Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Download 164.33 Kb.
bet28/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Adabiyotlar ro‘yhati:
1. O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”. – T.: Fan, 2006-yil.
2. X.N. Akromov, A.Nabiyev Texnik ijodkorlik va dizayn. Ma’ruzalar matni. – Nam.: NamDU 2009-yil. b-87
3. R.J.Ishmuhammedov va boshqalar “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” . -T.: “Iste’dod”, 2008-yil. – b -180.
4. I.Karimov “O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning uyg‘unlashgan texnologiyalari”.: Monografiya. T.:- “Adabiyot uchqunlari”, 2020-yil., - b – 194.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA TALABALAR MUSTAQIL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASI.
Umarova Zaxro Abduraxim qizi – Nizomiy nomidagi TDPU Matematika va ta’limda axborot texnologiyalari kafedrasi dotsent v.b., PhD.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, ta’lim tizimining sifati va samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida salohiyatli “yangi avlod kadrlarini tayyorlash” [1] masalasi belgilab berildi.

Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va globallashuv natijasida yuz berayotgan mehnat bozoridagi jadal o‘zgarishlar bugungi kunda “yangi avlod kadrlari”ni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Shu o‘rinda, “yangi avlod kadrlari” kimlar va ular qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy hol, albatta. Xalqaro mehnat bozorining ish beruvchilari tomonidan “yangi avlod kadrlari” sifatida e’tirof etilayotgan “T-shaklli” xodim (T-shaped) tushunchasi butun dunyoda tez rivojlanib borayotgan tendensiyaga aylanib ulgurdi. T-shaklli xodim ma’lum bir sohada maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, shuningdek, turli fanlar bo‘yicha aloqa o‘rnatish istagi va qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Xodimlar muayyan bir sohani mukammal egallab, uni mohir ustasi bo‘lib yetishishi yoki bir nechta sohalar bo‘yicha keng, lekin yuzaki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin. T-shaklli xodim esa mazkur ikki toifani o‘zida mujassam etadi. Buni quyidagi sxema orqali vizual tasvirlash mumkin (1-rasm).
1-rasm. T-shaklli xodim
T-shaklli shaxs tushunchasi XX asr oxirida Devid Gets tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u o‘zining kompetentsiya modelida bilim, ko‘nikma va malakalarni ikkita: vertikal va gorizontal tekislikda ko‘rib chiqgan[2]. T-shaklli xodim sxemasida ifodalangan gorizontal chiziq xodimning keng tajriba, bilim va ko‘nikmaga ega ekanligini va bu ko‘nikmalarni xodim o‘z faoliyati davomida turli vaziyatlar yoki loyihalarda qo‘llashi mumkinligini anglatsa, vertikal chiziq esa uning muayyan bir sohada chuqur bilim va tajribasi borligini, ushbu yo‘nalishda maslahat va yo‘l-yo‘riq berishi mumkinligini anglatadi. Ko‘pgina T-shaklli xodimlarga xos bo‘lgan ko‘nikmalar sifatida jamoada ishlash ko‘nikmalari, muloqotchanlik, vaqtni boshqarish, nostandart fikrlash kabilarni keltirish mumkin.
An’anaviy usulda tayyorlangan yagona ixtisoslik bo‘yicha o‘qitilgan kadrlar mehnat bozorining jadal ravishda o‘zgarishi va kasblar almashinuvi jarayoniga dosh bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan, aytish mumkinki, “yangi avlod kadrlari” moslashuvchan va hayot davomida ta’lim oluvchi, doimo o‘z ustida ishlab, o‘qib-o‘rganib, o‘z ko‘nikmalari va tajribalarini rivojlantirishi orqali mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga javob berishi mumkin. “Yangi avlod kadrlari” faoliyati davomida muntazam ravishda yangi ko‘nikmalarni hosil qilib, boraveradi.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida bo‘lajak o‘qituvchilarni T-shaklli xodim sifatida tayyorlashda talabalar mustaqil tayyorgarligining ahamiyati katta. Sababi, T-shaklli xodim tez o‘rganish qobilyatiga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish natijasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, talabalar o‘z ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanib, nafaqat o‘qituvchilardan ma’lumot olishi, balki mustaqil ravishda materiallarni izlash va o‘rganishi, malakasini oshirishi, bilimini kengaytirishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish ularda tanqidiy fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va sintez qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Mustaqil ta’lim bilan faol shug‘ullanadigan talabalar ma’lumotni baholash va tekshirishni, shuningdek, uni amalda qo‘llashni o‘rganadilar.
Umuman olganda, talabalarning mustaqil tayyorgarligini rivojlantirish bo‘lajak o‘qituvchilarni t-shaklli kadr sifatida shakllantirishda, ularga muvaffaqiyatli ishlash va zamonaviy axborot jamiyatida rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va fazilatlarni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling