Farg’ona davlat universiteti fizika kafedrasi Umumiy astronomiya kursidan masalalar to’plami Farg’ona – 2017


Download 352.5 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi352.5 Kb.
#1620166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
UMUMIY ASTRONOMIYA masalalar to\'plami

Rasm. 6a. Har ikki ekvatorial va gorizontal koordinatalarni solishtrish.
(PZ = 90o - , f = 180o – A, f1 = 90o - ).

Z va A - larni hisoblash qulay bo’lishi uchun logarifmlar tablisasidan foydalanib bu formulalar logarifmlik (trigonometrik funksiyalarni summasi yoki farqi kirmaydigan) ko’rinishga keltiriladi.


m sin M= sin  (7)
m cos M= cos  cos t (8)
deb olinadi, bunda m - yordamchi burchak, m esa 01 oraliqda o’zgaruvchi son. U holda quyidagiga ega bo’lamiz.
cos Z = m cos (- M) (9)
sin z cos A=m sin(-M) (10)
sin z sin A= cos  sin t (11)
Sinus yoki kosinuslarga ko’ra, funksiyalar tangenslarga ko’ra aniqroq hisoblanganligi sababli (7) va (8)-gi formulalarni o’zaro bo’lib, quyidagini hosil qilamiz.
tg M= tg  sec t (12)
bundan M-ni qiymatini topamiz. M burchak yotuvchi chorak (7)-chi formulaga ko’ra aniqlanadi, m>0 son bo’lganligi sababli sin m va sin  larning alomati bir xol bo’ladi. Agar, masalan, tgm musbat bo’lib, sinm manfiy bo’lsa, m uchinchi chorakda joylashadi. Keyin m-ning qiymati kuyidagi formuladan topiladi.
m= sin  cosec m (13)
Bundan keyin -m topilib A quyidagi formuladan hisoblanadi.
(14)
A-ning choragi, sin A ning alomatiga ko’ra aniqlanadi. sin z va cos  hammavaqt musbat bo’lganligi sababli, sin A va sin t larning alomati bir xil bo’ladi. A-ning qiymati topilgandan keyin, Z-ning qiymati quyidagi formuladan topiladi.
tg z= tg(-m)sec A (15)
(9)-gi formuladan Z-ning choragi aniqlanadi, undan cos z va cos (-m) larning alomatlari bir xil ekanligi ko’rinib turibdi, chunki m>0.
Shunday qilib hisoblashlarda asosan (12)-(15)-chi formulalardan foydalaniladi. Xuddi shunday z va A-ni,  va t-ga,  va -ni,  va -ga, va -ni,  va -ga almashtirish formulalari topiladi.


Mavzuga doir masalalar yechish:



  1. Osmon sferasining qaysi nuqtasida og’ish –900 tengdir?

Javob: Og’ish koordinatasi osmon ekvatoridan boshlab shimoliy qutbi tomon 00 dan 900 gacha, janubiy qutbi tomon 00 dan –900 gacha o’lchanganligi sababli osmon sferasining janubiy qutb nuqtasida og’ish –900 ga teng bo’ladi.

  1. Qutb yulduzi olam qutbidan 58/ yaqin joylashgan. Uning og’ishi qancha?

Javob: Og’ish koordinata olam ekvatoridan boshlab hisoblanganligi va olam qutbida uning qiymati +900 ga tengligi sababli, qutb yulduzining og’ish koordinatasi =900-58/=89060/-58/=8902 ga teng bo’ladi.

  1. Osmon sferasining shimol, janub, sharq va g’arb nuqtalarining azimuti nimaga teng?

Javob: Azimut osmon sferasining janubiy nuqtasidan boshlab soat strelkasi aylanish yo’nalishi bo’ylab hisoblanganligi uchun shimol nuqtaning azimuti +1800, janub nuqtaning azimuti 00, sharq nuqtaning azimuti 2700 va g’arb nuqtaning azimuti +900 ga tengdir.

  1. Zenit nuqtaning og’ishi geografik kengligi 420 bo’lgan joyda nimaga teng?

Javob: Kuzatish joyining geografik koordinatasi olam qutbining balandligiga teng ekanligini va og’ish olam ekvatoridan boshlab o’lchanganligini nazarga tutsak, zenit nuqtaning og’ishi 420 ga teng bo’ladi.

  1. Geografik kengligi 23027/ bo’lgan joyda olam qutbining gorizontal koordinatalari nimaga teng?

Javob: Gorizontal koordinatalar sistemasida asosiy nuqta – janub nuqta va asosiy tekislik sifatida gorizont tekisligi olinganligi sababli, olam qutbining gorizontal koordinatalari A=+1800; h=23027/ bo’ladi.

  1. Zenit nuqtaning soat burchagi va azimuti nimaga teng?

Javob: Zenit nuqtaning soat burchagi ham, azimuti ham, osmon sferasining janub nuqtasidan boshlab o’lchanadi. Shuning uchun soat burchagi 00 ga teng bo’lib, azimutning qiymati aniqmasdir.

  1. Bahorgi tengkunlik nuqtaning to’g’ri chiqishi va og’ishi nimaga teng?

Javob: Bahorgi tengkunlik nuqta ekvator aylanasi ustida yotganligi va to’g’ri chiqish shu nuqtadan, og’ish esa ekvator tekisligidan boshlab o’lchanganligi sababli ==00.

  1. Olam shimoliy qutbini astronomik koordinatalari nimaga teng?

Javob: Astronomik koordinatalar (, ), ekliptik kenglik  ekliptika tekisligidan boshlab o’lchanganligi, olamni shimoliy qutbi ekvator tekisligidan 900 uzoqlikda joylashganligi, ekliptika va ekvator tekisliklari orasidagi burchak 23 1/20 ekanligi sababli, shimoliy qutbni ekliptik kengligi 66 1/20 – ga tengdir. Ekliptik uzunlik bahorgi tengkunlik nuqtasidan boshlab o’lchanganligi sababli =900.

  1. Yulduz vaqti 21soat14m –ga teng bo’lganda, yulduzning to’g’ri chiqish koordinatasi 14soat 30m ga tengdir. Yulduzning soat burchagini toping.

Berilgan:
S = 21soat14m
 = 14soat30m
t = ?
Yechish: Ma’lum, ki S=t+. Shuning uchun
t=S-=21soat14m-14soat30m=6soat44m.
Javob: 6soat 44m.

  1. Yulduzning to’g’ri chiqishi 21soat9m23s, soat burchagi sharq yo’nalishida 98011/15// ga tengdir. Yulduz vaqtini toping.

Berilgan:
tsh = 98011/15//
 = 21soat9m23s
S = ?
Yechish: S = tq + , tq + tsh = 3600 ekanligidan
S= 3600-98011/15//+21soat9m23s = 14soat36m38s.
Javob: 14soat36m38s.


Mustaqil yechish uchun masalalar:



  1. G’arb va sharq nuqtalarining soat burchagini toping.

  2. Osmon sferasi qaysi nuqtalarini to’g’ri chiqish va og’ish koordinatalari nolga tengdir? Bu nuqtaning astronomik koordinatalarini toping.

  3. Ekliptika shimoliy qutbini to’g’ri chiqishi va og’ishini aniqlang.

  4. Yulduzning soat burchagi 14soat22m ga teng bo’lib, to’g’ri chiqish koordinatasi 13soat2m dir. Yulduz vaqtini toping.

  5. Sirius (=6soat41m) 21 mart kuni Quyosh botgandan so’ng osmon sferasining qayerida bo’ladi? 23 sentyabr Quyosh chiqqandan (shimoliy yarim sharning o’rta kengliklarida) 3 soatdan keyinchi?

  6. Kapellaning (=5soat10m), Veganing (=18soat34m) yuqori kulminasiyada bo’lganida soat burchagi qancha bo’ladi? Quyi kulminasiyadachi?

  7. Qanday holatlarda yulduzlarning azimuti ularning chiqishidan, yuqori kulminasiya holatigacha o’zgarmaydi?

  8. Qanday holatlarda har qanday yulduzning azimuti 2700 - , ( - uning astronomik uzunlamasi) bo’ladi?

  9. Osmon sferasi shunday nuqtalari geometrik joyini aniqlang, ki ular uchun astronomik kengligi og’ishiga teng bo’lsin.

  10. Osmon sferasining kenglamasi og’ishiga, uzunlamasi to’g’ri chiqishiga teng bo’lgan nuqtalarini aniqlang.



Sinov savollari:



  1. Gorizontal koordinatalar sistemasini tushuntiring.

  2. Ekvatorial koordinatalarni birinchi sistemasini aytib bering.

  3. Balandlik nima va u qanday o’lchanadi?

  4. Og’ish nima va u qanday o’lchanadi?

  5. Ekvatorial koordinatalarni ikkinchi sistemasini tushintiring.

  6. To’g’ri chiqish koordinatasi nima va u qanday o’lchanadi.

  7. Yulduz vaqti nima?

  8. Yoritgichlarning kulminasiyasi deb nimkga aytiladi?

  9. Yulduz vaqti qanday aniqlanadi?

  10. Sferik uchburchak formulalarini bilish nima uchun kerak?




Download 352.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling