Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay?


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay?
Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
Lutfiy bu o‘rinda yanoq(yuz qismi), ko‘z, dahan (og‘iz) kabi kishi tanasi qismlarini, shuningdek, olma, 
bodom, pista singari meva nomlarini bir baytga jamlagan. Ayni paytda olmadek yanoq, bodomdek ko‘z, 
pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta’sirchanlik ham berib turibdi.


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
13 
Atoyining quyidagi misralarida ham tanosib mavjud:
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
Bu yerda soch, ko‘ngil, oyog‘, bosh so‘zlari o‘rtasida mutanosiblik bor.
Quyidagi baytda esa Atoyi cherik (askar), mulk (mamlakat), oldi (bosib oldi), ittifoq (ikki mamlakatning 
o‘zaro kelishishi) kabi so‘zlarning ma’no yaqinligidan foydalangan:
Zulfung cheriki jamol mulkin
Oldi ko‘zung ittifoqi birla,
ya’ni sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari – qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin 
egallab oldi.
SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR 
So‘zlar takrori she’riyatda, ayniqsa, fikriy siqiqlik omilidir. Biroq o‘rni bilan takrorlangan so‘zlar ko‘pincha 
badiiy ta’sirchanlikning, g‘oyaviy baquvvatlikning ham muhim sharti bo‘la oladi. Sharq poetikasida 
shuning uchun ham so‘zlar takroriga oid bir qancha san’atlar vujudga kelgan. Bulardan eng muhimlari 
ishtiqoq, tasdir, tasbe, mukarrar (takrir), aks, tardi aks, rad san’atlaridir. Biz quyida shularning ayrimlariga 
to‘xtab o‘tmoqchimiz. 
TASDIR 
Tasdir – badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati 
shunday: baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi 
rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa 
ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling