Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Ishtiqoq-(ar. «so‘zdan so‘zni ajratmoq») she’r baytlarida o‘zakdosh so‘zlarni qoʻllash san’ati hisoblanadi. Misol: 
Ganja vatan, ko‘ngli oning ganjxez, 
Xotiri ganjuru tili ganjrez(A. Navoiy) 
Laff va nashr - Bu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi 
hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Laff (ar.) «yig'ish», nashr (ar.) «yoyish» demakdir. XV asr adabiyotshunosi 
Atoulloh Husayniy uni shunday tushuntiradi: «Laff-nashr ondin iboratturkim, bir nechani zikr qilurlar, andin so ‘ng ul bir 
nechaga aloqador bir necha nimani bu nimalarning har biri ul bir nechaning qaysi birig ‘a taalluqlug ‘ erkonin aniq bilmay zikr 
qilurlar». 
Bunda shoir biror narsa yoxud hodisani sanab, so‘ng shu tartibda ularga tegishli o'xshatishlarni tizib chiqadi. 
Qoshing/, erning/,
yuzung/, ey rashki rizvon, 
Hilol-u/ kavsar-u /bog‘i jinondur/. 
Peyzaj-Badiiy asarda aks ettirilgan joy va tabiat tasviri peyzaj (fr.«mamlakat, joy») bo‘lib, u turlicha vazifalarni o'taydi. Misol: 
«Cho‘l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo‘nadim. Hali quyosh botmagan, uning kechki qizg‘ish barglari 
sarg‘aygan o‘riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek. Osmon ko‘m-ko‘k, ufqda xuddi atayin bo'yab qo‘ygandek, qip-
qizil bulut parchasi sudralib yuribdi...» (Said Ahmad «Cho‘l burguti») 
Ruju᾽- Oldingisiga qaraganda kuchliroq ifoda, she’riy san’atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish, to'ldirish usuli. 
Ruju’ning mohiyati o‘z-o‘zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdadir. 
Misol: O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur 
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘z-u qoshindadur. (A.Navoiy) 
Meni ishqdin man’ etar soda shayx
Dema soda shayx, aytkim, loda shayx. (A.Navoiy) 
Saj’-Gapdagi ayrim bo'laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi, nasriy asarlardagi qofiya saj’ (ar.«qofiyali nasr») deyiladi. 
Misollar: «Har kim maydonga ot soladi, otini o‘zdirgan odam oladi. Har kimning o‘z ko‘ngli o‘zidan qoladi».(«Alpomish» 
dostonidan) 
Ta᾽did-(Ta’zd, shumur, siyoqat-ul a’dod, e’dod, te’dod) fikriy rivoj, ketma-ketlik, tadrijiylikni bildiradi. U grammatik 
qurilmalarning bir xil shaklidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin. 
M: Tilingni ko‘dazgil, ko‘zingni ko‘daz, Bo‘g‘uzni ko‘dazgil, halol, yegil az. 
Muallif: 
Fazliddin O‘taganov

https://t.me/Fazliddin_Utaganov
 

https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 

https://t.me/Memorplus


 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
26 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling