Farg’ona davlat universiteti fizika kafedrasi Umumiy astronomiya kursidan masalalar to’plami Farg’ona – 2017


Download 352.5 Kb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi352.5 Kb.
#1620166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
UMUMIY ASTRONOMIYA masalalar to\'plami


farg’ona davlat universiteti
fIZIKA Kafedrasi


Umumiy astronomiya
kursidan


masalalar to’plami


Farg’ona – 2017


I.Bob. Osmon sferasi va astronomik koordinatalar sistemalari.
§ 1. Osmon sferasi.


Asosiy iboralar: olam o’qi, olam ekvatori, gorizont, shoqul chizig’i, osmon meridiani.
Radiusi ixtiyoriy bo’lgan faraziy shar sirtiga osmon yoritgichlari vaziyatlarining proyeksiyalari tushirilgan, markazida kuzatuvchi joylashgan sferaga, osmon sferasi deyiladi. Osmon sferasidagi masofani faqatgina burchak birliklarida, masalan graduslarda o’lchash mumkin. Oy va Quyoshning ko’rinma burchak diametri taxminan 1/20 ekanligini esga saqlash kerak. Ma’lum-ki 10 markaziy burchakga to’g’ri keluvchi yoyning uzunligi, aylana radiusini 1/57 qismiga taxminan tengdir. Demak Oygacha va Quyoshgacha bo’lgan masofa ularning chiziqli diametridan taxminan 114 marotaba kattadir. 1II yoki sin 1II -ga mos keluvchi yoy uzunligi esa, radiusning 1: 206 265 hissasiga tengdir.
Shoqul chizig’i osmon sferasini ikki diametri qarama-qarshi nuqtalarda kesishadi (rasm 1), Z- zenit va Z'-nadir nuqtalarida. Zenit kuzatuvchini tepasida joylashgan. Osmon sferasini markazidan o’tuvchi yuzasi shoqul chizig’iga perpendikulyar bo’lgan aylanaga matematik gorizont deyiladi. Kuzatishlar ko’rsatadi-ki osmon sferasidagi yoritgichlarni mavqyei o’zgarib turadi. Quyosh, Oy va ba’zi yulduzlar sharqda chiqib, g’arb tomonda botadilar. Ba’zi yoritgichlar esa shimol tomonda joylashgan qutb yulduzi atrofida aylanganday bo’lib ko’rinadi. Aylanish jarayoni barcha yoritgichlar birgalikda aylanayotganini ko’rsatadi. Osmon sferasining bu tarzda aylanishi har sutkada takrorlanib turadi, shuning uchun bunday harakatga sutkali harakat deyiladi. Osmon sferasining sutkali harakati ko’rinma harakatdir, chunki osmon emas, balki Yer o’z o’qi atrofida, osmon sferasining harakatiga teskari yo’nalishda g’arbdan sharqga tomon aylanayotgan bo’ladi. Biz bu harakatni sezmaymiz, chunki biz barcha Yerdagi predmetlar bilan birgalikda bir xil yunalishda, bir xil tezlik bilan aylanamiz.
Agar osmon sferasini bir tekis aylanuvchi sfera deb olsak, uni aylanishi o’qi kuzatuvchi ko’zi va qutb yulduzi yaqinidan o’tadi, ana shu o’qqa olam o’qi deyiladi. Olam o’qi osmon sferasini R shimoliy va R/ janubiy qutblarda kesishadi. Yuzasi olam o’qiga perpendikulyar bo’lgan osmon sferasining markazidan o’tuvchi tekislikga osmon (yoki olam) ekvatori deyiladi. Shoqul chizig’i va olam o’qi yotuvchi tekislikga meridian tekisligi deyilib, u osmon sferasini osmon meridiani chizig’ida kesishadi.
Gorizont chizig’i meridian chizig’i bilan janubiy (S) va shimoliy (N) nuqtalarda kesishsa, gorizont tekisligi meridian tekisligi bilan NOS- tush chizig’ida kesishadi. N nuqta kuzatish joyining R nuqtasi pastida joylashgan bo’ladi. Ekvator gorizont bilan Ye- sharqiy va W- g’arbiy nuqtalarda kesishsa, meridian bilan ham ikki nuqtada Q- yuqori va Q/- quyi nuqtalarda kesishadi.





Download 352.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling