Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, 
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. 
(Atoyi) 
(Shirin so‘zing(labingni)ni ko‘nglim orzu qilmoqda 
Hech kim bilmaydiki, u qayerda qoldi) 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

«La’l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq so‘zni ham 
anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda 
so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni anglatganida nihoyatda mo‘tabar va 
qadrli so‘z nazarda tutiladi. Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli uchun
naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik qahramon ayni mana shunday noyob va nodir 
qadr-qimmatga mushtoq kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning qayerga ketib 
qolganini hech kim bilmaydi. Ehtimolki, «so‘z»ning o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli 
bo‘lmagan bo‘lar edi.
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg‘a (qaddingga demoqchi) banda. 
Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor qaddini, qomatini nazarda tutadi. 
Mazkur ifoda yor qaddining go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi bilan 
kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.
Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llangan istiora yanada go‘zal va ta’sirchandir:
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Aslida, bu baytda bir necha istioralarning ketma-ket qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin: «oy», «muhabbat 
tuxmi», «o‘t» so‘zlari shu vazifani bajarib kelgan. Oy – yuzi oyga o‘xshaydigan yor timsoli. Faqat 
o‘xshatish qo‘shimchalari bo‘lmagani uchun u dabdurustdan tushunilmasligi mumkin. Ammo «oy»ning 
osmon jismi emas, balki insonni, alohida shaxsni anglatib kelayotgani sezilib turibdi. Shuning uchun
adabiyotshunoslar istiorani qisqartirilgan o‘xshatish deb ham
aytishadi. «Muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt(mavhum)ot bilan «tuxum» («urug‘ donasi») 
konkret (aniq) otining birikuvidan hosil bo‘lgan. U insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi. 
Ammo shu holatida u «ishq» yoki «muhabbat» so‘zlariga qaraganda yoqimliroq va go‘zalroqdir.
«O‘t» bu yerda «olov» so‘zi bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. Uning asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi 
rangni ko‘rsatishdan iborat. Bu «olov rangi»dir. Yuzdagi qizillikning mana shu tarzdagi ifodasi 
go‘zallikning ham o‘ziga xos ifodasi sifatida ko‘zga tashlanadi. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling