Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili


Litota (yunon. „Litotes" – oddiy, kichik) – tafrit


Download 455.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana05.04.2023
Hajmi455.48 Kb.
#1274526
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida

Litota (yunon. „Litotes" – oddiy, kichik) – tafrit (arabcha – mo‘tadildan pastki holat) mubolag‘aning 
teskarisi bo‘lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detallni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash 
san’atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, zaiflashtirib, kuchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan 


FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
18 
tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug‘vor ko‘rinadi. Shu sababga ko‘ra, ko‘pincha, litota mubolag‘a 
bilan birga ishlatiladi. 
Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik: 
Bo‘ying sarv-u sanobartekbeling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil. 
Baytda yorning qad-qomatini tasvirlar ekan, bo‘ychanligini, bo‘yining tikligini – xushqadligini (sarv-
qarag‘ayga) o‘xshatib bo‘rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda. 
O‘xshatish – tashbeh (arabcha – o’xshatish) muayyan bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun 
uni boshqa tanish bo‘lgan predmet, hodisalarga solishtirishdir. O‘xshatishlar „dek", „day", „o‘xshash", 
„xuddi", „simon", „deganday", „taxlit", „yangligʻ", „misli", „go‘yo" kabi qo‘shimchalar, leksik vositalar
ko‘makchilar yordamida yaraladi. 
La’li labing qand-u asal, qildi tamannosi kasal,
Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga boray. 
Muqimiyning ushbu baytida ma’shuqa labi ham la’lga, ham qandga, ham asalga „tashbehi jam’" qilinyapti. 
Oy deganda yuzi bor,
Kun deganda ko‘zi bor...
Qaldirg‘och qoshlaridan,
To‘lib qarashlaridan
Hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi. 
Bu parchada H. Olimjon Oygulning yuzini oyga, ko‘zini kunga, qoshini qaldirg‘ochga, qarashlarini gul 
ochilishiga o‘xshatib, uning go‘zalligini ta’riflaydi va Oygul qiyofasini jonlantiradi. 
O‘xshatish mukammal bo‘lishi uchun unda to‘rt unsur qatnashishi lozim. 1. Birlamchi (o‘xshatilmoqchi 
bo‘lgan) predmet (sharob to‘la piyola); 2. Ikkilamchi (o‘xshatilayotgan) predmet (go‘yo bahorgi lola); 3. 
O‘xshatilmoqchi va o‘xshatilayotgan predmetlarning o‘xshashlik alomati (botayotgan kun kabi; go‘yo 
qizlarning labi – „qizil rang"); 4. O‘xshatish qo‘shimchasi yoki ko‘makchisi (kabi, go‘yo): 

Download 455.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling