Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va 
«tashqari» ma’nosida kelmoqda.
Lutfiyning quyidagi baytida ham tajnisdan nihoyatda yuksak mahorat bilan foydalanilgan:
Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin,
Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
Birinchi misradagi «och» – «ko‘rsatmoq» ma’nosini beradi. Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. 
Shakldosh so‘zlardagi ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi.
Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to‘rt 
misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi:
Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo, tila.
G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
(Lutfiy) 
Bu tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashish (qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. 
Keyingi misrada esa javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya’ni gapirolmaslik, o‘zini yo‘qotish holati qayd 
etilgan. Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
12 
«qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan. Oxirgi misrada esa 
go‘yo qotil – odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor. Demak, bu o‘rinda tajnislar yanada boshqacha 
ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Birinchi va oxirgi misralarda «qotila» yozuv shakliga ko‘ra ham bir xil. 
Ammo ikkinchi misrada u «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan «tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng 
oldingi shaklga uyg‘unlashmoqda. Ko‘rinib turganidek, bunday hollarda so‘zning talaffuz xususiyatlari 
asosiy o‘rin tutadi.

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling