Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
HUSNI TA’LIL
(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi…). Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi. MUBOLAG‘A Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tamanno qilmoq — orzu qilmoq; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi. O‘ylang-chi, shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mumtoz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, — degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham, labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash mubolag‘a deyiladi. TALMEH Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), bukun sen meni Yoqubtek (Ya’qubtek) qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin” tarzidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi Yusuf, Yoqub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi. Rivoyatga ko‘ra, Yoqub payg‘ambarning o‘n bir o‘g‘li bo‘lib, kenja o‘g‘li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar, bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga hasad qilgan o‘gay akalari uni o‘ynatib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida quduqqa tashlab yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini qonga botirib, otalariga: “Yusufni bo‘ri yeb ketdi”, — deb ko‘rsatadilar. Yoqub alayhissalom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomida ayriliq FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 6 tufayli kecha-kunduz qon yig‘laydi. Demak, shoir: “Ey yor, o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, — degan fikrni ifodalash uchun Yoqub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga ishora qilmoqda. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonlarga ishora qilish talmeh (arabcha “nazar solmoq”) san’ati deb yuritiladi. Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling