Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

ISHTIQOQ 
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Bu baytda barcha gap 
bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen” bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima 
uchun baytning birinchi misrasida yorga: “Uzun sochingdan ko‘ngulni uzmayman”, — degan oshiq ikkinchi 
misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa, boshim o‘sha yerda”, — deyotgani sababini aniqlashda. Bu gaplarning 
bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda ma’shuqa sochlari uzunligidan uning 
oyog‘igacha tushib turishi tasvirlanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “...sochi tovoniga 
tushadi”, — degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy. Buning ustiga, qadimda qushlar qildan 
yasalgan tuzoq bilan ovlangan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan to‘rga ilingan, 
albatta. Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan, shu sochga shaydo bo‘lib, uning 
domiga tushgan oshiqning boshi yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misraning “Sen qayerda 
bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq ko‘ngli yorning uzun sochlariga 
bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas ekan, u ma’shuqaning izidan qolmaydi. “Uzun” va “uzmasman” 
so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab ketadigan (aynan o‘zakdosh demayapti, o’xshasa ham, bas, deyapti) “uz” 
so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlaydi. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar 
ifodalayotgan ma’noni kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq (arabcha 
“so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisoblanadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu 
jonimdan aziz jonona sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib(aynan 
o‘zakdosh emasdir, lekin o‘xshasa ham, bas, degan xulosani chiqardik), ishtiqoqni hosil qilgan. 
TAZOD 
“Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda” misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qarama-qarshi ma’noli 
(antonim) so‘zlardir. She’rda bu xildagi qarshilantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasi tazod (arabcha 
zid qo‘yish” ma’nosida) deyiladi.
TAJNIS 
“Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy 
san’atni uchratish mumkin: Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? 
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne? Xalq orasida “qoni qaynadi” 
degan ibora bor. U iztirob tufayli tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi baytda 
oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, g‘ussadan (mening) qonimni 
toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?” demoqda. Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga 
muhabbati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu ishq mayi quyilgan ko‘ngil 
shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. “Toshurmoq” hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) 
so‘z ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish tajnis 
(“jinsdosh” ma’nosida) deyiladi.

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling