FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
20
Sidqiy Xondayliqiyga mansub ushbu g‘azalda „
bade’, rafe’, rabe’
kabi so‘zlarning
arab tilidan
olinganini, mulamma’ qofiya turini yaratganini ko‘ramiz.
Hamid Olimjonning do‘sti G‘afur G‘ulomga yozgan ushbu xatida ham mulamma’ san’atining voqe
bo‘lishini, uning kulgili, shirador va dilbarligini anglaymiz:
G‘afuro, G‘afuro,
ishlar qalay
Soat yettida
Registon prixodi
Sen emasmi A’zam Ayubga malay!
Senga ma’qul gaplar bir talay!
Tardi aks (arabcha –
teskari qilib takrorlash) – she’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki
so‘z birikmalarini keyingi misrada o‘rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’atdir.
Ko‘p gulga bo‘ldi ajoyib
balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma
qaro balo soching.
Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi „balo" so‘zi mustaqil holda „ofat" ma’nosini, „qaro" so‘zi
esa sochning sifatini ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi misradagi bu ikki so‘zning o‘rni almashtirilishi natijasida,
ularning mazmuni ham o‘zgarib, „qaro" so‘zi „balo" so‘zining
sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning
ma’nosini
yanada kuchaytirgan, har ikki so‘z qofiyadosh bo‘lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini
hosil qilgan.
Takrir (arabcha –
takrorlash) san’ati – muayyan she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashdir. So‘zni
takrorlashdan maqsad, o‘sha so‘zning ma’nosini, tub mohiyatini ta’kidlash, unga o‘quvchi
diqqatini
tortishdir.
„Layli, Layli! – debon chekib un,
El deb:
„Majnundir, ushbu
Majnun".
Alisher Navoiyning „Layli va Majnun" dostonidan keltirilgan ushbu baytda „Layli va Majnun" so‘zlari ikki
marta takrorlangan. Birinchi so‘zning takrori Majnunning oshiqligini ta’kid etsa, ikkinchi so‘zda el nazdida
ishq yo‘lidagi Majnunning haqiqatda majnunligi ta’kidlanyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: