“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo‘lib


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1706224
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo‘lib, 
Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli 
metallar ishlab chiqaradi. 
• 
Shuningdek O‘zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, 
Sc, Te, Se kabi ko‘plab metallar konlari mavjud 
2,7 g Alyuming necha g temirni temir qo‘sh oksidi (Fe3O40 dan siqib chiqaradi 
3Fe3O4+ 
4Al2O3 + 
216g- 504 g(Fe) X=
= 6,3g fe 
2,7g-X 2,7 g alyuminiy 6,3 g temirni siqib chiqaradi
ISHQORIY METALLAR 
I guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. 
Guruhning umumiy nomi ishqoriy metallar deb ataladi. Chunki, ularning 
gidroksidlari o‘yuvchi ishqorlardir. Fransiy – radiaktiv va kam o‘rganilgan element. 
Uning yarim yemirilish davri 22 minut. 
 
TARIXIY MA’LUMOTLAR 
Eng yengil metall litiyni 1817 yil shved kimyogari Iogann Avgust 
LiAl[Si
4
O
10
]-petalit mineralidan olgan. Bertselius bu elementga “litiy” nomini taklif 


qilgan. U mineraldan topilgan birinchi ishqoriy metall. Uning nomi grekchadan 
kelib chiqqan va “Litos” – tosh ma’nosini anglatadi.
Natriy birikmalari insonlarga qadim zamonlardan ma’lum. Natriy xlorid tuz-
oziq-ovqat maxsulotlarining sifatini oshirishda ancha vaqtlardan beri ishlatilib 
kelinadi. Qadimgi greklar ichimlik sodasini bilishgan, alximiklarga natriy gidroksid 
ma’lum bo‘lgan. Natriy oddiy modda sifatida 1807 yil Angliyalik olim Gemfri Devi 
tomonidan ochilgan. Devi qattiq natriy gidroksidni elektroliz qilib metal holidagi 
natriyni olgan va uning birikmalarini birinchilardan bo‘lib o‘rgangan. Devi soda deb 
nomlagan bo‘lsada, aslida ham element nomi grekchada “nitron” – soda ma’nosini 
anglatadi. (o‘yuvchi natriy kaustik soda deb ataladi). 
Kaliyni Gemfri Devi natriydan bir oz avvalroq qattiq kaliy gidroksidni 
elektroliz qilib olgan. Element nomi arabchadan olingan bo‘lib, “al kali”-ishqor 
na’nosini anglatadi; Devi uni potash deb nomlagan va u nom Angliyada saqlanib 
qolgan (inglizchada o‘yuvchi kaliy-o‘yuvchi potash). 
Rubidiy 1861 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert 
Kirxgof tomonidan ochilgan. Element lipedolit mineralini spectral analiz qilish 
orqali aniqlangan. Bu mineral spektrida to‘q qizil rang hosil bo‘lganligi rubidiy 
borligidan dalolat beradi. Birinchi marta Robert Vilgelm Bunzen metallsimon 
rubidiyni olishga erishgan. Uning nomlanishi lotincha “Rubidus” ya’ni to‘q qizil 
degan ma’noni anglatadi.
Seziyni 1860 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert 
Kirxgoflar spektrlarda ikkita yorqin ko‘k chiziq hosil bo‘lganligidan 
aniqlashgan. Uning nomi lotinchadan olingan bo‘lib, “sezius” - havorang-ko‘k. 
D.I.Mendeleyev tomonidan № 87 elementning kashf etilishi oldindan aytib 
o‘tilgan. Radioaktiv element xisoblangan Fransiyni 1939 yil fransuz olimi Margarita 
Per ochgan. Uning nomi Fransiya davlati hurmatiga qo‘yilgan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling