Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAJNIS/TAKRIR
Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, “ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar
zamirida, aksariyat hollarda, ko‘ngul (qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari ostida ishq, muhabbat, mehr ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak, ular ramziy ma’noga ega. TAJNIS/TAKRIR Kunduz avqotim (vaqtlarim) sening hajringda nolon kechadur(tundur/o‘tadur), Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur(tundur/o‘tadur). Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari, FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 7 Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur(tundur/o‘tadur). Ulki, jondin kechadur(tundur/voz kechmoq), sham'i visolingni ko'rub. Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur(tundur/gunohini kechmoq). Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi, Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur. Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar Kim, mahali nola-yu faryod-u afg'on kechadur. Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan "kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq", "gunohini kechmoq" ma'nolari ham qo'shilyapti. Bir so'z bilan aytganda, butun she'rni birgina so'z — "kechadur" har maqomga solib o'ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko'z tashlaylik. She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, matladagi ilk misraning birinchi ma'nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to'la qora tun (kecha)dir. Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo'lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to'lg'onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma'nosi: Bu kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so'z turkumiga mansub "kecha" so'zi misraning boshi va oxirida ega va ot kesim munosabatida takror qo'llanyapti. Shu misraning ikkinchi ma'nosi: kechasi mening holim zulfing kabi parishonlikda o'ta (kecha)di. Misra boshidagi "kecha" - ot so'z turkumi, misra oxiridagi so'z esa - fe'l, ega va fe'l kesim munosabatida. Misrani boshqacharoq, ya'ni kechasi holim zulfing kabi parishonlikda o'tadi ma'nosida talqin qilsak, bu so'zlar orqali hol va fe'l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf so'zi o'ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong'u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon. Radif bo'lib kelayotgan "kechadur" so'zlari orqali yuzaga keltirilyotgan badiiy san'atlarga e'tibor bering: bu so'z ifodalayotgan ikkala misradagi birinchi ma'nolar ham, ikkinchi ma'nolar ham o'zaro shakldosh bo'lib, tajnis san'atini yuzaga keltirmoqda. Aynan bir so'zni ifodalagan birinchi va ikkinchi ma'nolarda esa (kecha(tun) (kecha)tundur-ega-ot kesim holida) takrir san'ati hosil qilingan. ISTIORA Shabistonida tug'di bir yangi oy, Yangi oy yo'qki, mehri olamoroy. Tushunilishi qiyin, izohtalab so'z va birikmalar ma'nosini aniqlab olamiz: shabiston so'zini ikki ma'noda tushunish mumkin: kechasi va yotoqxona, tug'di - tug'ildi, yangi oy - Farhod nazarda tutilmoqda, mehri olamoroy - olamni yorituvchi quyosh. Ularga tayangan holda quyidagi mazmunni uqish mumkin: Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling