Farg’ona davlat universiteti fizika kafedrasi Umumiy astronomiya kursidan masalalar to’plami Farg’ona – 2017


§3. Yoritgichlarning kulminasiyasi. Geografik kengligini va osmon yoritgichlarini koordinatalarini aniqlash


Download 352.5 Kb.
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi352.5 Kb.
#1620166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
UMUMIY ASTRONOMIYA masalalar to\'plami

§3. Yoritgichlarning kulminasiyasi. Geografik kengligini va osmon yoritgichlarini koordinatalarini aniqlash.


Asosiy iboralar: kulminasiya, geografik kenglik, og’ish, zenit masofa.

Yoritgichlarni osmon meridianini kesib o’tish hodisasiga yoritgichning kulminasiyasi deyiladi. Osmon meridianini yuqori qismini kesib o’tishda yoritgich yuqori kulminasiyada pastgi qismini kesib o’tishda quyi kulminasiyada bo’ladi.


Yuqori kulminasiyada, yoritgich meridianni kesib o’tishida soat burchagi t=0, yulduz vaqti yoritgichni to’g’ri chiqish koordinatasiga  - ga teng bo’ladi.
Quyi kulminasiyada bo’lganda, yoritgich zenitdan eng katta masofada orqaga qolib, yulduz vaqti S = +12soat bo’ladi. Rasm 7 –dan ko’rinib turibdi, ki yoritgich yuqori kulminasiyada bo’lganda, uning og’ishi , zenit masofasi Z va kuzatish joyining geografik koordinatasi  quyidagicha boqlangandir.
Z=( - )
Bu formulada « + » alomati yoritgich zenitdan janub tomonda, « - » alomat esa zenit va shimoliy qutb orasida kulminasiyada bo’lganda olinadi.




Rasm 7. Osmon sferasining meridian tekisligidagi proyeksiyasi.
Bu formulaga kiruvchi ikki kattalik ma’lum bo’lsa, uchinchisini qiymati formula yordamida topiladi. Ko’pchilik shaharlar uchun  - ning qiymati spravochniklardan yoki geografik koordinatalarni jadvallaridan olinadi. Ko’pchilik yoritgichlar uchun -qiymati yoritgich kulminasiyada bo’lganida zenit masofaning o’lchashlaridan (agar geografik kenglik ma’lum bo’lsa) foydalanib hisoblab topiladi.
Yoritgichni ikki kulminasiyasida zenit masofasini o’lchash yo’li bilan  va  ning qiymatini birdan topish ham mumkin. Rasm 8 – da  - kenglikda turuvchi kuzatuvchi uchun osmon sferasi ko’rsatilgan.




Rasm 8. Botmaydigan va chiqmaydigan yulduzlar aylanalari.

Bunday kuzatuvchi uchun botmaydigan yulduzlarni sutkali yo’li botmaydigan yulduzlar aylanasi va shimoliy qutb orasida joylashsa, chiqmaydigan yulduzlar sutkali yo’li chiqmaydigan yulduzlar aylanasi va janubiy olam qutbi orasida joylashadi.


Mavzuga doir masalalar yechish:

  1. Geografik kengligi  bo’lgan kuzatish joylaridagi kuzatuvchilar uchun yuqori kulminasiyasida bo’lgan yulduzlarni azimuti nimaga teng bo’ladi? Barcha yulduzlar uchun uning qiymati bir xilmi?

Javob: Azimut gorizont aylanasining S nuqtasidan boshlab o’lchanganligi va S gorizont aylanasini osmon meridiani bilan kesishish nuqtasi bo’lganligi sababli < bo’lgan yoritgichlar uchun (Rasm 7 – ga qarang) azimut 00 ga teng bo’lsa, > bo’lgan yoritgichlar uchun A=1800 bo’ladi.

  1. Sizning shahringizda qanday yulduzlarni azimuti hyech qachon nolga teng bo’lmaydi?

Javob: Samarqand shahri uchun  = 39039/ minut bo’lganligi sababli og’ish koordinatasi >39039/, ya’ni zenitdan shimol tomonda kulminasiyalanuvchi yoritgichlarni azimuti hyech qachon nolga teng bo’lmaydi.

  1. Moskva va Addis – Abeba shahrlari deyarli bitta meridianda joylashgan, Moskva kengligi +550, Addis–Abebaniki esa +90. Bu shahrlardagi kuzatuvchilar uchun Sirius yuqori kulminasiyada bo’lgandagi ko’rish balandliklarini farqi nimaga teng?

Javob: 7 – chi rasmga ko’ra yoritgich kuzatish joyining geografik kengligi, yoritgichlar kulminasiyada bo’lganda, og’ishi va zenit masofasi bilan quyidagicha boqlangan 1=Z1+δ; 2=Z2+δ. Balandlik va zenit masofasi orasida h+Z=900 ekanligini nazarda tutsak h1-h2=2-1 ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun h1-h2=2-1=550-90=460 ga tengdir.
Javob: 460.

  1. Kuzatish joylarining geografik koordinatalari  va +300ga teng bo’lgan joylarda bitta yoritgichni balandligi va azimutini solishtiring.

Javob: 7 – rasmga ko’ra h1-h2=2-1 bo’lganligi sababli yoritgichni balandliklari h1-h2=1+300-1=300 ga farq qiladi. Azimutlari teng yoki >-(+300), <- bo’lganda 1800 ga farq qiladi.

  1. Moskvada (=55045/), Vega yuqori kulminasiyada bo’lganda, zenit masofasi qancha bo’ladi?

Javob: 7 – rasmga ko’ra Z=-. Shuning uchun Z=55045/-38042/=17003/.
Javob: Z=17003/.

  1. Kapella yulduzi (=+45054/) Toshkent shahrida (=41020/) yuqori kulminasiyasida bo’lganda, qanday zenit masofada bo’ladi?

Javob: Z= - bo’lganligi sababli
Z= -=41020/-45054/=4034/.

  1. Yulduz shimoliy qutbdan 150 orqadadir, u hama vaqt Sankt-Peterburg gorizontidan (=59057/) yuqorida bo’ladimi?

Javob: Bunday yulduz shimoliy qutbdan yuqorida bo’lganda, uning balandligi h=59057/-150=44057/ bo’ladi, shuning uchun bunday yulduz hamma vaqt gorizontdan yuqorida bo’ladi.

  1. Irkutsk shahrida (=52016/) biror bir yulduz meridiandan o’tib ham shimoliy nuqtadan va janubiy nuqtadan o’tadimi? Yer sharining biror bir boshqa joyidachi?

Javob: Yulduz Irkutsk shahrida shimoliy nuqtadan o’tayotganda, uning balandligi h=52016/ ga teng bo’ladi. Shuning uchun bunday yulduz hyech qachon janubiy nuqtada bo’lmaydi. Yer sharining biror bir joyi uchun ham hyech bir yulduz ham shimoliy, ham janubiy nuqtadan o’tmaydi.

  1. Arxangelsk (=64035/) shahrida og’ishi =-3005/ bo’lgan Fomalgut yulduzi ( - ning janubiy balig’i) chiqadimi?

Javob: Arxangelsk shahri shimoliy qutb doirasiga yaqin joylashgan, bunday joylarda og’ishi =900-=900-64035/=25025/ - dan kichik bo’lgan yoritgichlar chiqmaydigan bo’ladi. –3005/<25025/ bo’lganligi uchun Fomalgut hyech qachon chiqmaydi.


Mustaqil yechish uchun masalalar:



  1. Vologda shahrida (=59013/) quyi kulminasiyadagi yulduzning zenit masofasi nimaga teng bo’ladi? Uning qutb yulduzidan masofasi 20015/ tengdir. (Javob: 5102/)

  2. Yulduz shimoliy qutbdan 480 masofada orqada qoladi. Bunday yulduzni hamma vaqt Odessada (=46029/), Moskvada (=55045/), Kiyevda (=50027/) va Tbilisida (=41043/) gorizontdan yuqorida ko’rish mumkinmi? (Javob: Odessada va Tbilisida hamma vaqt emas.)

  3. Yulduz gorizontdan yuqorida chiqishidan botishigacha 1800li yoy chizadi, quyi kulminasiyada bo’lganida bunday yulduz zenitdan 550 orqada qoladi. Olam ekvatori kuzatish joyining gorizonti bilan necha gradus burchak hosil qiladi?

  4. Odessada (=46029/) Sirius yuqori kulminasiyada bo’lganida zenitdan 6305/ masofada ko’rindi, uning og’ishini aniqlang. (Javob: 16036/.)

  5. Shimol nuqtasida kulminasiyalanuvchi yulduzni og’ishi nimaga teng? (Javob: =900-.)

  6. Yulduz kengligi  - ga teng bo’lgan kuzatish joyining zenitida kulminasiyalanayapti, uning og’ishi qancha? (Javob: =.)

  7. Yuqori kulminasiyada Moskva, Kiyev va Tbilisi shahrlarining zenitidan o’tuvchi yulduzlarning og’ishi nimaga teng? (Javob: 55045/; 50027/; 41043/.)

  8. Tbilisida Kichik Ayiqning  yulduzi (=+74031/) quyi kulminasiyada 63046/ zenit uzoqlikda ko’rinadi. Tbilisi shahrini geografik kengligini aniqlang. (Javob: 41043/.)

  9. Berilgan paytda yulduz vaqti S=6soat38m-ga teng, 2soat29m dan keyin kulminasiyalanuvchi yoritgichni to’g’ri chiqish koordinatasini toping.



Sinov savollari:



  1. Yoritgichni zenit masofasi deb qanday yoy yoki markaziy burchakga aytiladi?

  2. Geografik kenglik nima?

  3. Yoritgichlarni og’ish koordinatasi nima va u qanday o’lchanadi?

  4. Kulminasiya deb nimaga aytiladi?

  5. Yoritgichlar kulminasiyada bo’lganda uning zenit masofasi kuzatish joyining geografik kengligi va og’ish koordinatasi orasidagi bog’lanishni yozib tushuntiring.

  6. Qanday hollarda birdaniga  va  - larni aniqlash mumkin.




Download 352.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling