Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tug'ildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tug'ildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi. Ko'rinadiki,
shabiston so'zi orqali iyhom (lutf) san'ati (bir so'zni bir o'rinda ikki ma'noda qo'llash) yuzaga kelgan. "Shabiston" va "yangi oy" so'zlari orasida mantiqiy aloqadorlik bor: oy tunda (shabistonda) chiqadi. Ayni paytda bu ikkisida istiora san'ati ham qo'llangan. Istiora shunday she'riy san'atki, misralarda o'xshayotgan narsa ishtirok etib, o'xshatilayotgani tushib qoladi. Misolimizdagi baytning birinchi misrasi to'liq holda quyidagi fikrni nazarda tutadi: Shabiston (tun)dek xoqonning hayotida yangi oy kabi Farhod tug'ildi. Xoqonning hayoti (o'xshatilayotgan narsa) Farhod tug'ilgunga qadar farzandsizlik tu- fayli qorong'u kechadek qayg'uli bo'lganligi shabistonga o'xshaydi. Ana shu o'xshatilayotgan narsa tushib qolib, uning ma'nosi o'xshayotgan (shabiston)ga, misra davomida Farhod so'zi tushib qolib, uning ma'nosi yangi oyga yuklangan va istiora orqali go'zal badiiy ifoda yuzaga kelgan. KITOBOT Navoiy chaqaloqqa nega "Farhod" ismi qo'yilganligini ikki yo'l bilan kitobat san'ati orqali izohlaydi. Kitobat - arab alifbosi harflari, yozuvi asosida o'ziga xos tashbih (o'xshatish) yaratishni yoki ayti- layotgan fikrni ifodalashni ko'zlaydigan she'riy san'at. Adibning birinchi izohi shunday: Qo'yib yuz himmatu iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat. FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 8 "Himmat"dan "h", "iqbol"dan "alif" (uni "i" deb ham, "o" deb ham, "a" deb ham ishlatish mumkin), "davlat"dan "d"ni olib, qo'shsak, " - hod" paydo bo'ladi, buni "far"ning "soyasi", ya'ni keyiniga olsak, "Farhod" so'zi hosil bo'ladi. Farhod ismining ikkinchi izohi: Anga farzona Farhod ism qo'ydi, Hurufi ma'xazin besh qism qo'ydi: Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. "Firoq" so'zidan "f", "rashk" so'zidan "r", "hajr" so'zidan "h", "oh"dan "o", "dard" so'zidan "d" harflarini jamlab, donolar chaqaloqqa "Farhod" ism berdilar. Qo'yilgan ismda Farhodning ma'naviy va jis- moniy fazilatlari aks ettirilgan. TAMSIL Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Bu o'rindagi shohga murojaatni Ogahiyning davr hukmdoriga qarata qo'llagan. Ogahiyning yuqoridagi satrlarda tasvirlangan ma'shuqadan chekkan sitamlari, muayyan darajada, davrdan tortgan sitamlari timsoli ham edi. Demak, tushunish mumkinki, shoir izhori dard vositasida ko'nglini bo'shatib olgach, shohni adolatga chorlab, unga purhikmat pand aytadi. Nasihati quruq bo'lmasligi uchun tamsil san'atini qo'llaydi. (Tamsil she'riy san'atlardan biri bo'lib, unga ko'ra bildirilayotgan fikr hayotdan yoki tabiatdan olingan misollar yordamida dalillanadi, tasdiqlanadi, izohlanadi). Marhamat va muruvvat ko'rsat- ganingda, yomon-u yaxshiga teng munosabatda bo'lgin, degan fikrni chiroyli she'riy asoslash uchun oftob o'z nurini vayrona va obod yer- larga teng sochishini misol qilib keltiradi. Quyoshdek yuksak marta- bada o'tirgan amaldorni Sulaymonshohdek taxtini shamol ustiga qo'ndirib, bu olamdan yeldek sayr etib o'tsa ham oxir-oqibatda tanasi tuproqqa aylanishi va yelga sovurilishidan ogohlantiradi. Ogahiyning bu saboqlari umrboqiy mohiyatga ega. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling