Fizika guruh talabasi tojiboyeva zumradning optika


-rasm. Yorug‘lik bosimini kuzatish uchun yasalgan a va b qanotchalar


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1460374
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

6-rasm. Yorug‘lik bosimini kuzatish uchun yasalgan a va b qanotchalar 
Lebedev yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini o‘lchashda katta 
qiyinchiliklarni yechishga to‘g‘ri keldi. Bu qiyinchiliklar nimadan iborat edi? 
Avvalom ingichka ip bilan osib qo‘yilgan kichikroq yupqa disklar yoritilganda, 
yorug‘likning bosim kuchidan tashqari, undan necha yuz ming marta katta bo‘lgan 
radiometrik kuchlar deb ataluvchi kuchlar ham paydo bo‘ladi. Radiometrik kuchlar 
paydo bo‘lishining sababi shuki, diskning yorug‘lik tushayotgan tomoni yorug‘lik 
ta’siridan isiydi va shuning uchun, diskning yorug‘likka qaragan tomoni soya 


21 
tomonidan ko‘ra issiqroq bo‘ladi. Buning natijasida, diskka kelib tekkan gaz 
molekulalarini diskning isigan tomonidagi molekulalari diskning narigi, sovuqroq 
tomonidagi molekulalarga qaraganda kuchliroq itaradi. Gaz molekulalarining 
diskdan qaytishida esa «energiya berish» hodisasi ro‘y beradi. Energiya berish 
diskning yoritilgan - issiq tomonida yoritilmagan - sovuq tomonidagiga qaraganda 
kuchliroq bo‘ladi. Ko‘pdan-ko‘p molekulalarning zarbi natijasida energiya 
berishning teng ta’sir etuvchisi vujudga keladi hamda bu teng ta’sir etuvchi 
yorug‘likning izlanayotgan bosimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘ladi [13]. 
Lebedev avval radiometrik kuchlarning ta’sirini va bu ta’sirni kamaytiruvchi 
sabablarni puxta o‘rganib chiqdi. Bunda gaz siyraklasha borgan va disklar yupqalana 
borgan sari, radiometrik kuchlarning kamaya borishi aniqlandi. O‘sha vaqt uchun 
murakkab bo‘lgan muammo, ya’ni yuqori vakuum hosil qilish muammosi 
maydonga keldi. Lebedev bu muammoni muvoffaqiyat bilan hal qildi. 
Disklarga radiometrik kuchlardan tashqari, yorug‘likning bosim kuchidan 
o‘nlarcha ming marta ortiq bo‘lgan konveksion kuchlar ham ta’sir qiladi. 
Konveksion kuchlar paydo bo‘lishining sababi quyidagicha: diskning unga 
tushayotgan nurlar ta’siridan isishi bilan bir vaqtda, diskka yaqin turgan gaz 
qatlamlari ham isiydi; bunda diskning yoritilgan tomonidagi gazlar bilan soya 
tomondagi gazlar orasida temperaturalar ayirmasi paydo bo‘ladi, bu esa konveksion 
oqimlarni vujudga keltiradi. Asbobda vakuum orttirilishi bilan bu kuchlar kamayadi. 
Lebedev bir manbaning o‘zidan chiqayotgan yorug‘lik nurlarini diskning goh bir 
tomoniga, goh ikkinchi tomoniga tushirib, yorug‘lik bosimini o‘lchashda 
konveksion kuchlarni kamaytirdi, buning uchun, 6-rasmda ko‘rsatilgan ko‘zgu S 
goh u tomonga, goh bu tomonga suriladi. Shunday qilib, Lebedev begona kuchlarni 
puxta hisobga olishga ularni minimumgacha kamaytirishga muvoffaq bo‘ldi. 
Lebedev tajribalari: 
tushayotgan yorug‘lik nurlari dastasini yutuvchi sirtlarga ham, qaytaruvchi 
sirtlarga ham bosishini; 
yorug‘likning bosim kuchi tushayotgan nur energiyasiga to‘g‘ri proporsional 
bo‘lib, yorug‘likning rangiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. 


22 
Lebedev yorug‘lik ham har qanday modda singari, massaga ega ekanligini, bu 
esa ularning umumiy xossasi ekanligini dunyoda birinchi bo‘lib ko‘rsatdi, bu usha 
vaqtda muhim fakt edi. 
Bosim kuchi yorug‘likning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik nurlari parallel 
dasta tashkil qilgan holda Maksvellning hisobi bo‘yicha р bosim yorug‘lik 
energiyasining u zichligiga, ya’ni hajm birligidagi energiyaga teng bo‘ladi. 
Yorug‘lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to‘lqin nazariyasida qanday talqin 
etilgan bo‘lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o‘zi juda 
katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug‘lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga 
ham ega ekanligini ko‘rsatib, yorug‘likning moddiy ekanligini, yorug‘lik ham 
modda bilan birga materiyaning bir ko‘rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi. 
Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta 
ahamiyatga ega. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining 
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling