ҚƏнигелик шеберлик
Hajmiy bloklardan bino qurish texnologiyasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yirik panellardan sinchsiz binolar qurishda bajariladigan montaj ishlari. Binoning er ostidagi qismini montaj qilish
- Binoning er ustki qismlarini montaj qilish
- Sinchsiz binolarni montaj qilish uslublari
- Aralash sinch elementlarini montaj qilish
Hajmiy bloklardan bino qurish texnologiyasi.
Hajmiy bloklarning turlari. Binoning yaxlit betondan bir ёki bir necha xonaga mwljallab tayёrlangan yaxlit konstruktiv elementlari h’ajmiy bloklar deb ataladi. Yaxlit h’ajmiy bloklar tayёrlanish usuliga qarab quyidagicha ataladi: “qalpoq”- bir turdagi blok twntarilgan qutini eslatadi; unga keyinchalik pol plitalari biriktiriladi; “stakan”- bu blokka keyinchalik ship panellari ulanadi; “ёtiq stakan”- bu blokning old devori bwlmaydi; bu devor wrniga keyinchalik tashqi panel wrnatiladi. Hajmiy bloklar qanday maqsadga mwljallanganligiga qarab oshxona, sanitariya bloklari, zina bloklari va xona bloklar kabi turlarga bwlinadi. Bloklarni tashish. Tayёr bloklarning massasi 18-25 tonna keladi; ular mah’sus jih’ozlanadigan maydonchali KrAZ-219B va KrAZ-221 avtomobillarida, shuningdek, egar nusxa MAZ-504 tortuvchi va yarim tirkamadan tashkil topgan avtopoezdda tashiladi. Hajmiy blokni montaj qilishda kwriladigan tayёrgarlik ishlari. Bloklarni montaj qilishdan oldin reja wqlar chiqariladi, bloklar wrnatiladigan joylar belgilanadi va montaj gorizontining wrni aniqlanadi. Tayanch yuzalarni tayёrlash bloklarning qay tarzda tayanib turishiga h’amda bloklar juftlashgan joydagi gorizontal tirqishlarga bog’liq. Perimetri bwyicha bir twg’ri chiziqda tayanib turadigan bloklar uchun qorishma qatlami 100-120 mm kenglikda ёtqiziladi. Gorizontal choklarga sintetik wralgan issiqlik izolyatsiyasi ashёsi bog’lama joylanadi. Hajmiy bloklarni ilmoqlash, wrnatish va tekshirish. Hajmiy bloklar montaj h’alqasidan traversa bilan kwtariladi; ilmoqning pishiqligini va ilmoqlari blokni puxta ilib olganligini tekshirib kwrish uchun blok avval erdan faqat 20-30 sm balandlikda kwtariladi. Blokning chayqalishiga ywl qwymaslik uchun traversaning burchagiga bog’langan arqon bilan tarang tortib turiladi. Hajmiy bloklarni wrnatish quyidagi operatsiyalarni wz ichiga oladi; Twg’rilash-bunda blok wrnatiladigan joy tepasidan 20-30 sm balandlikda osilib turadi; Pastda joylashgan blokning tashqi qirrasi ёki wqlardagi chiziqchalarga qarab orientirlash; Loyih’ada kwrsatilgan vaziyatda wrnatish; bunda blok tayanch maydonlarga tegib turishi kerak, lekin ularga tayanmasligi lozim. Ana shu vaqtda wrnatiladigan elementlar orasidagi tirqishning kengligi, blok qirralarning tikligi, blok tashqi yuzasi bilan binoning fasad tekisligining bir-biriga mosligi tekshiriladi. Blok wrnatiladigan joyga tushirilgach, uning vaziyati tekshiriladi, swngra kran ilmoqlari blok h’alqalaridan chiqariladi. Hajmiy bloklarni besh kishidan iborat zveno wrnatadi. İsh paytida zveno boshlig’i blok wrnatiladigan balandlikda joylashadi; ikkinchi montajchi orqa devorcha tomonda turadi; uchinchi montajchi ilgari wrnatilgan blok ustiga chiqib olib, zveno boshlig’i bilan birgalikda blokning tashqi qirrasini tegishli tomonga ywnaltiradi. Zvenoning qolgan azolari ilmoqlarni ilintirish va chiqarib olish h’amda quyma elementlarni payvandlab biriktirish bilan shug’ullanadi. Montaj ishlarini bajarish izchilligi. Binoning birinchi qavatida bloklar wrtasidan cheti tomon wrnatiladi, shunday qilganda rejalash ishlarida xato yuz bermaydigan va yig’ma elementlar wlchami aniq chiqadi.
Binoning keyingi qavatlari bloklarini wrnatishda ilgari ёtqizilgan bloklarning qirralariga qarab mwljal olinadi. Krandan uzoqdagi qatorlarning bloklari birinchi navbatda wrnatiladi. Bloklarning birikish joylaridagi tirqishlarni berkitish. Gorizontal choklar (bloklar orasidagi oraёpma sath’idagi tirqishlar) montaj jaraёnida berkitiladi. Vertikal tirqishlarga ruberoidga wralgan issiqlik izolyatsiyasi paketi tiqiladi; paket ilgari wrnatilgan blokning vertikal tekisligiga bitum mastika bilan ёpishtiriladi. Choklar tashqi tomondan tsement qorishma bilan suvab bekitiladi; bu vaqtda montajchi ilgari wrnatilgan bloklarning montaj h’alqalariga osilgan kajavada turib ishlashi kerak. Yirik panellardan sinchsiz binolar qurishda bajariladigan montaj ishlari. Binoning er ostidagi qismini montaj qilish. Poydevor plitalarini montaj qilish. Handaq tubi loyih’alangan belgiga etkazib tozalanadi; reja wqlari kwchiriladi; poydevor tashqi cheti bwylab reja ip tortiladi. Avval binoning burchaklariga h’amda kwndalang devorlarining wzaro tutashadigan joylariga blok-plitalar wrnatiladi. Nishon bloklar bir-biriga nisbatan perpendikulyar tortilgan rejalar bwyicha ёtqizilib, ularning vaziyati gorizontal va vertikal ywnalishda tekshiriladi. Nishon bloklar ustiga reja ip tortilib, shu ip bwyicha poydevor plitalar ёtqiziladi. Bloklarning montaj h’alqalari qirqib tashlanadi, ёtqizilgan bloklarning sirti qorishma twshab tekislanadi. Tsokol qavati panellarini montaj qilish. Reja wqlari kwchirilgach, panellarni wrnatish joylari belgilanadi, montaj gorizonti aniqlanadi, nishonlar (h’ar panelga ikki qatordan) wrnatiladi. Ёyilgan qorishma qatlami ustiga avval tashqi devorlarning panellari wrnatiladi. Panellar poydevor plitalaridagi chiziqchalarga qarab, mwljallanadi va montaj lomlari ёrdamida twg’irlanadi, tirgovichlar qwyiladi va reyka -shovun bilan tekshiriladi. Tashqi devorlarning panellari wrnatilib bwlingach, bwylama va kwndalang ichki devorlarning panellari xam shu texnologik izchillikda wrnatiladi. Bu ishlarni twrt kishilik zveno bajaradi. Zveno azolaridan ikkitasi panellarni wrnatsa, qolganlari panellarni kran ilmoqlariga ilish va navbatdagi panel wrnatiladigan joyni tayёrlash bilan shug’ullanadi. Binoning belgilangan qismidagi panellar wrnatilib bwlingach, quyma detallar payvandlab biriktiriladi va tirqishlari yaxlit beton quyib berkitiladi. Tsokol qavatning panellarini vaqtincha maxkamlab qwyish uchun maxsus montaj uskunalaridan foydalaniladi. Bunda tsokol qavatni montaj qilish ishlari kwndalang devor panellarini wrnatishdan boshlanadi. Bu panellar poydevor plitalaridagi chuqurchalarga moslab wrnatiladi, ayni paytda ularning vertikalligi teodolit ёrdamida tekshiriladi. Swngra bwylama devorlar panellari wrnatilib, xar bir panel wq bwyicha qisib turadigan qisqichli gorizontal shtangalar bilan maxkamlab qwyiladi. Kran ёrdamida uzatilgan panel wrnatiladigan joyidagi qorishma qatlami tepasida 30 — 40 mm balandlikda osilib turadi, shu payt unga avval ostki shtanga, swngra ustki ikkita shtanga biriktiriladi, shundan keyin panel joyiga tushiriladi. Natijada konstruktsiya loyixada kwrsatilgan vaziyatda majburan wrnashadi. Tashqi devorlarning panellari chiziqchalarga moslab ёki reja ip bwyicha wrnatiladi; ular tekshirilgach, ichki devorlarning panellariga surilma skobalar vositasida biriktiriladi. Swngra gorizontal choklardagi qorishma zichlanadi. Oraёpma panellarini wrnatish. Wrnatilgan konstruktsiyalar doimiy ravishda mah’kamlab qwyilgach va kanallar qurish, ventilyatsiya bloklari tagiga tayanchlar wrnatish va pol osti twshamasini tayёrlab bwlgach, oraёpma panellarini wrnatishga kirishiladi. Tsokol qavatni berkitib turadigan panellar olti tarmoqli ilmoq bilan bog’lagich ёrdamida wrnatiladi. Panellar nishonga moslab qorishma qatlamiga ёki qorishmasiz ёtqizilib, choklari zichlanadi, panellarning tayanch maydonchalarining wlchamlari tekshiriladi. Bu ishlar bilan twrt montajchidan iborat zveno va bir elektr payvandchi shug’ullanadi. Binoning er ustki qismlarini montaj qilish. Montaj ishlarini boshlashdan ilgari quyidagilar bajariladi: pastki qavat konstruktsiyalari elementlari doimiy mah’kamlab qwyiladi; wrnatilgan konstruktsiyalarning ijro sxemalari tuziladi; reja wqlar chiqariladi, montaj gorizonti aniqlanadi va nishon (h’ar elementga ikkitadan) wrnatiladi; tayanch yuzalar xas-chwpdan, qor va yaxdan, quyma detallar esa ёpishib qolgan betondan va zangdan tozalanadi. Tashqi devorlar panellarini montaj qilish. Panellarning loyih’adagi vaziyati belgilanib, nishonlar wrnatilgach, g’ovakka izol twshaladi va mayaklardan 5-10 mm balandroq qilib qorishma qatlami ёtqiziladi. Wrnatiladigan panel binoning tashqi tomonidan uzatilib, loyih’ada kwrsatilgan wrni tepasida 20 - 30 sm balandlikda osilib turadi. Chet tomonidagi ikki montajchi panelni qabul qiladi, uning qirrasini andozaning chiziqchalariga ёki tayanch qirralariga tekkizib qwyib, montaj lomlari ёrdamida panelni joyiga wrnatadi. Panellar tirgovichlar bilan mah’kamlanadi. Montaj h’alqalari panelning sirtidan baland chiqib turgan bwlsa - qisuvchi kallakli tirgovichdan foydalaniladi, montaj h’alqalar chuqur joylashgan bwlsa- strubtsinali tirgovich qwllaniladi. Panelning montaj h’alqa (quyma detall)lari 1,7-1,8m balandlikda joylashgan bwlsa, panel qisqa tirgovich bilan mah’kamlanadi. Tirgovichlar oraёpma plitalarining teshiklariga ёki montaj h’alqalariga biriktiriladi. Panellarning vertikalligi ularning ёn va chet qirralariga reyka -shovun qwyib kwrib tekshiriladi. Montajchilar swriga chiqib, panellarning montaj h’alqalaridan kran ilmoqlarini chiqarib olishadi. Qisqa tirgovichlar ishlatilgan h’ollarda ilmoqlarni chiqarish uchun montajchilar oraёpmada turgan h’olda distantsion qurilmadan foydalanishadi. Tashqi panellarni montaj qilish ishini twrt montajchi va bir elektr payvandchidan iborat zveno bajaradi. İchki devor panellarini montaj qilish. İsh bikir tugun h’osil qilinadigan negiz panellar (ikkita kwndalang va bitta bwylama)li wrnatishdan boshlanadi. Negiz panellarning h’ar biri ikkita tirgovich bilan suyab qwyiladi, ularning vertikalligi teodolit ёrdamida tekshiriladi. Swngra texnologik xaritaga muvofiq qolgan panellar xam wrnatiladi. Dastlab tirgakli pwlat tasma tortib taranglanadi, montaj gorizonti satxida nishonlar (xar panelga ikki uchtadan) wrnatiladi va qorishma qatlami ёtqiziladi. Wrnatilaёtgan panel montaj lomlari ёrdamida pwlat tasmaning tirgagiga bosib turiladi (tasma kwndalang wqlar chiziqchalariga mos xolda wrnatilgan bwladi). Panellar yuqorigi tomonidan gorizontal shtangalar bilan ёki texnologik teshiklardan wtkazilgan shtangalar bilan maxkamlanadi. Shtangalarni wrnatilgan xolatida ushlab turuvchi qurilmalar orasidagi wlcham wzgarmaydi, shunga kwra panelning yuqorigi tomoni loyixada kwrsatilgan vaziyatni egallaydi, shu boisdan panelning vertikalligini tekshirishga xojat qolmaydi. Tashqi devor panellari kabi, ichki devor panellarini xam individual montaj uskunalari ёrdamida maxkamlab qwyish mumkin. Bunda panelning ostki tomoni chiziqchalarga muvofiq
wrnatiladi, panelning vertikalligi esa reyka -shovun bilan tekshiriladi. Panellarni maxkamlab qwyish uchun tirgovichlar, universal tirgaklar, burchak qisqichlari qwllaniladi. Montaj ishlarini bajarish izchilligi tashqi devorlardagi tirqishlarning turiga bog’liq. Agar elimlab ёpishtiriladigan izolyatsiya qwllash va germetiklarni tashqi (bino) tomondan qistirish kwzda tutilgan bwlsa, u xolda dastlab tashqi panellar wrnatiladi. Boshqa xollarda montaj ishlari ichki devorlar panellarini wrganishdan boshlanadi. Oraёpma plitalarini montaj qilish. Barcha devor panellari wrnatilib, uzil kesil maxkamlab qwyilgach va bino qavatiga zarur ashёlar xamda konstruktsiyalar chiqarilib, taxt qilib qwyilgach, oraёpma plitalarini wrnatishga kirishiladi. Oraёpma plitalari qurilish maydonchasiga vertikal xolatda keltiriladi. Ularni ёtqizib qwyish uchun chorchwp romli statsionar bog’lagichlardan ёki yuk qamragich qurilmasi bwlgan avtomatik bog’lagichlardan foydalaniladi. Plitalar zina saxnidan boshlab wrnatiladi. Avval tayanch sirtlariga nishonlar wrnatiladi va qorishma ёtqiziladi. Bu ish bilan twrt montajchidan tuzilgan zveno shug’ullanadi. Kran uzatgan panel wrnatiladigan joyi tepasida 20 - 30 sm balandlikda osilib turadi. Montajchilar uni qabul qilib, ayni wrnatiladigan joyiga tushiradilar. Lom ёrdamida panelning burchaklari twg’rilanadi. Panelning tayanish chuqurligi loyixadagidan kam bwlmasligini, uning yuqorigi qirrasidagi chiqiq 13 mm dan, pastki qirrasida esa 5 mm dan ortib ketmasligini kuzatish lozim. Shundan keyin kran ilmoqlari montaj xalqalaridan chiqariladi. Sanitariya - texnika kabinalarini wrnatish. Kabinalar oraёpmadagi chiziqchalarga muvofiq wrnatiladi. Kanalizatsiya va suv wtkazish quvurlari biriktiriladi. Wrnatilgan kabinalarning vertikalligi reyka-shovun bilan tekshiriladi. Sinchsiz binolarni montaj qilish uslublari Erkin montaj uslubi individual montaj uskunalari (tirgovichlar, qisqich va x.o.)dan foydalanishga asoslangan. Elementlar chiziqchalar bwyicha wrnatiladi, ularning vertikalligi reyka -shovun bilan tekshiriladi. Bu metodda qwl mexnati kwp sarf bwladi, konstruktsiyaning wrnatilish aniqligi montajchilarning malakasiga va ishni vijdonan bajarishlariga bog’liq. Cheklangan erkin montaj uslubi dorsimon - tinchlantirgich kwrinishidagi guruxli montaj uskunalaridan foydalanishga asoslangan; dorsimon-tinchlantirgich wrnatilaёtgan panelning ustki tomonini loyixalangan vaziyatda maxkam ushlab turadi; shuning uchun panelning vertikalligini tekshirishga va twg’rilashga xojat qolmaydi. Panellar shu uslubda wrnatilganda qwl mexnati tejaladi va panellarning joylashish aniqligi ortadi. Biroq montaj uskunalari murakkab bwlgani sababli bu uslub qurilishda keng tarqalmadi. Fazoda wz -wzidan maxkamlab montaj qilish uslubi panellarni joyiga wrnatilganda ulardagi quyma detallarning wzaro maxkamlanishiga asoslangan. Bunda wrnatish, vaqtincha ma^kamlab qwyish va tekshirish - twg’rilash kabi operatsiyalar qwshilib ketadi, montaj uskunasi h’amda wrnatish belgilari qwyish, payvandlab biriktirish talab qilinmaydi. Binoning belgilangan joyida panellar wrnata boshlashdan oldin montaj gorizontini aniqlash, nishonlar wrnatish, bazi wqlar chiqarish, qoziqcha - belgilagichlarning vaziyatini tekshirish zarur. Dastlab tirgovuchlar bilan mah’kamlab qwyiladigan negiz panellar wrnatiladi. Swngra bir guruedagi konstruktsiyalar va eng oh’irida tashqi panel wrnatiladi. Devor panellari ikkita qoziqcha - ulanadi. Oraёpma panellarining boshqa elementlari, shamollatish bloklari va boshqalar odatdagi tartibda wrnatiladi. Swngra ustunlarning tokchalariga birinchi va ikkinchi qavat xarilari ёtqiziladi va payvandlanadi, keyingi birinchi va ikkinchi yaruslarning ustunlararo plitalari wrnatiladi. Sinch guruxining barcha elementlari wrnatilib bwlgach payvandlangach, rom- sharnirli indikator kran ёrdamida yangi pozitsiyaga kwchiriladi. Bwshatilgan gurux avval birinchi qavatning, swngra ikkinchi qavatning oraёpma plitalari ёtqiziladi. Binoning navbatdagi yarusini montaj qilish twrtta konduktor wrnatishdan boshlanadi; bu konduktorlar bwylama va kwndalang tortqilar vositasida wzaro biriktirilgan. Birinchi xolatda 16 ta ustun wrnatiladi. Ular wrnatilib bwlgach,konduktorlar kwchirilib, navbatdagi turish joylariga 8 -tadan ustun wrnatiladi. Rom-sharnirli indikatordan foydalanib sinch katagi montaj qilish ustunlarni wrnatishdan boshlanadi; xar bir ustun indikatorning burchak tayanchi oddiga kran ёrdamida extiёtlik bilan olib kelinib pastdagi ustunning kallagiga sekin-asta wtkaziladi, ustunning ostki tomoni montaj lomi
ёrdamida twg’rilanadi, bunda wrnatilaёtgan elementlarning qirralaridagi chiziqchalarning bir-biri twg’risida joylashishiga etibor berish kerak. Ustunning loyixadagi vaziyatda joylashtirilgan yuqorigi tomoni qaytarma belbog’ining suyab turuvchi qirrasiga mah’sus qurilma ёrdamida siqib mah’kamlanadi. Kwp qavatli binolarni montaj qilish texnologik izchilligi. Wrnatilgan konstruktsiyalarning turg’unligi va barqarorligini taminlash. Kwp qavatli sinchli binoning er ustidagi qismi qavatma - qavat ёki yarusma -yarus quriladi. Montaj ishlarini boshlashdan ilgari quyidagi tadbirlar bajariladi: pastki qavat konstruktsiyalarini yig’ish nih’oyasiga etkaziladi, konstruktsiyalar uzil-kesil maxkamlanadi; tirqishlarni bekitish uchun mayda toshli beton ishlatiladi; reja wqlar ustunlarning kallaklariga ёki oraёpmalarga kwchiriladi, montaj gorizonti aniqlanadi va qurilgan qavat (yarus)ning ijro sxemasi chiziladi. Navbatdagi qavat ёki yarusni montaj qilish inshootning fazoviy bikirligini ёki turg’unligini taminlaydigan elementlarni wrnatishdan boshlanadi. Dastlab krandan eng uzoqdagi elementlar wrnatiladi. Har bir yarus aloxida bloklarga bwlib bir ёki ikki qavat balandligida montaj qilinadi. Xar bir blok twrt dona ustun, xari va oraёpma plitadan iborat bwladi. Konstruktsiyalarning tegishli joylari payvandlab ulangach va juftlashtirilgan joylardagi tirqishlar betonlab bekitilgach, qwshni blokni yig’ishga kirishiladi. Binoning turg’unligini oshirish uchun karkas quraёtgan vaqtda kwtarib turuvchi devorlar xam qurilishi lozim. Devor qurish sinch qurish ishlaridan faqat bir qavat orqada qolishi mumkin. Sinchning qurilgan qismi mustaxkamligini taminlash uchun ustunlar orasiga vaqtincha montaj kashaklari wrnatiladi. Konstruktsiyalarni guruxli montaj uskunalaridan foydalanib wrnatish elementlarni vaqtincha maxkamlash ishlarini ularning vaziyatini twg’rilash ishlari bilan qwshib olib borishga imkon beradi. Rom - sharnirli indikator kwp qavatli kataklardan iborat bwlib, etajerkaning swrilari doiraviy shakldadir. İndikatorning ustki tomonidagi erkin rom bwyiga va kwndalangiga xarakatlanadigan mexanizmlar bilan jixozlangan; bu mexanizmlarning burchaklarida joylashgan qaytarma belbog’lari sinch ustunlarini vaqtincha mah’kamlab qwyish uchun xizmat qiladi. Birinchi va ikkinchi qavat sath’ida buriladigan kajavalar xarilar wrnatish vaqtida montaj payvandlash ishlarini bajarish uchun mwljallangan.
Kranosti pwlat twsinlarini montaj qilish. Ustunlar tekshirilgach va poydevorlarning tirqishlariga quyilgan beton qotib, uning mustah’kamligi loyih’adagi mustah’kamligining 70% iga etgach, kranosti twsinlari wrnatilib boshlanadi. Kranosti twsinlarini wrnatish joyiga uzatishda kranning ilmog’i twsinning ikki joyiga biriktirilishi lozim, shu maqsadda yarim avtomatik universal ilmoqdan foydalaniladi ёki twsin yuqorigi belbog’ining h’alqasidan ilib kwtariladi. Twsinlar reja chiziqlarini bir-biriga twg’ri keltirib ustunlarning tokchalariga ёtqiziladi, balandligi tagliklar ёrdamida twg’rilanadi. Ёtqizilgan twsinlarning twg’ri joylashganligi (rejadagi kwrinishi), devorlarning vertikalligi, ustki sirtlarning nuqtalari, parallel joylashgan twsinlar qatorlari orasidagi masofa, qwshni twsinlarning birikkan uchlarining past - balandligi tekshiriladi. Twsinlar sinch ustunlariga payvandlab ёki boltlar ёrdamida juda aniq va puxta biriktiriladi. Pwlat fermalarni montaj qilish. Ustunlar uzil -kesil mah’kamlanib, vertikal kashaklar va kranosti twsinlari wrnatilib bwlgandan keyin pwlat fermalar montaj qilina boshlanadi. Stropilaosti va stropila fermalarini wrnatiladigan joyiga uzatish vaqtida yuqorigi belbog’ birikmalaridan yarim avtomatik ёki avtomatik ilmoqlar ёrdamida kwtarish, bunda traversadan foydalanish lozim. Fermalarga kwtarish oldidan kajavalar, narvonlar osiladi, pastki belbog’ bwylab kanat tortiladi. Kwtarilaёtgan ferma chayqalmasligi uchun uning uchlariga tortqilar bog’lanadi. Fermalar kashaklar joylashgan joydan wrnatila boshlanadi, qwshni stropila fermalarining yuqorigi va pastki belbog’lari shu erga vertikal va gorizontal kashaklar bilan biriktirib qwyilgan bwladi. Dastlab wrnatilgan ferma ustunlarga ёki stropilaosti fermalariga biriktiriladi va kamida twrtta tortqi bilan tortib qwyiladi. Tortqilarning bir uchi yuqorigi belbog’ga, ikkinchi uchi esa yakorga bog’lanadi. Navbatdagi fermalarning h’ar biri ilgari wrnatilgan doimiy ёki muvaqqat kashaklarga biriktiriladi. Fermalarni wrnatish vaqtida montajchilar ustunlariga wrnatilgan swrilarga joylashib oladi. Fermalarni tekshirish quyidagilarni wz ichiga oladi; belbog’larning twg’ri chiziqligini kanop ip ёki sim ёrdamida tekshirish; fermalar tekisligining tiklik darajasini shovun ёrdamida aniqlash. 1{wshni fermalar orasidagi masofa kashaklar, tirgovuchlar, xarilar (loyih’ada kwzda tutilgan bwlsa) qwyish ywli bilan nazorat qilinadi. Yig’ib wrnatilgan konstruktsiyalar elektr ёy ёrdamida payvandlab ёki boltlar ёrdamida uzil-kesil maxkamlanadi. Ёrdamchi ustunni montaj qilish. Tashqi qatorlardagi kolonnalar orasiga ustun, yani ёrdamchi sinch quriladi; ёrdamchi sinch prokat ёki yig’ma elementlardan iborat.
Ёrdamchi ustun yirik sektsiyalar xolida wrnatiladi, xar sektsiya xarilar, vertikal impostlar va deraza romidan tashkil topadi. Chetki devorlarga wrnatiladigan ёrdamchi ustun qismlarining tirgaklari tirgovuchlari va kashaklari bwladi. Ёrdamchi ustunning yig’ilgan qismi ikki joyidan bog’lab kwtariladi, ularni montajchilar qabul qiladi, wrnatiladigan joyiga twg’rilaydi xamda maxkamlaydi; montajchilar kajavalarda ёki narvonlarda turib ishlaydilar. Wrnatilgan sektsiyalar kwzdan kechirilgach va geodezik asbob ёrdamida tekshirilgach, ustunlarga payvandlanadi ёki boltlar ёrdamida biriktiriladi. Shakldor taxtalardan tayёrlangan panellarni wrnatish. Sanoat binolarining tashqi devorlariga tashqi qoplama va issiqlik wtkazmaydigan plitadan iborat panellar ishlatiladi. Bunday panellarning metall chorchwpi bwladi, chorchwpga tashqi va ichki qoplamalar h’amda issiqlik wtkazmaydigan qutilar biriktiriladi. Panellar faxverkning gorizontal elementlariga boltlar ёrdamida biriktiriladi. Bino tomiga ёpiladigan fazoviy bloklar andozaviy qismlar (quvurlar prokat shakllar) dan tayёrlanganligi sababli tom ёpmasi ancha engil bwladi. Tuzilmali (strukturali) konstruktsiyalarning barcha elementlari avtomat liniyalarda tayёrlanadi; ularni yig’adigan montajchilarning yuqori malakali bwlishi talab qilinmaydi; tom ёpmasi yiriklashtirilgan bloklar h’olida ёtqiziladi. Sanoat binolari, sport, savdo obektlari va boshqa inshootlar tomi engil bwladi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling