga qatiy rioya qilganda va ishlar sifatli bajarilgandagina bino manzarali chiqadi.
3.7. Engillashtirilgan devor g’ishtlarini terish mah’orati Orasiga issiq-sovuq wtkazmaydigan ashё joylangan ёki orasi bwsh qoldirilgan devorlar engillashtirilgan devor deb ataladi. Bunday devor qurishda meh’nat kam sarf bwladi, devorbop ashёlar tejaladi va devor arzonga tushadi. Ana shunday devorlarning uch turi keng tarqalgan: Uch qator diafragmali devor (3.17-rasm, a) – bunda uzunasiga tushgan g’ishtin devorlar besh qatordan keyin uchta gorizontal qator bilan bog’lanadi. Devorlar orasidagi bwshliqqa engil beton, shlak ёki issiq-sovuqni wtkazmaydigan boshqa ashё twldiriladi. G’ishtli devorning chekli balandligi uch qavatga teng; quduqchalar devor (3.17-rasm, b) – vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat. Devorlar orasidagi «quduqchalar»ga engil beton, shakl ёki issiq-sovuqni wtkazmaydigan boshqa ashёlar twldiriladi. «Quduqchalar»dagi shlak qatlami chwkishining oldini olish uchun h’ar 5-6 qatordan keyin qorishma ёtqiziladi; quduqchali devorning chekli balandligi ikki qavatga teng; ankerli g’ishtin-beton devor (3.17-rasm, v) oralig’i engil beton bilan twldirilgan ikki devordan iborat. Kwndalang ёtqizilgan g’ishtlarning devor ichki tomoniga turtib chiqqan uchlari tashqi qatorni beton qatlami bilan bog’laydi. Devorning chekli balandligi twrt qavatga teng;
oralig’i bwsh qoldirilgan ёki issiq-sovuqni wtkazmaydigan ashё joylangan devor (3.17- rasm, g). Bunday devorlar g’ishtini terganda choklar kwp qatorli tizimda bog’lanadi. Devor sirtidagi kengaytirilgan (5 sm gacha) chok ochiq qoldiriladi (bwsh oraliq) ёki issiq-sovuqni wtkazmaydigan ashё (mineral paxta, FRP-1 fenol kwpikplast va x.k.) twldiriladi. Devorning chekli balandligi besh qavatgacha; termoqwyilmali devor (3.17-rasm, d) yarim g’ishtlardan bwylamasiga terilgan devordan iborat bwlib, devorlar orasiga engil beton bloklar twldiriladi. Devorlarning chekli balandligi twrt qavatgacha; issiq-sovuqni wtkazmaydigan qatlamli devor (3.17-rasm, e) yaxlit devor va issiq- sovuqni wtkazmaydigan plita (gips-qipiqdan presslab tayёrlangan plita, gaz silikat va boshqa xil plita)dan presslab tayёrlangan plita, gaz silikat va boshqa xil plitalardan iborat bwlib, plitalar devorga jips tarqalgan; engillashtirilgan unsurlardan tiklangan devor (3.18-rasm, a, b). Dastlabki tashqi 5-6 qator g’ishtlari, swngra ichki 5-6 qator g’ishtlari teriladi. Tashqi devorlar oralig’iga engil beton, shlak va boshqa ashёlar twldiriladi. Ankerli va quduqchali devor g’ishtlari qatorlab teriladi. İssiq-sovuqni wtkazmaydigan polistrol plitalar, mineral paxta plitalar ishlatilgan devor g’ishtlarini terish (3.17-rasm, v) da kwrsatilgan.
3.8. Sopol blok(tosh)lardan devor qurish mah’orati. Devorning xillari va terish usullari İchi kovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli tizimda bog’lanadi. Bunda toshlar kovaklarini yuqoriga qaratib ёtqiziladi, h’arakatchanligi 7-8 sm bwlgan qorishma ishlatiladi, chunki bunday qorishma kovaklarga oqib tushmaydi. G’ishtli devorlarda choklar qalinligi qanday olinsa, bu h’olda h’am shunday olinadi. Terilgan bloklarning kovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik (perpendikulyar), yani devor wqi bwylab joylanishi zarur, issiq texnika nuqtai nazaridan buning katta ah’amiyati bor. Devorning burchaklarida va derazalar orasidagi qismida choklarni bog’lab ketish uchun uch choraklik bloklar ishlatiladi (3.19-rasm). Bloklar kwndalang ёtqizilgan qatorlarda gorizontal va vertikal choklar qorishma twldirib berkitiladi. Bloklarni ёtqizish tartibi: tashqi yuza qator, oraliq qator va ichki yuza qator. Devorning tashqi yuzasiga qaratilgan qator bloklarini kwndalang ёtqizib terish (3.20- rasm, a). Bloklar avval devor ustiga uzunasiga terib tayёrlab qwyiladi, swngra devor chetidan 1,5-2 sm qochirib, qorishma twshaladi, qorishma qatlamining uzunligi 125-250 sm. Qorishma qatlami kurakcha bilan tekislanadi, blok chap qwlga olinadi, uning bwylama qirrasiga kurakcha ёrdamida G shaklida qorishma qoplanadi. Swngra blok kurakcha bilan ushlab turilib, ёtqiziladigan joyiga yaqinlashtiriladi va ag’darib qorishma surilgan qirrasi bilan ilgari
ёtqizilgan blokka taqaladi, qwl bilan bosib qorishma qatlamiga chwktiriladi. 3-4 blok ёtqizilgach, choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakchaning qirrasi bilan sidirib olinadi. Devorning tashqi yuzasiga qaratilgan qator bloklarini uzunasiga ёtqizib terish (3.20- rasm, b). Blok kovaklarini tepaga qaratib, devorning ichki chetiga yaqinroq terib tayёrlab qwyiladi. Qorishma solinadi, ilgari ёtqizilgan blokning chetiga kurakcha ёrdamida ёpishtiriladi, blok chap qwlga olinadi, joyiga ёtqiziladi va qwl bilan bosib qorishmaga chwktiriladi. Choklardan sitilib chiqqan qorishma kurakcha bilan bir ywla sidirib olinadi. Oraliq qator bloklarini kwndalang ёtqizib terish (3.20-rasm, v). Bloklar uchlari devor chetidan sal chiqib turadigan qilib terib qwyiladi. Qorishma qatlami tayёrlanadi, devor chetiga terilgan bloklarning sirtiga qorishma qoplanadi. Har bir blok ikki qwl bilan ushlab olinib, ag’darilib ilgari qwyilgan blokka taqab ёtqiziladi h’amda qwl bilan bosib chwktiriladi. İchki qator bloklarini kwndalang ёtqizib terish tartibi oraliq qatlam bloklarini terish tartibidan farq qilmaydi, biroq bunda qorishma qatlamiga ёtqiziladigan bloklar devorning wrta qismiga terib qwyiladi. 3-4 blok ёtqizilgandan keyin choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakcha bilan sidirib olinadi. İchki qator bloklarini uzunasiga ёtqizib terish tartibi tashqi yuza ıator bloklarini terish tartibi kabidir; lekin bu h’olda bloklar devor wrtasiga terib qwyiladi. Sopol bloklardan devor quradigan ishchilar zvenosi ikki ёki twrt kishidan tuziladi. İsh wrnining tashkil etilishi, ishlatiladigan swrilar, asbob va moslamalarning turlari g’ishtin devor qurishdagidan farq qilmaydi.
3.9. Pardadevorlar qurish. Derazalar wrnini twldirish mah’orati
Pardadevorlar qurish oldidan quyidagi ishlar bajariladi: - pardadevorning bwylama wqi, asosiy devorlarga tutashadigan joylari, eshik wrni rejalanadi va uning wlchamlari kwrsatiladi; - pardadevor asosi qorishma quyib tekislanadi ёki antiseptik vositalar shimdirilgan ёg’och taglik wrnatiladi; - andazalar, reja taxtalar va boshqa moslamalar wrnatiladi. G’ishtlardan va sopol bloklardan pardadevor qurish (3.21-rasm). Pardadevorning qalinligi yarim g’isht ёki g’isht bwladi. Devorning burchaklariga va asosiy devorga tutushadigan joylariga mayaklar wrnatiladi. Pardadevor g’ishtlari reja bwyicha terilib, choklar bog’lanadi; bunda ishlatiladigan qorishmaning markasi 10dan past bwlmasligi lozim. İshlaёtganda qiya yuzalarga ёg’och tiqinlar qwyib qoldiriladi, deraza wrinlariga ravoq wrnatiladi. Qalinligi 120 mm qilib olingan g’ishtin va sopol bloklardan qilinadigan pardadevorlarning mustah’kamligi quyidagicha taminlanadi: - h’ar 5-6 qatordan keyin gorizontal choklarga diametri 4-6mm bwlgan dumaloq ёki tasmasimon armatura joylanadi; - pardadevorning asosiy devorga tutashadigan joylariga kertik-mertikli pwlat sterjen (ersh)lar qoziqchalar qoqiladi. Sanitariya bwlimlarini boshqa xonalardan ajratib turuvchi pardadevorlarning qalinligi 65-88mm bwladi. Gorizontal choklarga armaturalar joylash ёki asosiy devorning pardadevor tutashadigan joylarida chiqiq-wyiqlar h’osil qilish ywli bilan h’am pardadevorlar mustah’kamligini taminlash mumkin. Gips-beton plitali pardadevor (3.22-rasm, a). Bu gips-beton plitali pardadevorlar. Bu h’olda pardadevorlar bir ёki qwsh devorli bwladi; qwsh devor orasida 50mm oraliq qoldiriladi. Pardadevorning ostki qismini zaxdan h’imoyalash uchun bu erga eni 280mm keladigan ruberoid ёtqiziladi. Reja taxta wrnatilib reja ip tortilgandan keyin birinchi qator plitalari quruq wrnatiladi. Swngra konteyner – yashikda gips qorishma tayёrlanadi, wrnatilgan plitalarning vertikal choklariga shu qorishma twldiriladi, bwylama choklarga armatura joylanadi, armaturalarning uchlari tutashuvchi devorlarga biriktiriladi. Navbatdagi qator plitalari h’am reja ipi bwyicha choklarni bog’lab shu tartibda wrnatiladi. Pardadevorning shipga tutashgan joyidagi oraliqqa gips qorishmasiga botirilgan los tiqiladi. Gips-beton plitalardan pardadevor qurishda (3.22-rasm) foydalanadigan andaza kwchma kronshteynli ikki tirgakdan iborat. Kronshteynlarga reyka ёtqizilgan. Plitalar shu reykaga taqab, u bilan bir tekislikda wrnatiladi. Andazadan foydalanish ish sifatini yaxshilashga va meh’nat unumdorligini oshirishga ёrdam beradi. Derazalar wrnini shishabloklar bilan twldirishda (3.23-rasm) tsement qorishma ishlatiladi (tarkibi 1:3, 1:5), bunda choklar bog’lanmaydi. Tsement qorishma bloklarga mah’kam ёpishishi uchun, bloklarni tayёrlash vaqtidaёq ularning toretslariga bwr aralashgan suyuq shisha qoplangan bwladi. Shisha bloklarni wrnatishda avval asosga qorishma ёyiladi, swngra blok toretsiga kurakcha bilan qorishma qoplanadi, blok wrnatilib qorishmaga chwktirilgach, chokdan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma sidirib olinadi. Shishablok devorchadagi choklarning qalinligi 6mm dan kam bwlmasligi lozim. Choklari yaxshi twldirilib, puxta zichlangan pardadevor mustah’kam, turg’un bwlishi bilan birga, issiq-sovuqni wtkazmaydi. Pardadevorning mustah’kamligi va turg’unligini oshirish maqsadida vertikal choklarga diametri 6 mm li armatura ёki teshik metall tasma joylanadi. Deraza wrinlaridagi terimni tashqi tomondan derazalar orasidagi devorning chiqiqlari, ichki tomondan esa deraza otkoslarig biriktirilgan metall sinchlar ushlab turadi. Deraza wrni tepasidagi tirqishga bitum shimdirilgan los tiqiladi, bu shishablok terimning temperatura wzgarishiga chidamliligini oshiradi. Derazalar wrniga shakldor oyna wrnatish (3.24-rasm). Bu ish swri ёki h’avoza ustida turib, quyidagi tartibda bajariladi: - shakldor oyna elementlari taqaladigan joylarda metall sinchga germetik tasma ёpishtiriladi; - oynaning ichki va sirtqi yuzasi artib tozalanadi, uning chetlari g’ovak qistirma ёki sovuqqa chidamli rezina qistirma tiqib berkitiladi, qotib qolmaydigan germetik tasma ёpishtiriladi ёki oynaning qirrasiga rezina qistirma tiqiladi; - shakldor oyna unsurlari g’ovak rezina qistirma ustiga wrnatiladi; - wrnatilgan besh elementdan tashkil topgan paket maxsus siqqich bilan siqiladi va ikkita fiksator bilan mah’kamlanadi; - oynaning elementlari orasidagi choklar germetik bekitiladi. Swri va h’avozalar ustida turib ishlaganda oynalar qistirmalar ustiga qirrasi bilan qwyiladi. Derazalar wrnidagi elementlarni mah’kamlanmagan h’olda qoldirish, oynani wrnatganda devorga suyab qwyiladigan narvondan foydalanish, shuningdek, ayrim elementlarni shakldor oynadan iborat twsiqlarga suyab qwyish taqiqlanadi.
6.5-rasm. G’ishtlarni joylashtirish va terish usullari: a – kwndalang qator uchun joylashtirish; b – bwylama qator uchun joylashtirish; v – kwndalang qatorda qorishmani qisib terish usuli; g – kwndalang qatorda qorishmani surib terish usuli; d – yarim surib terish usuli; 1, 2, 3 i 4 – bajarish ketma-ketligi.
12.4-rasm. G’isht terishda choklarni bog’lashning bir qatorli tizimi: a – fasad; b – twg’ri burchakli devor g’ishtlarini terish; v – tutashadigan devor g’ishtlarini terish;
12.5-rasm. G’isht terishda choklarni bog’lashning kwp qatorli tizimi: a – fasad; b – devor burchaklarini terish; v – tutashadigan devor g’ishtlarini terish
12.6-rasm. Ustunlarni terishning uch qatorli tizimi: a – 2x2 g’isht; b – 1,5x2 g’isht
Montaj ishlarini bajarish mah’orati “Montaj ishlari uchun qurilmalar va mexanizmlar bilan tanishtirish, montaj moslamalari, kranlar, pwlat arqonlar va ilmoqlar”
1. Montaj ishlari uchun asbob-uskunalar, qurilmalar va mexanizmlar; 2. Montaj moslamalarini ishlatish mah’orati; 3. Kranlarning turlari, pwlat arqonlar va ilmoqlar. Maruza mazmuni: 1. Konstruktsiyalarni montaj qiluvchilarning asbob va uskunalari Montaj ishlarida h’ar xil dastaki asbob va moslamalar, mashinalar h’amda inventar kerak bwladi; Montaj lomlari, yani misranglari, konstruktsiyaning loyih’ada kwrsatilgan h’olatda twg’ri wrnatilishini taminlash uchun foydalaniladi; Uchli-bolg’a konstruktsiyalarni twg’rilash maqsadida vaqtincha pona qoqish uchun ishlatiladi; Kurakcha qorishmani ёyib, tekislash va ortiqcha qorishmani sidirib olishga mwljallangan; Qorishma belkuragi yig’ma konstruktsiyalarni wrnatish vaqtida tayanch sirtlariga qorishma ёtqizish uchun kerak bwladi; quti shaklida bwlgan belkurak pwlat taxtadan yasaladi, wrnatilgan yig’ma konstruktsiyalarning gorizontal choklaridagi qorishmani zichlash uchun zarur; Qirg’ich va pwlat sim chwtkalar yig’ma konstruktsiyalar wrnatilgan tozalashda ishlatiladi; Zubilo, yani tarashlash iskanasi sirtidagi g’udda va notekisliklarni tarashlab tekislash h’amda wrnatilgan detallar sirtidagi beton notekisliklarni tozalash uchun mwljallangan; Andoza uzunligi 6000 mm gacha bwlgan surilma teleskopik truba bwlib, uchida plastinka twg’irlagich bor, ustunli poydevor shu asbob ёrdamida tekshiriladi. Ustunlarni burishga ёrdam beradigan moslama P-simon qamragichli dastadan iborat bwlib, bwlakli metall bilan kuchaytirilgan: Qorishma ёtqizish chorchwpi tik kanallarni berkitadigan qopqoqlar bwlib, shamollatish, santexnika va boshqa bloklar sirtida beton twshama h’osil qilish maqsadida ishlatiladi; Ushlagich reja devorbop bloklar va boshqa konstruktsiyalarni wrnatish vaqtida reja ipi shu ushlagichga bog’lanadi; Elektr gayka buragichdan chokli birikmalar boltlarining gaykalarini burab qotirish uchun foydalaniladi; Ywnaltiruvchi doirasimon rolik yirik panelli devorlarning tashqi choklariga elastik qistirma tiqish uchun ishlatiladi; Dastaki shprits ish h’ajmi katta bwlmagan h’ollarda choklarni h’avo wtkazmaydigan mastika twldirib bekitishga ishlatiladi.
“Chok-20” tipidagi elektr zichlagich yig’ma konsruktsiyalarning choklarini h’avo wtkazmaydigan mastika twldirib berkitish uchun foydalaniladi; Egiluvchan valli chuqur elektr tebratgich yig’ma konstruktsiyalarning choklaridagi beton qorishmani zichlash maqsadida ishlatiladi. Nazorat-wlchash asboblari: Buklama temir metr va wrama metrlar; Vaterpas (ёg’och, alyuminiy korpus ichida), egiluvchan vaterpaslar wrnatiladigan konstruktsiyalarning twg’riligini tekshirishga mwljallangan; Shovun-reyka shovun osib qwyilgan dyuralyuminiy xochdan iborat bwlib, tekshirilaёtgan konstruktsiyaning tikligini aniqlash uchun xizmat qiladi. İsh wrnini jih’ozlash uchun mwljallangan moslamalardan montajchilarning ish sharoitini yaxshilash h’amda meh’natni twg’ri tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Bunday moslamalarga kwchma maydonchalar, swrilar, osma va suyama narvonlar, osma kajavalar, ish wrni atrofini twsish uchun ishlatiladigan doimiy ih’otalar kiritiladi. Montajchilar brigadasining doimiy asbob-uskunalari: qorishma yashiklari, tarqatish idishlari, ёritgich machtalari, uychalar, kwchma chiroqlar, yig’ma elementlar markasini kwrsatgichlar, qurilish ashёlari uzatiladigan konteynerlar, mastikali gilzani isitish termoslari va boshqalar. Meёriy yig’ma deganda, g’isht terish va montaj ishlarini bajarish vaqtida foydalaniladigan mexanizatsiyalashtirish vositalari, asboblar, montaj uskunalari, nazorat wlchash asboblari yig’indisi tushuniladi. U brigada soni va ishchilar malakasiga qarab olinadi undan asosiy h’amda ёrdamchi ishlarni mexanizatsiyalashtirishda foydalaniladi. Meёriy yig’ma foydalanish meh’nat unumdorligini oshirish va ish yaxshilashga ёrdam beradi. Montaj moslamalari va jih’ozlari. Arqon montaj moslamalarining asosiy turi xisoblanadi. Konstruktsiyalarni kwtarish uchun kanop, kapron va boshqa xil arqon tortqichlar ishlatiladi. Pwlat arqon diametri 0,5-2 mm li simlardan eshiladi. Arqonlar eshilish usuliga qarab quyidagi xillarga ajratiladi: a) bir eshimli-aloh’ida simlardan eshilgan bwladi; b) ikki eshimli-avval simlardan tutamlar h’osil qilinadi , swngra shu tutamlardan kanat eshiladi. Pwlat arqonlar simlarning eshilganligiga qarab quyidagicha farq qiladi: Bir tomonlama eshilgan (tutamlardagi simlar va tutamlar bir ywnalishda eshilgan bwladi); Ayqash eshilgan (tutamlardagi simlar bir tomonga, tutamlar esa boshqa tomonga eshilgan bwladi). Pwlat arqonlar tutamlardagi simlarning bir biriga urinishi jih’atdan quyidagi turlarga ajratiladi: simlar nuqta bwyicha tegadigan (TK); simlari chiziq bwyicha tegadigan; simlari nuqtali- chiziqli tegadigan arqonlar. Tutamlardagi simlar soni qancha kwp bwlsa, arqon shuncha egiluvchan bwladi; vantalar (elkanli kemalarda machtani ushlab turadigan arqonlar) va tortqilar, yani tortib turuvchi kanatlar (6x 19=114 simdan eshiladi): yuk kwtaruvchi mexanizmlardagi eh’tiёt arqonlar (6 x 37=222 simdan eshiladi); yuklar osiladigan arqonlar, yani ilmoqlar (6x61=366 simdan eshiladi). Pwlat arqonlardan foydalanish. Arqonlar zanglamasligi uchun sim chwtka bilan loy kirdan tozalanadi, kerosinda h’wllangan latta bilan artiladi, swngra moylanadi. Arqonlarning sirtmoq h’osil qiladigan darajada egilib bukilishiga ywl qwymaslik kerak, shundagina ular uzoq vaqtga chidaydi. Nazorat meёrlariga muvofiq, arqonlar quyidagi h’ollarda nosozga chiqariladi: tutamlari uzilgan bwlsa; simlar ishqalanib eyilishi ёki zanglashi natijasida dastlabki diametri 40% va bundan kwproq kichraygan bwlsa; tutamlardagi uzilgan simlar soni jadvalda keltirilgan miqdorda bwlsa. Sim va tutamlar eshilgan arqonlarda simlarning chekli uzilish meёri. Eshilish qadami uzunligiga twg’ri keladigan uzuq simlar soni. Mustah’kamlik zah’irasi koeffitsienti Arqon konstruktsiyasi 6 gacha 6 dan 7 gacha 7 dan ortiq 1 2 3 4 6x9=54 12 14 16 6x37=222 22 26 30 6x61=336 36 38 40
Pwlat arqonlarning uchlarini qisqartirib, wrib h’amda ponali qisqich ёrdamida mah’kamlanadi. Arqonlarni ulash uchun moslamadan foydalaniladi. Osma ilmoq ёki h’alqali kanop bwlaklardan iborat bwlib, kwtariladigan konstruktsiya kranning shu ilmog’iga osiladi. Bu ilmoq tuzilishiga qarab quyidagi xillarga ajratiladi: universal - 19,5-30 mm diametrli kanatdan yasalgan tutash h’alqadan iborat; 10 tonnagacha yuk kwtara oladi; ikki tarmoqli; twrt tarmoqli “wrgimchak”simon (1-rasm); muvozanat saqlaydigan olti tarmoqli (blokli); barcha tarmoqlari bir tekisda baravar tortilib tarang bwlib turadi.
simarqonli; g – twrt tarmoqli simarqonli; 1-h’alqa ilmoq(koush); 2-sirtmoq; 3-ёpiluvchi ilmoq(karabin); 4-eh’tiёt tasmali ilmoq.
2-rasm. Universal ilmoqlar bilan kran osti twsinini osish: 1 – twsin; 2 – pwlat ostqwymalar; 3 - ilmoqlar Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling