FAZLIDDIN O‘TAGANOV
Davlat_tili_uzbek_tili
23
Tajohul-u orif (arabcha –
bilib-bilmaslikka olish) „Andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur,
bir nuqta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur"
(Atoulloh Husayniy). Ushbu san’at qo‘llanilgan
baytning
mazmunida gumonsirash, ikkilanish, shubhalanish, hayratlanish, ajablanish tuyg‘ulari yaqqol ko‘zga
tashlansa-da, shu hissiyotlar orqali haqiqat, asos jonli va go‘zal tarzda gavdalanadi. Mashrabning
quyidagi
g‘azalida tajohul-u orif san’atining dilbar ijrosini ko‘rish mumkin:
Malaksan yo bashar yo hur-u g‘ilmonsan, bilib bo‘lmas,
Bu Lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo‘lmas.
Ajab berahm dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan,
Charog‘i husni ro‘yingdin ko‘ngulni ham uzib bo‘lmas.
Yuzing oftobini ko‘rib hayron bo‘lib qoldim,
Falakka qo‘l uzotib shamsi anvarni olib bo‘lmas.
Yuzing misli qizil guldir, ko‘ngul chun
bulbuli shaydo,
Bu gulni ishqidin bulbul chamondin ayrilib bo‘lmas.
Kel, Ey Mashrab, agar oshiq bo‘lubsan bo‘lmag‘il g‘ofil,
Bu g‘aflat uyqusidin,
ey yoronlar, uyg‘onib bo‘lmas.
“Namasan”
Asli seni ko
ʻ
rmaganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
G
’
amgin
dilni xayolingda aldarman,
Bog
’
ichinda bir gulmisan, namasan?..
Yo mushkmisan, yoki jambil, yo anbar.
Aytolmayman, yo charxmisan, yo chambar.
Daryomisan, yo mavjmisan, yo savsar,
Girdobmisan, to'lqinmisan, namasan?..
Maxtumquli, kechgin kibr-u oringdan,
Qo
’
lingni
tort bu befavo koringdan,
Jahon to
’
la, sen g
’
ofilsan Yoringdan,
Yo mastmisan, shaydomisan, namasan?
Talmeh
(arabcha –
nazar solmoq, ko’z qirini tashlash) san’atida „shoir
qahramon siymosini
gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi,
o‘xshatadi; goho o‘sha o‘
tmish qahramonlari
ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog‘liq voqealar esga
olinishi ham mumki
n. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi" (V. Rahmonov):
Ko‘p o‘qurdum
Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.
(Alisher Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: