Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Menga dushvor erur sensiz tirilmoq


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Menga dushvor erur sensiz tirilmoq,
Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur.
(Atoyi) 
Alisher Navoiyning:
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.
Misralari bilan boshlanadigan g‘azali boshdan oyoq mana shu san’atning qo‘llangani bilan ajralib turadi. 
«Balo» va «qaro» so‘zlari dastlabki oddiy tartibida ko‘zning qoraligini ta’kidlash uchun bo‘ysundirilgan. 
U «shunchalik», «nihoyatda» kabi so‘zlarning o‘rnida kelgan deyish mumkin. Ammo ularning o‘rni 
almashganidan keyin, ikkinchi misrada mutlaqo boshqa ma’no va mazmun yuzaga keladi. «Qaro balo»
baloning rangini emas, balki uning darajasini, dahshatini
ifodalaydi. (Baloning zo‘ri, dahshati, deganday) 
Quyidagi baytda tardi aks «davo»hamda «dard» so‘zlari vositasida yaratilgan:
Majmu’i davoni dard qildi,
Dardingki, manga davo bo‘lubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki, sango fido bo‘lubtur.
Baytda «fidosi», «jon» so‘zlari o‘rin almashtirib qo‘llangan. Shu tariqa shoir ma’noning yangi-yangi 
qirralarini kashf etishga muyassar bo‘lgan. Birinchi misradagi «jon» «yuz» so‘zi bilan qo‘shilgan holatda 
ham «yuz kishi», ham «yuzta jon» ma’nolarini anglatadi. Keyingi misrada esa «jon», asosan, «shaxs», 
«kishi» ma’nosini anglatib kelgan.
Begona bo‘lubtur oshnodin,
Begonag‘a oshno bo‘lubtur.
Bu baytda «bo‘lubtur» va «oshno» so‘zlari istifoda etilgan. Natijada ma’noda kutilmagan yangi bir qirra 
ko‘zga tashlangan. Bu shoir uchun o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda imkoniyatini ko‘rsatishiga ham keng 
maydon ochib bergan. 
NIDO 
Nido (undalma bo‘lgan so‘z degani) boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va 
hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari 
po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi 
istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan, «Rustamxon» 
dostonida Sultonxon Rustamga «qo‘zim» deb murojaat etadi:
Necha kun, necha tun orada o‘tdi,
Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi:
– Quloq solgin xon otangning tiliga,
Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga,


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
15 
Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», – deya murojaat etadi.
Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali oshiqona bo‘lib, 
unda suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir 
o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini «begim» so‘zida mujassamlashtira olgan.

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling