Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Sallalari boshlarida oq savat


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Sallalari boshlarida oq savat,
Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. 
Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u gavda xar. (Sifatlashlar) 
Badiiy san᾽atlar 
1. Lafziy san’atlar 
So‘zlarning tovush jihati bilan bog‘liq barcha she’riy san’atlarni o‘z ichiga olgan soha lafziy san’atlar 
deb yuritilgan. Uning tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya, tashtir, tasbe, tarse, tadvir, ishtiqoq, raddi 
matla’, mukarrar, aks, saj’, qaytariq, muvozina, muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib kabi ko‘rinishlari bo‘lib, 
„Lafziy go‘zalliklarning asosi uldirkim, alfozki(soʻzi) ma’nog‘a tobe’ qilg‘aylar" (Atoulloh Husayniy), ya’ni 
shakliy barnolik mazmun go‘zalligining voqe bo‘lishiga xizmat qiladilar. 
Tajnis (arabcha – o’xshash bo‘lmoq, jnsdosh) deb, yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo‘lgan – 
jinsdosh so‘zlarning baytda ikki yoki undan ortiqroq takrorlanishiga aytiladi. 
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,
Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. 
Ushbu tuyuqning birinchi misrasidagi „Ot" so‘zi shuhrat, yaxshi nom ma’nosida, ikkinchi misrasidagi „ot" 
so‘zi tashla, voz kech, uloqtir ma’nolarida, to‘rtinchi misradagi „ot" so‘zi hayvon – ot ma’nosida 
qo‘llanilgan. 
Ushbu mis 
Qoldagidek, jinsdosh so‘zlar talaffuz jihatidan to‘liq bir-biriga muvofiq bo‘lsalar („ot", 
„ot", „ot" kabi) tajnisi torn (mutloq tajnis), harf tartibi bir xil, lekin biri yozuvda ajralib tursa („
Otoyim
", 
„ot oyim") tajnisi mafruq (ajratilgan tajnis) deb yuritiladi.
M: Qaddimni firoq mehnati yo qildi,
Ko‘nglim g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi,
Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmam, sanga sharh qilmadiyo qildi.
(Zahiriddin Bobur) 
„Yoqildi" so‘zi uch marta boshqa-boshqa ma’nolarda ishlatilgan. Ayni paytda, so‘z o‘yinini vujudga 
keltirib, ohangdoshlikni yaratgan. Bundan tashqari harflar soni ham, harakat-u sukuni ham, hijolar miqdori 
va sifati ham bir-biriga muvofiqdir. 
Mulamma’ (arabcha – yarqiroq, yarqiratilgan) she’rni atayin ikki yoki undan ortiqroq til so‘zlari 
asosida yaratish san’atidir. Ba’zida u talmi deb ham yuritilgan. Ikki tilda yozilgan mulamma’ „shir-u 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling