FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
2
“Me’mor plus”
SHE’RIY SAN’ATLAR (MAKTAB DARSLIKLARIDAN)
7-sinf
TASHBEH
Tashbeh adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish
desa ham
bo‘ladi.
Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu
o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih
ikki narsani bir-biriga
o‘хshatishdir. Masalan,
«Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulag o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt
unsur ishtirok etishi mumkin:
O‘хshamish – tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushuncha-(yuz).
O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha-(gul).
Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi-(go‘zallikda).
Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida
-dek, -day, -cha, -
simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar,
kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi,
o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi.
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Ba’zan
vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan,
«qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi
oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi: