Fazliddin o‘taganov davlat tili uzbek tili
Lafziy-yu ma’naviy san’atlar
Download 455.48 Kb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar haqida Qo\'shimcha manbalar asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘z birla qoshing
3. Lafziy-yu ma’naviy san’atlar
So‘zning ham tovush, ham ma’no jihatlari bilan bog‘liq badiiy san’atlar jami lafziy-yu ma’naviy (ham lafziy, ham ma᾽noviy) san’atlar deb yuritiladi. Uning tashbeh, istiora, tanosib, tamsil, ta’riz, kinoya, tajnis kabi rang-barang ko‘rinishlari bor. Tanosib (arabcha – bir-biriga munosib)da bir-biriga jinsdosh, mutanosib bo‘lgan so‘zlar ishlatiladi va ular vositasi bilan lirik (kayfiyat, kechinma) qahramonning qiyofasi go‘zal ifoda etiladi. Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi, Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi, Bir-bir ne deyin boshtin-ayog‘ing yaxshi. FAZLIDDIN O‘TAGANOV Davlat_tili_uzbek_tili 24 Tamsil (arabcha – misol keltirish) professor Anvar Hojiahmedovning yozishicha, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir... Lutfiyning: Ey ko‘ngil, jonni xayoli olida qil peshkash, Har nima bo‘lsa aziz, eltur kishi mehmon sori, baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa – mezbonning o‘zi uchun eng aziz bo‘lgan narsani mehmon oldiga qo‘yishi birinchi misradagi fikr qiyosi emas, balki dalili, tasdiqiga xizmat qiladi. Baytdagi „Har nima aziz bo‘lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko‘ngul, sen ham joningni, ya’ni eng aziz narsangni yor xayoliga peshkash qil" mazmuni ham tamsil mohiyatini ko‘rsatib turibdi (A. Hojiahmedov. „She’r san’atini bilasizmi?" 7- bet). Qalb (arabcha – chappa, teskari ma’nosi ham bor) san’ati bayt yoki baytdagi biror so‘zni o‘ng va teskari holatlarda (non, amma kabi) bir xil o‘qilishi bilan bog‘liqdir. „Alisher Navoiy shahzoda Abobakr mirzoga adabiy saboqlar berar ekan, unga qalb san’atini ham o‘rgatgan. Kunlarning birida Abobakr mirzo ustozi huzuriga kirib: „Men bir qalb so‘z topdim",– debdi. Navoiy „Qaysi?", – degan ekan, shahzoda „Qovoq", – deb javob beribdi. Navoiy shahzoda topqirligidan mamnun bo‘lib, „Shobosh!"– debdi. Adabiy dahomiz aytgan ana shu birgina so‘zga ahamiyat beraylik: birinchidan, vaziyatni hisobga olaylik; o‘quvchi bir san’atga misol topib aytgani uchun ustoz uni „Shobosh!" („Yasha! Qandingni ur, balli!") deb maqtadi. Ikkinchidan, shogirdi qalb so‘z topgan edi, ustozning mamnuniyati qalb so‘zda ifodalandi. Darhaqiqat, shahzoda aytgan „qovoq" va Navoiy javobidagi „shobosh" so‘zlarining har ikkisi ham o‘ng va teskarisidan o‘qilsa, o‘sha so‘zlarning o‘zi takrorlanadi. Uchinchidan, bu so‘zning yasalishi va kimga aytilganini hisobga olsak, „shobosh"ning yangi ma’nosi yuzaga chiqadi: mumtoz shoir bu so‘zni shahzodaga „shobosh", ya’ni podshoh bo‘lgin, degan niyatda ham aytgan... (V. Rahmonov. „She’r san’atlari", 69-bet). Bu san’at Polindromon (grekcha – qaytuvchi) deb ham yuritiladi. Unda ham she’r misralari o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga o‘qilganda bir xil bo‘lgan, badiiyligi esa muayyan tilning tuzilishiga bog‘liq sanalgan. Xitoy tilida ko‘plab g‘oyaviy-badiiy baquvvat polindromonlar uchrasa, rus tilida yaratilgan polindromonlar (masalan, V. Xlebnikovning „Razin" poemasi shu shaklda yaratilgan) yasamaroq va sun’iyroq ekanligini yaqqol ko‘rish mumkin: „Раб, нежь жен бар" kabi. Shoir A. Fet ijodida ham polindromonlar uchraydi: „А роза упала на лапу Азора"... Download 455.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling