Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Pedagogning innovatsion faoliyati


Download 164.33 Kb.
bet27/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.
Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi.
O‘quvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirish. Ma’lumki, maktab o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning 75-80% amaliy ishlarga, 20-25% texnik-texnologik ma’lumotlar va tashkiliy ishlarga ajratiladi. Nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan vaqt aniq bo‘lishi kerak. Loyihalash paytida o‘quvchilar nazariy qismda o‘qituvchi tomonidan aytib ulgurmagan texnik texnologik va loyihalash bo‘yicha ma’lumotlarni oladilar. Ilg‘or o‘qituvchilarning ko‘p yillik tajribalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarga loyihalashni o‘rgatish jarayoni ijodiy topshiriq ustida ishlash davrida fan asoslari, texnikalar bo‘yicha bilimlari, muammoli vaziyatlarni qo‘llash paytida ham amaliy, ham ta’lim jarayonlarini faollashtirmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Muammoli o‘qitishni loyihalashda o‘quvchilarning texnik va badiiy fikrlashini, kreativ (ijodiy) farazlarini takomillashtiradi va ularni mehnatga nisbatan ijodiy munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi va samaradorligini osiradi. Loyihalashni o‘rgatish o‘quvchilar tomonidan olingan bilim va egallangan ko‘nikmalarni yanada murakkabroq topshiriqlarni bajarishda qo‘llash imkonini yaratadi.
Bugungi kunda texnologiya fani darslarida hikoya, suhbat, tushuntirish, texnik topshiriqlar ustida ishlashkabi bir qator usullardan foydalanilmoqda. Videoroliklar, taqdimotlar va darslik, adabiyotlar orqali tushuntirilmoqda. Bundan tashqari texnologiya darslarida muammoli o‘qitish, loyihalash ishlarini bajarish kabi usullar ham qo‘llaniladi.
5-6-7-sinflarda loyihalash ishlarini o‘rgatishni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin: buyumning loyihasini va tayyorlash ketma-ketligini o‘quvchilar bilan muhokama qilish; maket asosida loyihalash; mustaqil loyihalash. Texnologiya fanidan mavzularni o‘zlashtirishga qaratilgan barcha topshiriqlar o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantiradi.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling