Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


haqoyiq» asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. XVIII asrda yashab,  ijod qilgan Gulxaniyning «Zarbulmasal


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

haqoyiq» asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. XVIII asrda yashab
ijod qilgan Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari esa usluban boshdan oxir irsoli masal san’ati asosida 
bitilgan. Ya’ni uning har bir sahifasida ko‘p-ko‘p maqol, matal va hikmatli so‘zlar ishlatiladi. 
Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tayyor maqol, matal, hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, 
shu tariqa o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, matnning ifoda ta’sirchanligini oshiradi. 
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’atining eng yorqin namunalari mavjud. Qalam 
ahli, xususan, shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan yuksak mahorat bilan foydalanishga harakat 
qilishgan. 
Shu (maqol keltirish) jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr shoirlari ichida alohida 
ajralib turadi. Chunki uning she’riyatida irsoli masal juda ko‘p uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili

- shoir ijo- diyotining yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin. 
Bu qalam sohibi (Lutfiy) merosida shunday g‘azallar ham borki, ular boshidan oxirigacha badiiy-uslubiy 
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. 
«Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh 
baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida maqol 2- satrda 
kelgan. Amalda ularning har biri dastlabki misrada ifodalangan fikrning tasdig‘i yanglig
ʹ
qog‘ozga tushgan. 
Shu tariqa shoir o‘z nuqtayi nazarini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi. 
TAJNIS 
Tajnis − badiiy san’atlardan biri. Asli arabchadan olingan bu so‘z lug‘aviy jihatdan «jinsdosh», ya’ni 
«shakldosh» degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar 
turkumini qo‘llash, degani. 
Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki 
omonimlar - tilda qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tildagi omonimlar adabiy asarda tajnis hosil qilish uchun 
eng asosiy vosita hisoblanadi, albatta. Biroq tajnisni yuzaga keltirish uchun ba’zan muallif bir necha so‘zlar 
ishtirokida ohoriy (original, ilgari ishlatilmagan, ya’ni bir martalik) shakldoshliklar yaratishi ham mumkin. 
Masalan, ul Oy, и loy, uloy (ulay) so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas. Shoir she’rda bularni shunday 
qo‘llaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi ko‘rinishda esa uloy (ulay) 
ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi. 0‘quvchi уо tinglovchi shuurida ajib bir 
badiiy zavq paydo bo‘ladi. 
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili - tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi 
shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir janrning paydo 
bo‘lishiga olib kelgan. 
Tuyuq - shunday janr, unda qofiyaga olingan so‘z yoki so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi 
shart. 
Navoiyning mana bu tuyug‘i qofiyasida tajnis bo‘lib kelgan so‘zlarni ko‘rib chiqaylik: 
Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay, 
Otki, o‘rusig‘a oning ko‘z tutay
Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin,
Yangi Oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
— 
ko‘z tutay — kutay; 
— 
ko‘z tutay — ko‘zimni tutay; 
— 
ko‘z tutay — ko‘zimning ustiga qo‘limni qo‘yib qaray. 
Tajnis qofiyaga olinganda unda ishtirok etayotgan so‘zlarning o‘zi qofiya vazifasini o‘taydi. Ya’ni ma’nosi 
har xil bo‘lgani uchun bu yerda tajnis tarkibidagi so‘zlarning takrorlanishi qofiya o‘rnida qabul qilinadi. 
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, ushbu tuyuqdagi 1-, 2- va 4-misralar- da tajnisdan oldin kelgan «o‘q», «oning» va 
«kishidek» so‘zlarida qofiya xususiyati, ya’ni o‘zaro ohangdoshlik yo‘q. 
She’rda tajnis hosil qilish uchun o‘zaro shakldosh so‘zlar yoki so‘zlar turkumi faqat qofiyada, ya’ni satr oxi-
rida kelishi shart emas. Har qanday matnda shakldosh so‘zlar yoki so‘zlar turkumini qo‘llash tajnis san’atini 
hosil qilaveradi. Shuning uchun tajnis nasriy asarlar uchun ham xos badiiy san’at hisoblanadi. 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling