Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- IRSOLI MASAL
- Qutadg‘u bilig»
8-sinf
TALMEH «Talmeh san’ati» deganda badiiy asarda biror voqea- hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish tushuniladi. 0‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini o‘qiy boshlasak, ularda, albatta, ko‘pdan ko‘p payg‘ambar alayhissalomlar nomlari, ular hayotida kechgan voqea-hodisalar tilga olinganining guvohi bo‘lamiz. Shoirlarimiz ko‘pincha o‘z fikr-mulohaza yoki his-tuyg‘ularini Farhod, Majnun, Vomiq yoki Shirin, Layli, Uzro kabi adabiy qahramonlar nomlari yoki ulaming ishqiy sarguzashtlariga bog‘lab ifodalaydi. Bularning hammasi — talmeh. Dinimiz tarixidan yaxshi bilamizki, Yusuf payg‘ambar alayhissalomni aka-ukalari uzoqlardagi quduqqa tashlab keladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Yoqub payg‘ambar alayhissalomning eng suyukli o‘g‘lidan ayrilgani, behad aziyat chekib, yig‘layverganidan uning ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qolganidan xabaringiz bor. Lutfiyning ko‘rib o‘tilgan «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azalidagi: Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma, — baytida xuddi shunday yo‘l tutilgan. Lirik qahramonning yori ishqida yig‘layverishini xuddi Yoqub payg‘ambar alayhissalomning o‘g‘li Yusuf alayhissalom dardida ko‘z yoshi to‘kkaniga o‘xshatadi. Talmeh san’ati asar ta’sirchanligini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Muallif kitobxon tasavvurida avvaldan shakllanib ulgurgan tayyor timsollar orqali o‘z fikr-mulohazasi yoki his-tuyg‘usini ifodalash bilan kuchli ta’sir o‘tkazishga erishadi. Talmeh san’ati hozirgi o‘zbek she’riyatida ham ko‘p qo‘llanadi. IRSOLI MASAL Nasriy asardagi jumlada yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur boʹlib ketgan biror maqol, matal yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga «irsoli masal san’ati» deyiladi. Bu yerdagi irsol -«keltirish», masal - «misol», «tam- sil», «maqol», «matal» ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida tamsil, maqol va matallar «masal» yoki «zarb ul- masal» deyilgan. Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va hikmatli so‘zlar «barqaror birikmalar» deb yuritiladi. Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. XI asr shoiri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», XII asrda yashab, ijod qilgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul- Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling